Loyiha materialarining taxlili.
Davolash profilaktika muassasalarining sanitar gigiyenik eks pertizasiga taqdim etilgan loyiha quyida ko‘rsatilgan talablarga javob beradimi yoki yo‘qmi?
Dorixona xonalarining alohidaligi gigiyenik talablarga rioya qiladimi?
Palatalarning isitilishi, yoritilishi gigiyenik talablarga javob beradimi?
Epidemiyaga qarshi tartib talablariga rioya qiladimi?
Ko‘kalamzorlashtirish etarli darajadami?
Xo‘jalik qismi uchun ajratilgan er maydoni etarlimi?
Xonaning tabiiy yoritilganligini gigiyenik nuqtai nazardan baholashda yorug‘lik koeffitsientini (YOK), yorug‘lik tushish burchagi, burchak teshigi va tabiiy yorug‘lik koeffitsienti (TYOK) ni aniqlash muhim ahamiyatga ega.
YOrug‘lik koeffitsenti (YOK) deb, derazaning oyna qismi yuzasining pol yuzasiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi. U oddiy nisbat bilan belgilanadi, ya’ni kasrning sur’atiga oyna yuzasining sathi, maxrajga esa polning yuzasi. Kasr surati 1 ga tenglashtirib olinadi, buning uchun kasrning maxraji sur’atida turgan songa bo‘linadi.
Yorug‘lik tushish burchagi, bu burchak SAV ikkita o‘tkazilgan chiziqdan hosil bo‘ladi, bundan biri gorizontal yo‘nalgan aniqlanishi kerak bo‘lgan sathdan (stol sathidan) oyna romining past qismigacha yo‘naltirilgan (AV), ikkinchisi o‘sha sathdan romning tepa qismigacha yo‘naltirilgan chiziq (AS). Yorug‘lik tushish burchagini aniqlash uchun stol balandligi aniqlanib, gorizontal
yo‘nalishda romning quyi qismidan ish joygacha bo‘lgan oraliq hamda romning vertikal balandligida aniqlanadi.
Bu ko‘rsatkich 270 dan kam bo‘lmasligi kerak.
Yorug‘lik tushish tuynugi (SAE) o‘tkazilgan ikkita chiziqdan hosil bo‘ladi, yuqorida tushiriladigan chiziq (SA) xuddi yorug‘lik tushish burchagidek ish joyidan romning tepa qismigacha, ikkinchisi- pastdagi chiziq (EA) ish joyidan uy qarshisidagi soya beruvchi bino yoki daraxtning tepa qismigacha o‘tkazilgan chiziq. Yorug‘lik tushish tuynugini aniqlash uchun ish joyidan uy qarshisidagi bino yoki daraxtdan tushayotgan soyaning tepa qismi ikkinchi shaxs tomonidan qo‘lini ko‘targan holda ifodalanib, ish joyigacha chiziq (S1) tushiriladi. So‘ngra romning tepa qismidan ish joyigacha tushurilgan (S) chiziq bilan birlashtiriladi, oldingi burchakdan foydalanib, (1-rasm) vertikal ko‘rsatkich a dan a1 aniqlanadi. Yorug‘lik burchaklari- y transportini S chizig‘i bo‘ylab qo‘yib aniqlanadi. So‘ngra tangens (tgo) 1-jadvaldan burchak kattaligi SAE topiladi. Bunda burchak kattaligi 50 dan kam bo‘lmasligi kerak.
Binolarning tabiiy yorug‘liq bilan yoritilganlik darajasini belgilab beradigan omillar Derazalarning yorug‘lik tushadigan yuzasi. Xonalarning yoritilishi derazalarning oyna bilan qoplangan (yorug‘lik tushadigan) yuzasining katta-kichikligiga, ya’ni yorug‘lik tushadigan yuzalarning yig‘indisiga bog‘liqdir. Yorug‘lik tushadigan joylarning etarli-etarlimasligi to‘g‘risida yorug‘lik koeffitsienti miqdoriga qarab fikr yuritiladi.
T abiiy yorug‘lik bilan yoritilish me’yorlari. Lyuksmetr. Tabiiy yorug‘likni aniqlaydigan asbob. Xonaning tabiiy yoritilganligini gigiyenik nuqtai nazardan baholashda yorug‘lik koeffitsientini (YOK), yorug‘lik tushish burchagi, burchak teshigi va tabiiy yorug‘lik koeffitsienti (TYOK) ni aniqlash muhim ahamiyatga ega. Yorug‘lik koeffitsienti (YOK) deb yorug‘lik tushadigan derazalar yuzasining xona poli maydoniga bo‘lgan nisbatiga aytiladi. U oddiy nisbat bilan belgilanadi, ya’ni kasrning sur’atiga oyna yuzasining sathi, maxrajga esa Luiksmetr polning yuzasi. Kasr surati 1 ga tenglashtirib olinadi,
buning uchun kasrning maxraji sur’atida turgan songa bo‘linadi.
Turarjoy va jamoat binolarida yorug‘lik koeffitsientining miqdori xonalarning vazifasiga qarab 1/2 dan 1/5 gacha bo‘ladi. Yorug‘lik koeffitsienti qurilishni loyihalashda ahamiyatga ega, lekin xonalarning tabiiy yorug‘lik bilan qanchalik yoritilishini yetarli darajada ta’riflab berolmaydi, chunki yorug‘lik darajasi derazalarning yorug‘lik tushadigan yuzi bilan xona poli maydoni o‘rtasidagi nisbatigagina bog‘liq bo‘lmasdan, balki ob-havo sharoitlari, xonalarning o‘lchamlari o‘rtasidagi nisbatlar, yorug‘lik tushadigan joylarning shakli va konstruksiyalari hamda yuqorida aytib o‘tilgan boshqa omillarga ham bog‘liq bo‘ladi.
Binolarning tabiiy yorug‘lik bilan qanchalik yoritilishini tabiiy yorug‘lik bilan yoritilish koeffitsienti (TYOK) ta’riflab beradi.
Tabiiy yorug‘lik koeffitsienti (TYOK) xonalarning tabiiy yoritilganligini baholashda asosiy ko‘rsatkichdir.
Tabiiy yorug‘lik koeffitsienti deb xona yorug‘ligining (XYO) bir vaqtda tashqi yorug‘likka, ya’ni osmondan to‘g‘ri tushayotgan tabiiy yorug‘likka (TYO) bo‘lgan nisbatining foiz ifodasidagi qiymatiga aytiladi, uni topish uchun:
TYOK = xona yorug‘ligi 100%
E tashqi yorug‘lik
Ish joyidagi va tashqaridagi yorug‘lik lyuksmetr yordamida bir vaqtda aniqlanadi.
Tushish burchagi va teshik burchagini yasash yo‘li bilan ishchi yuzalarining tabiiy yorug‘lik bilan nechog‘lik yoritilganligi to‘g‘risida tasavvur hosil qilsa bo‘ladi.
Yorug‘lik tushish burchagi, bu burchak SAV ikkita o‘tkazilgan chiziqdan hosil bo‘ladi, bundan biri gorizontal yo‘nalgan aniqlanishi kerak bo‘lgan sathdan (stol sathidan) oyna romining past qismigacha yo‘naltirilgan (AV), ikkinchisi o‘sha sathdan romning tepa qismigacha yo‘naltirilgan chiziq (AS). Yorug‘lik tushish burchagini aniqlash uchun stol balandligi aniqlanib, gorizontal yo‘nalishda romning quyi qismidan ish joygacha bo‘lgan oraliq hamda romning vertikal balandligida aniqlanadi.
Gorizontal va vertikal chiziqlar kichiklashtirilgan holda qog‘ozga tushuriladi, oxirgi nuqtalar diagonal S holatda birlashtiriladi.
Yorug‘lik tushish burchagining kattaligi tangens (tga) 3-jadvaldan aniqlanadi.
SA = tga
VA
Bu ko‘rsatkich 270 dan kam bo‘lmasligi kerak.
Yorug‘lik tushish tuynugi (SAE) o‘tkazilgan ikkita chiziqdan hosil bo‘ladi, yuqorida tushiriladigan chiziq (SA) xuddi yorug‘lik tushish burchagidek ish joyidan romning tepa qismigacha, ikkinchisi-pastdagi chiziq (EA) ish joyidan uy qarshisidagi soya beruvchi bino yoki daraxtning tepa qismigacha o‘tkazilgan chiziq. Yorug‘lik tushish tuynugini aniqlash uchun ish joyidan uy qarshisidagi bino yoki daraxtdan tushayotgan soyaning tepa qismi ikkinchi shaxs tomonidan qo‘lini ko‘targan holda ifodalanib, ish joyigacha chiziq (S1) tushiriladi. So‘ngra romning tepa qismidan ish joyigacha tushirilgan (S) chiziq bilan birlashtiriladi, oldingi burchakdan foydalanib, (1-rasm) vertikal ko‘rsatkich a dan a1 aniqlanadi. Yorug‘lik burchaklari - y transportini S chizig‘i bo‘ylab qo‘yib aniqlanadi. So‘ngra tangens (tgo) 3-jadvaldan burchak kattaligi SAE topiladi. Bunda burchak kattaligi 50 dan kam bo‘lmasligi kerak.
Sun’iy yorug‘lik bilan yoritishga qo‘yiladigan gigiyenik talablar
Sun’iy yorug‘lik manbalari xonalar hamda ulardagi ishchi o‘rinlarining etarlicha va bir tekis yoritilishini ta’minlab beradigan bo‘lishi kerak. Sun’iy yorug‘lik bilan yoritishning ikki sistemasi tafovut qilinadi: umumiy yoritish va aralash yoritish sistemasi aralash yoritishda umumiy yoritish manbaiga qo‘shimcha qilib mahalliy yorug‘lik qo‘shiladi.
Ish o‘rinlarining yoritilishi, ish vaqtida ko‘z o‘tkirligi, mayda detallarni farq qilish tezligi hamda doim ravshan ko‘rishni yetarli ta’minlab berishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |