Ehtiyotlash va yordam. 0 ‘quvchining yon-boshida kuraklarga tayanish joyida turib, oyoqlar boshning orqasiga tegib ketishi mumkinligidan ogohlantirib, bir qoMda boldirdan ushlanadi. Kuraklarda turish holatiga chiqqandan so‘ng, tana aniq vertikal holatga kelishiga erishish uchun sonning orqasidan ushlanadi (351-rasm).
Chalqancha yotgan holatda «ko^rik»
Bajarish texnikasi. Chalqancha yotib oyoqlarni oxirigacha bukish va ularni ajratib (oyoq panjasi uzunligicha) oyoq panjalarini tashqariga burib, qo‘llarda yelkalar yonidan tayanib (barmoqlar yelkalarga qaratilgan), qo‘l va oyoqlarni bir vaqtda to‘g‘rilab, kerilish va boshni orqaga egish.
Qo‘l va oyoqlarni bukib, boshni oldinga egib, asta-sekin belga tushib, d.h.ni egallash. Bajarish vaqtida oyoqlarni oxirigacha yozib, tana og‘irligini qo‘llarga o‘tkazish lozim (352-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |