Ozbekiston Respublikasi soliqni saqlash vazirligi Toshkent farmasevftika instituti Farmatsiya fakulteti 102- A guruh talabasi Otajonov Elyorbekning gigiyena fanidan mustaqil ishi Mavzu: Zamonaviy gigiyena va uning farmasevtikadagi o`rni. To’g`ri ishlab chiqarish qoidalari Teshkirdi:_____________________ Bajardi: Otajonov Elyorbekning REJALAR
Gigiyena fani – mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi fan bo‘lib, odam organizmiga atrof-muhitdagi omillarning ta’sirini o‘rganadi, olingan natijalar asosida aholi uchun eng muvofiq yashash, mehnat qilish sharoitlarini, ovqatlanish tartiblarini, suv ta’minoti, turar-joylar bilan ta’minlash masalalarini ishlab chiqadi. Bu maqsadlarga erishish uchun gigiyena o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
1 atrof-muhitdagi omillarni o‘rganish va ularning odam organizmiga ta’sir etish xususiyatlarini aniqlash;
2 olingan natijalarga asoslanib, odam organizmi uchun befarq bo‘lgan va uzoq muddat davomida ta’sir etganda ham zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan gigiyenik me’yorlar va reglamentlarni ishlab chiqish;
3 ishlab chiqilgan me’yorlar va reglamentlarni hayotga tadbiq qilish va ularning bajarilishini nazorat qilish.
Gigiyenik tekshirish usullari.
Gigiyenaga oid vazifalarni amalga oshirishda turli usullardan foydalaniladi va bu usullar o‘zining mohiyatiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
. atrof-muhit omillarini tekshirish usullari;
. sanitar tavsifiy usul;
.fizikaviy usullar;
.kimyoviy usullar;
.biologik usullar;
.fiziologik holatlarni tekshirish usullari;
.ayrim organlarning funksional holatlarini tekshirish usullari;
.statistik usullar.
Provizor-farmatsevt uchun gigiyenaning ahamiyati
Zamonaviy provizorlar – ular tibbiy hodim, dori preparatlarini tayyorlash sohasida mutaxassis, aholi salomatligini mustahkamlash ishlarida va profilaktika chora-tadbirlarini o‘tkazishda ishtirok etadigan shaxslardir. Bu nuqtai nazardan qaraganda gigiyena sohasidagi bilimini provizorlik ish faoliyatida zarur ekanligini alohida qayd etish lozim.
Dorixona sog‘liqni saqlash tizimidagi muassasalardan biridir, uning asosiy vazifasi, aholini va davolash-profilaktik muassasalarini dori preparatlari, sanitariya va boshqa tibbiyot mahsulotlar bilan o‘z vaqtida ta’minlashdan iboratdir. Dori preparatlarini tayyorlash va saqlashda gigiyenik rejimga qat’iy rioya qilish lozim, shuning uchun provizor dorixona muassasalarida va farmatsevtika korxonalarida atrof muhit parametrlarining gigiyenik me’yorlarini yaxshi bilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |