Gimnastikada tayyorgarlik jarayoni uslublari


Gimnastikachi tayyorgarligining ko‘p yillik bosqichlari



Download 167,76 Kb.
bet2/3
Sana29.01.2022
Hajmi167,76 Kb.
#418455
1   2   3
Bog'liq
Презентация1

Gimnastikachi tayyorgarligining ko‘p yillik bosqichlari
Asosiy vazifalarni tobora murakkablashish belgisiga qarab tayyorgarlikning alohida bosqichlarini ajratish tashkiliy va pedagogik asoslangan. Keltirilgan maxsus adabiyotlarda to‘rtta bosqich belgilangan: saralash va boshlang‘ich tayyorgarlik, maxsuslashtirilgan tayyorgarlik, yuqori muovfaqqiyatlarga erishi va yakuniy. Asosiy vazifalarga qarab bosqichlar davrlarga bo‘linadi. Gimnastikachi muvoffaqiyatining darajasi o‘zlashtirilgan dasturning hajmi va murakkabligi bilan xarakterlanadi. Dastur materiallarini o‘zlashtirish gimnastikachi yoshini hisobga olib rejalashtiriladi. Sport gimnastikasi rivojlanishining zamonaviy bosqichida ko‘p yillik trenirovka jarayoni yangi kelgan bolalar hisoblangan tayyorgarlikning yagona tizimi deb qarash kerak. Mazkur sport turi uchun xarakterli hisoblangan ilk ixtisoslik yosh gimnastikachilarning yoshini hisobga olgan holda muhim xususiyatlarni hisobga olishini mo‘ljallaydi. Yosh gimnastikachilar tayyorgarligi tizimi ilgari qandayligini ko‘rib chiqilganda gimnastikachilar tayyorgarligining umumiy tizimidan alohida bo‘lishi maqsadga muvofiq emasligi ma’lum bo‘ldi. Har bir bosqichda yechiladigan, asosiy yo‘nalish vazifalar bosqichining nomida aks etadi.
Saralash va boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida gimnastika guruhiga bolalarni dastlabki saralab olish bilan amalga oshiriladi. Bolalar bilan ishlash jarayonida sport maktablarida keyinchalik mashg‘ulot olib boruvchi yangi qobiliyatli bolalar tanlab olinadi. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichi shug‘ullanuvchilarni tayanch harakat apparatining garmonik rivojlantirish maqsadidadgi turli-tuman umumrivojlantiruvchi mashqlar qo‘llanilishi bilan xarakterlanadi. Yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqish elementlari ishtirok etgan harakatli o‘yinlardan foydalaniladi. Asta sekin aniqlik va harakat koordinatsiyasi elementlari kiritiladi.
Bolalar yutuqlari ishlab chiqilgan tenglamalar bilan baholanadi. Bolalarga ularga tanish bo‘lgan “kim tezroq”, “kim yuqoriroq”, “kim aniqroq”va shunga o‘xshash kabi harakatlar tavsiya etiladi. Bosqichning oxirida gimnastika ko‘pkurashi turlaridagi mashqlar qo‘llaniladigan maxsus mashg‘ulot boshlanadi. Texnik tayyorgarlik poydevori quriladi – yosh gimnastikachilar uchun klassifikatsion dasturga kiruvchi, oddiy, tayanch va yengil sharoitlarda bajariladigan tuzilishi bo‘yicha ancha murakkab elementlar o‘zlashtiriladi (masalan batutda salto, paralonli chuqurga sakrash bilan). Boshlang‘ich bosqichining eng muhim vazifasi shug‘ullanuvchida sadoqat va butun umrga sevimli bo‘lib qoladigan sport turi sifatida gimnastikaga mehr-muhabbat hissini tarbiyalash hisoblanadi. Albatta, keyingi bosqichlarda bu hissiyotlar har taraflama yuqori darajada rivojlanishi kerak. Maxsus tayyorgarlik bosqichi gimnastika maktabi o‘zlashtirilganiga qaraganda guruhlashtirilganligi bilan xarakterlanadi. Maxsus tayyorgarlik birinchi o‘zlashtirilgan elementlarning ko‘pchiligiga bog‘liq. Tayanch elementlar tayanch kombinatsiyalarda shakllanadi. Bu kelajakdagi murakkab individual kompozitsiyaning asosidir. Asosiy harakat sifatlarini tarbiyalash maqsadida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalaridan foydalaniladi.
Gimnastikachilar trenirovkasida, ayniqsa, guruhlashtirilgan maxsus tayyorgarlik davrida mazkur bosqichni to‘g‘ri rejalashtirish va tashkil qilish ularning kelajakdagi sportda muvaffaqiyatlarga erishishlarida hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Bosqich sport ustasi nomzodi va sport ustasi dasturi o‘zlashtirilganda yakunlanadi. Istiqbolli trenirovka nafaqat xalqaro gimnastika federatsiyasi (XGF) tasdiqlagan majburiy dastur bo‘yicha, balki ixtiyoriy dastur bo‘yicha ham (mashq kompozitsiyasiga qo‘yilgan maxsus talablarni hisobga olib) o‘zlashtirishni talab qiladi. Mazkur bosqichda ayollar va erkaklarda ustalikning o‘sish tezligi orasidagi farq ancha sezilarlidir. Ayollar erkaklarda 3-4 yil oldin sport ustasi bo‘ladilar. Gimnastikachining individual imkoniyati va harakat qobiliyati, ularning istiqboli aniq namoyon bo‘ladi.
Mashg‘ulotning keyingi yillarida, yuqori muvaffaqiyatlar bosqichida gimnastikachilar erkin mashqlarni eng yuqori darajaga yetkazish xalqaro toifadagi sport ustasi kabi faxriy unvonni qo‘lga kiritishga harakat qiladilar. Ko‘p yillik tayyorgarlikning keyingi darajasiga o‘tish yuqori natijalarning barqaror bo‘lishidir.
Tajribali sportchi faxriylarda yuqori muvoffaqiyatga erishish ancha uzoqqa cho‘zilishi mumkin. O‘zbekistonning taniqli gimnastikachilari Galina Shamray, Sergey Diomidov, Elviq Saadi, Oksana Chusovitinalarning olimpiadadagi bir necha marta qatnashganligi buning isbotidir.
Yuqori sport natijalari namoyish qilish davridan keyin ko‘rsatgichlarning barqarorligi va asta sekin pasayishi gimnastikachining yakuniy bosqichiga o‘tayotganini ko‘rsatadi. Bu bosqich musobaqalar tugagandan keyin shaxsiy trenirovkalarni davom ettirib uzoqroq cho‘zilishi mumkin. Gimnastika bilan ancha keyin shug‘ullanishni boshlaganda bosqichlilik prinsipi hodisalarni istisno qilmasligini hisobga olish zarur.
Biroq gimnastikachi o‘zining tayyorgarligida ustalik darajasining barcha bosqichlaridan o‘tishi kerak. Albatta yoshi katta yangi kelganlarning boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida ancha miqdordagi kuch mashqlaridan foydalaniladi, yuqori muvoffaqiyatlar bosqichida esa ancha oddiy vazifalar – razryad yuklamalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, har bir bosqich va davrda umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlariga katta o‘rin ajratiladi.

Download 167,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish