ERTALABKI GIMNASTIKA – MAJMUASINING MASHQLARINI QUYIDAGI KETMA-KETLIKDA BAJARISH TAVSIYA ETILADI: - Qо‘l-oyoqni yozish mashqlari (umurtqa pog‘onasini tо‘g‘rilash va qomatning tо‘g‘rilanishini his qilish);
- Butun organizmning funksional faoliyatini yaxshilash uchun umumiy ta’sir qiluvchi bir-ikkita mashq (tana, oyoqlar muskullarining katta guruhi ishtirok etadi);
- Turli guruh muskullari uchun mashqlar turlari, bunda tananing turli qismlari ketma-ket jalb qilinadi va jismoniy yuklanish sekin-asta orttirib boriladi;
- Tananing barcha qismlari uchun jadal mashqlar (sakrash, yugirish, tez-tez о‘tirib turish);
- Yurish va yugurish;
- Muskullarni bо‘shashtirish va nafasni rostlash mashqlari.
Kundalik gimnastika suvli muolajalar, о‘z-о‘zini massaj qilish bilan tugallanadi. Jismoniy arbiya dasturiga mos ravishda ertalabki gimnastika odatda, ochiq havoda (chidamlilik va yugurish mashqlari) bilan о‘tkaziladi. Gimnastikaning umumiy davomiyligi 30 daqiqagacha chо‘zilishi mumkin. Qizlar uchun ertalabki gimnastika mashqlarining namunaviy majmuasi (2-rasm). Qizlar uchun ertalabki gimnastika mashqlari - Oyoq –qо‘lni chо‘zish (har tomonga 4 martadan). Dastlabki holat: asosiy turish. 1. Qо‘llar boshning orqasiga qо‘yiladi. 2. Oyoq uchlarida turib chap tomonga yarim buriling, 3. Qо‘llar ochiladi (nafas oling), 4. Oyoq kaftlariga turib, qо‘llar boshning orqa qismiga qо‘yiladi. 5. Dastlabki holat. 6-8. Shuning о‘zi boshqa tomonga takrorlanadi.
- О‘tirib turishlar (4 martadan). Dastlabki holat. 1. Oyoq uchida turib, qо‘llar yuqoriga chо‘ziladi (nafas oling). 2-3. Ikki marta о‘tirib turish (prujinasimon). 4. Dastlabki holat. 5-6. Sekin о‘tiring, qо‘llar belda. 7-8. Dastlabki holat.
Egilishlar (oldinga) 4 marta. Dastlabki holat. Asosiy turish. 1. Kaftlarni old tomonga qaratgan xolda qо‘llarni yuqoriga kо‘tarib, yoysimon orqaga egiling. 2-3. Oldinga ikki marta egilib, qо‘llarni (kaftlarni) polga tekkizing. 4. Rostlaning, qо‘llarni yon tomonga yoyiladi. 5-6. Oldinga egiling. 7-8. Dastlabki holat. - Egilishlar (oldinga) 4 marta. Dastlabki holat. Asosiy turish. 1. Kaftlarni old tomonga qaratgan xolda qо‘llarni yuqoriga kо‘tarib, yoysimon orqaga egiling. 2-3. Oldinga ikki marta egilib, qо‘llarni (kaftlarni) polga tekkizing. 4. Rostlaning, qо‘llarni yon tomonga yoyiladi. 5-6. Oldinga egiling. 7-8. Dastlabki holat.
- Yon tomonga egilish (har tomonga 4 martada). Dastlabki holat. 1. Chap oyoqning uchiga turib, yon tomonga egiling, qо‘llar yon tomonga uzatiladi. 2-3. Chap tomonga 2 marta prujinasimon egiling, о‘ng qо‘lni yuqoriga chо‘zing, chap qо‘l belga qо‘yiladi (chap yelka orqali chap oyoq uchiga qarang). 4. Dastlabki holat. 5-8. Shuning о‘zi boshqa tomonga takrorlanadi.
- Tanani doirasimon harakatlantirish (har tomonga 4 martadan). Dastlabki holat. 1. Chap oyoqning uchi orqa tomonga chо‘ziladi, qо‘llarni yon tomonga uzatib, kaftni yuqoriga qaratiladi. 2. Chap oyoqni oldinga uzatib, oyoq ostiga chapak chalinadi. 3. Chap oyoq uchini orqaga chо‘zib, qо‘llar yon tomonlarga chо‘zilib, kaftlar yuqoriga qaratiladi. 4. Dastlabki holat. 5-8. Shuning о‘zi boshqa oyoq bilan takrorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |