Gimnastika (yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari)


Amaliy mashg(ulotiarda o‘qitish usullari



Download 9,51 Mb.
bet459/511
Sana17.09.2021
Hajmi9,51 Mb.
#177338
1   ...   455   456   457   458   459   460   461   462   ...   511
Bog'liq
4gimnastikapdf

Amaliy mashg(ulotiarda o‘qitish usullari

0 ‘qitish samaradorligini oshirish o‘qitish usullaridan va o‘qituvchining shug‘ullanuvchilami zarur boigan bilim, malaka



va ko‘nikmalar bilan qurollantiiishiga va ulami kelajakdagi amaliy faoliyatga tayyorlashda yordam beruvchi vosita hamda yoilardan oqilona foydalanishiga bog‘liqdir. Har bir usul o‘zining tarkibiy qismlariga ega bo‘lib, ularning birlashuvi bir butun usulni tashkil qiladi. Jismoniy tarbiyada bo‘lajak mutaxassislarni shakl-lantirishdagi jarayonlarning ko‘p qirraligi va murakkabligi ulami tayyorlashdagi masala va talablardan kelib chiqadi. Bu, bir tomondan, shug‘ullanuvchilar kasbiy tayyorgarligi masalasidir, ikkinchi tomondan esa sog‘lomlashtirish va gigieniya masalalaridir. Mutaxassislar tayyorlash masalalarining har bir gurahi ularni hal qilishda aniq muayyan usullami talab qiladi. Ya’ni, pedagogika institutlari jismoniy tarbiya fakulteti talabalarining kasbiy tayyorgarligi, asosan, o‘qitishning og‘zaki va ko‘rgazmali usullarini ko‘zlaydi. Sog‘lom!ashtirish va gigiena masalalarini hal qilish jismoniy yuklamalarining hajmi va jadalligini tartibga solib turish: mashq usullari, musobaqa usuli va katta xazinasidan foydalanishni ko‘zlaydi. Pedagogik institutlar jismoniy tarbiya fakultetlarida gimnastika kursini o‘qitishning tub maqsadidan kelib chiqib, asosiy e’tibor kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning shakllanish sifatiga qaratiladi. Asosiy vositalar va bu maqsadga erishish yo‘llari sifatida o'qitishning og‘zaki va ko‘rgazmali usullaridan foydalaniladi. 0 ‘qitishning og‘zaki usullari —hikoya, tushuntirish, ko‘rsatma, buyruq og'zaki baholash, suhbat, og‘zaki hisobot, o‘zi haqida so‘zlashni o‘z ichiga olgan usullar guruhi. Hikoya —o‘rganilayotgan nazariy, uslubiy qoidalar yoki shug‘ullanuvchining harakatlarini og‘zaki tasvirlash o‘quv materialini qisqa yoki tafsilotlari bilan bayon qilish ko‘rinishida qo‘llaniladi. Qisqa bayon qilish yangi material bilan tanishtirish uchun, tafsilotli bayon qilish egallangan materialni tafsilotli tahlil qilish va aniqlash uchun xizmat qiladi. Tushuntirish bajarilgan ish to‘g‘risidagi tasawurni kengaytirish va chuqurlashtirish hamda yo‘l qo‘yilgan xatolami to'g'rilash maqsadida shug‘ullanuvchilarning o‘zlari tomonidan vazifalami namoyish qilish va mustaqil bajarish jarayonida qo'llaniladi. Ko£rsatma va buyruqlardan shug‘ullanuvchilar harakatlari ustidagi bevosita tezkor rahbarlik qilish maqsadlarida foydalaniladi. Vazi-falar bajarilishini og‘zaki baholash vazifalami bajarish jarayonida

shug‘ullanuvchilar harakatlarini aniqlaydi, ularni bajarish sifati va to‘g‘riligini aniqlaydi hamda xatolarni to‘g‘rilaydi. Odatda, suhbat vazifalari bolimlaming uslubiy va texnik xususiyatlarini aniqlash bilan boMadigan u yoki bu masalalarning to‘g ‘ri bajarilishini muhokama qilish shaklida o‘tkaziladi. Og‘zaki hisobotlar va o'zlari so‘zlashga olgan vazifalar, ularni bajarish yo‘llari va amaliy egallash darajasi haqida shug‘ullanuvchilaming shaxsiy tasawurlarini tahlil qilishga imkon beradi. U usullarning har biridan turlicha foydalanish mumkin. Masalan, hikoya, butun qismlar bo‘yicha barcha shug‘ullanuvchilar uchun, ayrim guruhiar uchun, batafsil yoki qisqa va boshqalar bo‘lishi mumkin.


0 ‘qitishning ko‘rgazmali usullari — mashqlami ko‘rsatish trener yoki o‘qituvchining jismoniy yordamidan foydalangan holda vazifalami sinab ko‘rish rasm, chizmalar, plakatlar, fotolar rasmlar, kinogrammalar, kinokalsofkalar, mehnatlari va boshqalami na­ moyish qilish.

0 ‘qitishning yuqorida ko‘rsatilgan usullari doimo chambarchas va o‘zaro bog‘liqlikda bo‘ladi. Pedagogik inistutlar, talabalar bilan bo‘ladigan gimnastika mashg'ulotlarining o‘ziga xosligini hisobga olgan holda, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi maqsadlariga amal qilish va kasbiy-pedagogik tayyorgarlik ishlarini hal qilishga ko‘proq e’tibor ko‘rsatish lozim. Gimnastika bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarida behosdan oqilona foydalanishni ta’minlash uchun harakat tayyorgarligini hisobga olgan holda o‘quv bo‘limlari tarkibi va talabalar guruhlarini to‘g‘ri joylashtirish juda muhimdir. Harakat tayyorgarligining bunday hisob-kitobi o‘quv materialini baholi qudrat egallashni ta’minlaydi, o‘quv dasturlarining u yoki bu bo‘limlarini o‘rganishda vaqtlarini ancha tejaydi va shug‘ulla-nuvchilaming o‘zlashtirishiga murabbiy ta’sir ko‘rsatadi. Gimnas­ tika bo‘yicha mashg‘ulotlarida o‘quv vaqtida foydalanishning maqsadga muvofiqligi murabbiy mashg‘ulot uslubiy zichligi, ya’ni pedagogik to‘g‘ri foydalanilgan vaqtda mashg‘ulotning umumiy davomiyligiga nisbati bilan chambarchas bog'liqdir. Faoliyatning pedagogik isbotlangan turlariga tushuntirishlar, ko‘rsatmalar va farmoyishlami qabul qilish va tushunib yetish, ularning talabalar tomonidan bajarilishini ko‘rsatish va aks ettirish, zaruriy dam

olish, yangidan saflanish, gimnastika anjomlarini o‘matish va ulami yigishtirish va boshqalar kiradi. 0 ‘quv vaqtining pedagogik isbot-langan harajatlariga o‘qituvchining tashkiliy xatolarisiz bekor turishlar, qo‘yilgan pedagogik masalalarni tez qo‘shimcha shug‘ul-lanuvchilaming aloqasi belgilangan xususiyatlari, intizomni bu-zishlar, gimnastika anjomlari, asbob-uskunalar va mashg‘ulot joylari va boshqalami kiritish mumkin. 0 ‘quv vaqtidan oqilona foydalanishni ta’minlasli uchun vaqtning pedagogik isbotlangan harajatlarini yuqori darajadan qisqartirish zarur, buning uchun har bir mashg‘ulotdar< oldin, mashg‘ulot rejasini puxtalik bilan o‘ylab ко‘rish, o‘quvchi!ar faoliyatining har xil turlari (o‘tishlar, anjomlami o‘matish va yig‘ish, saflanishlar, qayta saflanishlar va boshqalar)ni belgilash, tahlillash hamda bekor turishlar va mashg‘ulotning asosiy pedagogik masalalarni hal qiluvchi yordamchi harakatlarning eng keng miqdorini kamaytirish lozim.


Download 9,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   455   456   457   458   459   460   461   462   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish