Gubkalar, mochalkalar, shpatellar va matolar.
Bunday vositalar toza zonalarda ishlatish uchun maxsus ajratilgan maxsus materiallardan (mato bo‘lmagan materiallar, poliuretan penalar va h. k. ) tayyorlanadi. Bu materiallar toza zonalarni kontaminatsiyalashi mumkin bo‘lgan zarrachalarni ajratmasligi nihoyatda katta e’tibor berish lozim. Bunday ish qurollarining maydalanib ketmasligiga ham ahamiyat beriladi. Ular bir martalik va steril bo‘lishi tavsiya etiladi. Xuddi shunday, gubkalar va mochalkalar uchun ushlagichlar ham sterillanishi kerak. Aseptik xonalar uchun bu majburiy talabdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |