soqol (lochinlar) gimnastika tizimi. mazkur tizim avstriya-
vengriya sostavida bo`lgan slavyan halqlarining milliy ozodlik kurashiga
aloqador tarzda xix asr o`rtalarida yuzaga keldi. chexiyada «lochinlar xarakati»
paydo bo`lib, lochinlar gimnastika sistemasi tuzila boshlandi. o`z vatanini
avstriya zulmidan ozod qilishga intilgan, vatanparvarlik kayfiyatidagi liberal`
burjuaziya vakili, praga universitetining estetika va san`at tarixi professori m.
tirsh (1832-1884 yillar) bu sistemaning asoschisi bo`ldi. tirsh xix asr birinchi
yarmidagi gimnastika sistemalarining hammasi bilan tanish edi, lekin chexiyada
mamlakat xalqini milliy-ozodlik kurashiga tayyorlash maqsadida ommaviy
gimnastika harakatini tashkil etish uchun ulardan birontasini ham yaroqli deb
hisoblamadi.