Atrof-muhitning inson salomatligiga ta’siri. Inson hayoti tabiat bilan
uyg‘unlikda kechadi, degan qarash yetakchi sanaladi, binobarin ro'y beradigan
tabiiy ofatlar inson tomonidan sodir etilgan salbiy xatti-harakatlar uchun tabiiy
kuchlar yuborgan jazo sifatida talqin etilgan. Ana shunday halokatlarning oldini
olishda eng maqbul yo‘l - tabiatga ziyon yetkazmaslik, uni asrab-avaylash va
boyitishdan iborat. Mazkur g'oya mohiyatida sog'lom turmush tarzining asosiy
kategoriyalaridan biri o'z ifodasini topadi. Darhaqiqat, tabiat, shuningdek, atrof-
muhit musaffoligiga erishish kishilar o'rtasida keng tarqaladigan va inson
salomatligiga jiddiy xavf soladigan yuqumli xastaliklar kelib chiqishining oldini
oladi. Turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishida muhim manba bo'luvchi
omillar sifatida issiq va sovuq havo, ochlik, ruhiy iztirob, buzilgan taomni iste’mol
qilish. tozalik va atrof-muhit ozodaligiga amal qilmaslik, turli zararli
hasharotlar (pashsha, chivin, kana, sichqon, kalamush va boshqalar)ning
ko‘payishi va havo (atmosfera)ning ifloslanishi kabilar misol bo‘ladi.
Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da bu borada ilgari surilgan
fikrlar, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Asarda sanitariya masalalari xususida so‘z
yuritilar ekan, atrof-muhit ozodaligiga erishish yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Xususan:
40
axlatlarni berkitish, ifloslangan joylarni tuproq, tosh yoki kul bilan ko’mib tashlash.
Shu yo’l bilan mikroblar o‘ldirilgan va kamaygan. Shuningdek, mikroblami olov,
issiqlik va sovuqlik vositasida yo‘qotish «Avesto»da eng samarador poklovchi va
xavfni bartaraf etuvchi vosita sifatida e’tirof etiladi. Olov bilan hatto kiyim-
kechaklar zararsizlantirilgan. Kimyoviy yo‘l, kul, sirka, sharob, turli giyohlar, isiriq
piyoz, aloe va boshqalarni tutatish yoki ularning suvini tomizish bilan ham turli
mikroblar o‘ldirilgan.
Atrof-muhit ozodaligini saqlash kishilar salomatligini ta’minlovchi muhim
omildir. Darhaqiqat, atrof-muhitning ifloslanishi turli mikroblarning ko'payishi
hamda ularning yashovchanligini ta’minlovchi muhitni yuzaga keltiradi. Shu bois
ushbu metodik tavsiyalar orqali o‘quvchi uy-joylarni toza tutish, shaxsiy gigiyenaga
amal qilish, aholi yashaydigan joyni zararli narsalardan tozalash, shuningdek,
kishilarga soya beruvchi daraxtlarni kesmaslik, aksincha, daraxtlar ekish kabi xayrli
ishlarni qilishga undovchi da’vatlarga amal qilishga o‘rgana boradi.
Sog‘lom turmush tarzi asoslariga bag‘ishlangan o‘quv fanlari o‘quvchi-
yoshlarning odam sog‘lig‘i, unga ta’sir etadigan omillar va uni yaxshilash usullari
xaqidagi bilimlarini kengaytiradi. Sog‘liqni, tabiiy muhitni tadqiq qilishning eng
oddiy usullarini o‘zlashtirish» o‘z-o'zini kuzatish, atrof-muhitni yaxshilash,
ekologiya va gigiyenaga doir bilimlarni targ'ib qilish bilan bog‘liq bo'lgan o‘quv va
malakani rivojlantiradi.
O’quv-tarbiya jarayonida sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risida olingan bilimlar, hayot
davomida keng qo‘llanilib, oila va mahallada «Sog’lom avlod», «Sihat-salomatlik»
yili Davlat dasturlarini amalga oshirishga yordam berishi lozim. Atrof-muhitni
muhofaza qilish va unga salbiy ta’sir qiluvchi omillarga qarshi kurashish maqsadida
quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:
- yoshlarga ekologik bilimlar berish, kerakli kо’nikma va malakalarni hosil
qilish va ekologik madaniyatni shakllantirish;
-
odam sog‘lig‘iga ta’sir etadigan omillarni bilish. Odamning salomatligini
o‘rganishda ekologiya bilan meditsinaning o‘zaro bog‘liqligi; odamning o‘z
salomatligi va atrof-muhitni muhofaza qilishga javobgarligi; salomatlikning atrof-
muhitga bog‘liqligi xaqidagi bilimlar;
- tabiiy omillarning salomatlikka ta’siri; ekologik omillar va kasalliklarning
tarqalishi;
- odamning xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq holda tabiiy muhitning o‘zgarishi: atrof-
muhitning qishloq xo‘jaligi va sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi; transport atrof-
muhitni ifloslantiruvchi omil ekanligi;
- tabiatni muhofaza qiluvchi jamoat tashkilotlari, ularning vazifalari;
- tabiat va odob-axloq. Tabiiy zahiralardan ayamay foydalanishning oldini olish;
- ob-havo, iqlim va yashil o‘simliklarning gigiyenik ahamiyati;
- atrof-muhitning inson salomatligiga ta’siri.
Ekologiya va salomatlik mavzusida turli xil tadbirlar o‘tkazish, yuqorida
keltirilgan vazifalarni amalga oshirish, atrof-muhitga salbiy ta’sir qiluvchi omillarga
qarshi kurashish, kelajak avlodning sog‘lom, barkamol o‘sishiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi..
41
Do'stlaringiz bilan baham: |