Oogenez bosqichlari sxemasi va mexanizmi.
Darsning maqsadi: Talabalarga ovogenez bosqichlari sxemasi va mexanizmi bilan tanishtirsh, ilmiy va materialistik tushuncha berish.
Kerakli materiallar. ovogenez bosqichlari sxemasi va mexanizmi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar, tablitsalar, sxemalar, animatsiya va adabiyotlar.
Mashg‘ulotning borishi. Tuxum hujayraning rivojlanishi ovogenez deb ataladi. Ovogenez yunoncha ovum - tuxum, genesis - rivojlanish degan ma'noni biidiradi.
Jinsiy hujayralarning rivojlanishi ularning urug'lanishiga va embrionning bundan keyingi taraqqiyotiga tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi. Bunda yadro moddalari reduksiyalanadi, ya'ni kamayadi, hujayraning meyoz bo'linishi sodir bo'ladi.
Ovogenez. Ovogenez jarayoni 3 ta davrdan iborat:
1. Ko'payish.
6-rasm. Spermatidaning spermatozoidga aylanishi (spermiogenez). 1-spermatida yadrosi; 2-golji apparati; 3-sentriola; 4-akrosoma hosil bo'lishining boshlanishi; 5-mitoxondriya; 6-xivchin; 7-akrosoma po'sti; 8-proksimal sentriola; 9-distal sentriola; 10-spermatozoidning boshi; 11-mitoxondriya spirali; 12-sitoplazma qoldig'i; 13-bosh; 14-bo'yin; 15-o'rta qism; 16-dum; 17-dumning oxirgi qismi.
2. O'sish.
3.Yetilish.
1. Ko'payish davrida birlamchi jinsiy hujayra-ovogoniy (oogoniy)lar mitoz yo'li bilan ko'payadi. Natijada hujayralaming soni ancha ortadi. Bir necha mitoz bo'linishdan keyin hujayralar o'sishga o'tadi. Oogoniylarning ham po'sti oziq moddalarni oson o'tkazadi. Oogoniylar birinchi tartibli oositlarga (ovositlarga) aylanadi.
2. O'sish davrida birinchi tartibli ovositlarning qobig'i oziq moddalarni intensiv o'tkazadi. Chunki ularning po'stida mikrovorsinkalar (kichik do'mboqchalar) bor.
Umuman, ovogenez vaqtida ovositlarda DNK miqdori ortadi. Bu esa oqsil sintezini faollashtiradi. O'sish kichik va katta davrlarga bo'linadi.
Kichik o'sish davrida ovosit sitoplazmaning ortishi hisobiga o'sadi va previtellogenez yoki sitoplazmatik o'sish deyiladi. Katta o'sish davrida esa hujayraga kirayotgan oqsil, sariqlik moddasining hosil bo'lishi hisobidan o'sadi va vitellogenez yoki trofoplazmatik o'sish deyiladi. Tuxumda sariqlik moddasi ko'p to'plansa, tuxum yirik bo'ladi. Masalan, qushlar, repteliyalarda shunday bo'ladi. Agar sariqlik kam to'plansa, tuxum o'sish davrida ko'p o'zgarmaydi va kichik bo'ladi. Hasharotlar, baliqlar tuxumida shunday bo'ladi. Drozofilaning oositi 90 000 marta, baqa oositi 64 000 marta, qushlarda 200 marta, sut emizuvchilarda 40 marta kattalashadi.
Sariqlik moddasining to'planishi tufayli spermatozoidlarning o'sish davriga nisbatan tuxum hujayralarning o'sish davri uzoqroq cho'ziladi. To'plangan sariqlik moddasi embrion taraqqiyoti davrida oziqa sifatida sarflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |