Gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua


Sporali anaeroblar - Clostridium perfringens qo‘zg‘atgan ovqat toksikoinfeksiyalari



Download 0,76 Mb.
bet20/154
Sana22.08.2021
Hajmi0,76 Mb.
#153554
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   154
Bog'liq
gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua

Sporali anaeroblar - Clostridium perfringens qo‘zg‘atgan ovqat toksikoinfeksiyalari.

Hozirgi kunda 12 turda toksin moddalar alfa, betta, gamma va boshqalarni ajratadigan A, V ,S, e, G, D, Kl.perfringens turli ovqat toksikoinfeksiyalarining qo‘zg‘atuvchilari hisoblanadi.

Go‘sht, kolbasa, sut mahsulotlari Kl.perfringens bilan zararlanishi mumkin.

Klinikasi. Kasallik ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: a) yashirish davr 6-22 soat davom etadi. Kasallik to‘satdan boshlanadi: bemorning ko‘ngli ayniydi, qusadi, ichaklari spazmga uchraydi, ko‘p marta (kuniga 20 martagacha) ichi ketadi, axlatidan badbo‘y hid keladi, ko‘p yel ajraladi. Og‘ir hollarda qo‘l-oyoq mushaklari tortishadi, ba’zan arterial bosim tushib ketadi;

b ) kasallik nekrotik enterit ko‘rinishida xam kechib ichaklarning bir qismi yiringlay boshlaydi, natijada bemor jarrohlik bo‘limiga tushib qoladi.

Profilaktikasi. Kl.perfringens qo‘zg‘atgan toksikoinfeksiyalarning oldini olish quyidagilardan iborat:

  1. Go‘shtni qayta ishlaydigan korxonalarda sanitariya qoidalariga rioya qilishi ustidan nazorat o‘rnatish

  2. Go‘sht va boshqa mahsulotlarni past haroratda saqlash.

  3. Yaxshilab pishirish, ya’ni kolbasa va boshqa go‘sht mahsulotlarini tayyorlash uchun ajratilgan mahsulot va ziravorlarni

sterillash.

Stafilokokk intoksikatsiyalari.



Stafilokokk toksinidan zaharlanish ko‘pgina sut mahsulotlaridan: tvorog, smetana, krem konditer mahsulotlari iste’mol qilish natijasida ro‘y beradi. Biroq go‘sht va sabzavotli har xil taomlar ham stafilokokklarning rivojlanishi uchun qulay muhit ekanligi hozir aniqlangan. Qoramol bilan odam ham stafilokokklar manbai hisoblanadi. Agar oziq-ovqat mahsulotlari stafilokokklar keltirib chiqaradigan ovqatdan zaharlanishlar mastit bilan og‘rigan sigirlar sutini iste’mol qilganda yuzaga keladi, chunki sut mahsuloti kasal tarqatuvchi manba hisoblanadi.

Klinikasi. Kasallanish alomatlari 2-4 soat o‘tgandan so‘ng paydo bo‘ladi. Stafilokokk intoksatsiyasining yetakchi belgilari gastroenterit hisoblanadi. To‘satdan bemor tez-tez qusadigan bo‘lib qoladi, qorinda qattiq achishtiradigan og‘riq (to‘sh sohasi ostida) paydo bo‘ladi, tez orada ich ketishi kuzatiladi, ayrim hollarda ich ketmasligi xam mumkin. Bemor darmonsizlanadi, ularning boshi og‘riydi va aylanadi, puls tezlashadi. Tana harorati odatda normal, sovuq ter chiqadi. Talvasa tutadi.Kasallik qisqa vaqt kechadi. Odatda 1-2 kundan keyin bemor sog‘ayib ketadi. O‘lim bilan tugagan hollar qayd qilinmagan.

Profilaktikasi quyidagilardan iborat:



  1. Oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishlashga aloqador shahslarning sog‘ligi ustidan qat’iy nazorat olib borish. Teri qatlamida qulog‘ida, ko‘zida, tamog‘ida yiringli kasalliklar va yuqori nafas yo‘llarida yallig‘lanish belgilari bo‘lgan shaxslar oziq-ovqat mahsulotlari bilan aloqador ishga qo‘yilmaydi.

  2. Mastit kasalligiga uchragan hayvonlardan sog‘ib olingan sutni ichishni ta’qiqlash.

  3. Oziq-ovqat korxonalarining xodimlari orasida stafilokokk tashuvchanlikni aniqlash ustidan doimo nazorat olib borish, burun-xalqum va chirigan tishlarni o‘z vaqtida davolatishlari kerak.

  4. Sut, sut mahsulotlari, kremli konditer taomlar shuningdek tez buziladigan boshqa mahsulotlarni sovitiladigan xonalarda saqlash.

Botulizm (Klostridium botulinum)

Botulizm lotin tilidan - botulis so‘zidan olinib, kolbasa ma’nosini anglatadi. Chunki kasallikning kelib chiqishi ko‘pincha kolbasa iste’mol qilish natijasida paydo bo‘ladi. Botulizm kasalligini keltirib chiqaruvchi bakteriya - Cl. Botulinum 1896 yilda Gollandiyalik cho‘chqa go‘shtidan qilingan kolbasani ist’emol qilish natijasida kasallikning og‘ir turi keng tarqalgan vaqtda E.Van Ermengem tomonidan kashf etilgan. Botulizm-klostridium botulini toksini tushgan ovqatni iste’mol qilish natijasida bo‘ladigan og‘ir, o‘tkir kasallik. Klostridium botilunimning oltita tiplari ma’lum (A, V, S, D e, G). Ularning hammasi kishilarda kasallik qo‘zg‘atishi mumkin va har bir tipning toksini faqat xudi shu tipga chiqargan zardob bilan neytrallanadi. Botulizmni qo‘zg‘atuvchi- aniq anaerob u havo kirmagan joyda ko‘payadi, ya’ni baliq, yog‘li cho‘chqa go‘shtida, kolbasaning katta bo‘laklari ichida yoki germetik berk konserva va bankalarida hosil bo‘ladi.

Klinikasi. Botulizm belgilari organizmga tushgan mikrob toksinlariga ko‘ra 2 soatdan 36 soatgacha davom etadigan yashirin davrdan keyin yuzaga chiqadi. Kasallikning dastlabki alomatlari-«Ko‘z simptomlari» buyumlarning qo‘shaloq bo‘lib ko‘rinishi, ravshan ko‘rishning pasayishi. Bemorlarning boshi og‘riydi, tovushlar butunlay chiqmay qolishi mumkin (afoniya). Ko‘z qorachig‘larining yorug‘likni sezishi susayadi, akkamodatsiya pasaygan, ko‘z soqqalarining o‘ynab turishi (nistagim), katta kichikligi har xil (anizokoriya). Yuz muskulaturasining harakatchanligi zarar ko‘radi, mimika hatto yo‘qoladi ham (amimiya). Og‘zini ochish qiyinlashadi, yutish harakati buzuladi. Tana temperaturasi normal, puls tez uradi. Kasalikning oxirgi davrida nafasning buzulishi asosiy siptom hisoblanadi. Botulizmda spetsifik zardob o‘z vaqtida yuborilmagan hollarda o‘lim hodisasi 70% gacha etadi.


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish