HAYZ SIKLI BUZILISHINING TASNIFI
1. Amenoreya- 6 oy va undan ko'proq muddatgacha hayz ko'rmaslik,
2. Disfunksional qon ketish (anovulyator, yuvenil qon ketish).
3. Siklik o'zgarishlar (gipomenustral sindrom va gipermenustral sindrom).
Gipomenoreya - hayzning juda oz kelishi. Oligomenoreya -hayzning qisqa bir ikki kun davom etishi. Opsomenoreya - hayzning o'rtada 35 kundan ko'proq vaqt o'tkazib. ahyon ahyonda kelishi. Gipermenoreya - hayz vaqtida bir talay qon kelishi. Polimenoreya -hayzning 7 kundan ko'proq davom etishi. Proyomenoreya - har 15-20 kunda tez-tez hayz ko'rish. Algodismenoreya - hayz qonining og'riqli kelishi. Atsiklik qon ketishlar - metrorragiya. Shuningdek quyidagi sindromlar shaklida ham namoyon bo'ladi: a) hayz oldi-predmenstrual sindrom; b) klimakterik sindrom; d) postkastrasion sindrom.
Prepubertat davrda qizlar juda ko'p qon yo'qotib, kamqon bo'lib qolishi mumkin. Aqlan, ruhan charchash, jismonan charchash, endokrinl
bezlar kasalliklari, modda almashinuvining buzilishi bilan davom etadigan kasalliklar (yog' bosishi), ovqatlanishning buzilishi, ekstragenital kasalliklar sabab bo'lishi mumkin. Qizlarningbarvaqtbalog'atgayetishisababli haddan tashqari erta hayz ko'rishi (menstruatsiya proecox) hodisasi ham hayz ko'rish funksiyasining buzilishiga kiradi. Masalan 8-10 yoshda hayz ko'rish. Bunda ikkilamchi jinsiy belgilar ham barvaqt ko'zga tashlanadi (qovga, qo'ltiq ostiga jun chiqadi, chanog'i kattalashadi, tashqi jinsiy a'zolar va sut bezlari taraqqiy etadi). Barvaqt balog'atga yetishning etiologiyasi hamma vaqt ochiq ravshan bo'lavermaydi. Tuxumdon o'smalari (ko'pincha teratomalari), shuningdek gipofiz, buyrak usti bezlari va boshqa a'zolarning o'smaiarida kuzatilgan.
Haddan tashqari kech hayz ko'rish 20-21 yoshda kechikkan hayz ko'rish (menstruatsiya tarda) deyiladi. Sunday hollarda infantilizm belgilari kuzatiladi.
AMENOREYA
Tasnifi: amenoreya- 6 oydan ko'proq muddatgacha hayz ko'rmaslik. Fiziologik amenoreya - qiz bola balog'atga yetguncha, prepubertat davrda, klimakterik (menopauza) davrda, homiladorlik davrida, bir necha vaqtgacha bola emizish (laktatsiya) davrida hayz ko'rmasligi fiziologik amenoreya hisoblanadi. Patologik amenoreya - azaldan hayz funksiyasi bo'lmay kelayotgan bo'lsa birlamchi amenoreya, qandaydir kasallik munosabati bilan davom etib kelayotgan hayz to'xtalib qolsa, ikkilamchi amenoreya deyiladi. Soxta amenoreya - qizlik pardasi teshigi bo'lmasligi (atrezia hymeni), qinning bo'lmasligi (atrezia vagini), bachadon bo'yni kanalining bitib qolishi kabi anomaliya holatlarida siklik o'zgarishlar sodir bo'lgan bachadon shilliq qavatidagi funksional qatlam ko'chib, hayz qoni tashqariga chiqmasdan qolish hollari soxta amenoreya hisoblanadi. Soxta amenoreyalar hamshiralik amaliyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Aksariyat hollarda qishloq joylarida yashaydigan qiz bolalarda balog'atga yetsa ham hayz ko'rmasligi, bir necha sikldan keyin qorinda hayz ko'rik kunlari kelganda qattiq og'riq bo'lishi, qorin pastki qismida shish paydo bo'lishi ko'pincha qiz bolalar appendisit yoki o'tkir qorin diagnozi bilan operatsiya bo'lishiga, qorin bo'shlig'ida o'sma bor degan taxmin qilinishiga sabab bo'ladi. Sunday xatolar amaliyotda ko'p uchraydi. Shuning uchun birinchi marta qizlar bilan hamshira duch keladi, buni yaxshi bilishi zarur. Chin amenoreya - qiz bolaning jinsiy yetilish davridan boshlab umuman hayz ko'rmaslik holati. Aksariyat hollarda bachadon atreziyasi (bachadon bo'lmasligi), tuxumdonlar gipoplaziyasi natijasida organizmning esterogen gormonlari bilan ta'minlanmasdan qolishi, gipofiz - gipotalamus sistemasidagi keskin o'zgarishlar sabab bo'lishi mumkin.
Bachadondan atsiklik, ya'ni siklga aloqasiz holda qon kelib turish xollari (metroragiyalar) odatda hayz funksiyasining buzilishiga bevosita aloqador bo'lmaydi va ayollarjinsiy a'zolarida o'smalar paydo bo'lganda kuzatiladi. Asosan submukoz fibramiomalar, bachadon bo'yni va tanasi raki rivojlangan hollarda. Bachadondan disfunktsional, yuvenil qon ketish, anovulyator (bir fazali) qon ketish hollari, gipotalamus-gipofiz-tuxumdonlar-bachadon sistemasidagi neyroendokrin regulyasiyaning patologik tarzda o'zgarishi munosabati bilan boshlanadi. Ayni vaqtda bir yoki bir necha follikula funksiyasi buzilib, uzoq cho'zilib, ovulyatsiya sodir bo'lmaydi, sariq tana hosil bo'lmaydi. Bunday patologik jara-yonlarda tuxumdonlarda siklik ravishda jinsiy gormonlar ishlanib chiqishi buziladi va odatda ayol organizmiga estrogenlar uzoq ta'sir etib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |