Gidromeliorativ



Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/76
Sana13.01.2022
Hajmi3,86 Mb.
#356430
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   76
Bog'liq
gidromeliorativ ishlarni tashkil etish

gidromeliorativ beton 
deyiladi.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan holda, shuni qayd qi-
lish kerakki, boshqa turdagi betonlardan farqli o‘laroq, gidrome-
liorativ betonlarga bir qator o‘ziga xos talablar qo‘yiladi, ya’ni suvga 
chidamlilik, suv o‘tkazmaslik, sovuqqa chidamlilik, tanasidan kam 
issiqlik chiqarish, tuzlar va kimyoviy moddalar ta’siriga chidamlilik, 
siqilishga,  cho‘zilishga  va  egilishga  kerakli  darajada  chidamli 
bo‘lishidir.
Betonning  suv  ta’siriga  chidamliligini  oshirish  uchun  max-
sus  sementlar  qo‘llanishi  mumkin  yoki  betonning  yuza  qismi 
gidroizolyatsiya qilinadi.
Gidromeliorativ betonga uning asosiy sifat ko‘rsatkichlari bo‘lgan 
mustahkamligi, tanasidan suv o‘tkazmasligi va sovuqqa chidamlilik 
xossalariga nisbatan quyidagi markalar belgilangan:
– siqilishga chidamliligi bo‘yicha – M75, M100, M150, M200, 
M250, M350, M400, M500, M600, sonlar 1 sm
2
 beton namunasiga 
ta’sir qiluvchi kuch, kg;
– sovuqqa chidamliligi bo‘yicha – Mrz50, Mrz75, Mrz100, 
Mrz150,  Mrz200,  Mrz300,  Mrz400,  Mrz500,  sonlar  beton  na-
munasini muzlatib-eritish sikllar sonini bildiradi va shunda beton 
namunasi o‘zining 15 %dan ortiq mustahkamligini yo‘qotmasligi 
kerak;
– tanasidan suv o‘tkazmasligi bo‘yicha – V2, V4, V6, V8, V10, 
V12 sonlar 0,2; 0,4; 0,6; 0,8; 1,0; 1,2 MPa suvning gidravlik bosimiga 
to‘g‘ri keladi va ular ta’sirida beton namunasidan suv sizib chiqishi 
kuzatilmaydi.
Betonning yuqorida aytilgan asosiy xossalari o‘zaro bir-biri-
ga bog‘liq bo‘lib, ular bo‘yicha suv xo‘jaligi obyektlari konstruk-


63
siyalarini loyihalash jarayonida, inshootning ishlash sharoiti, unga 
ta’sir qiladigan turli xil kuchlar va tabiiy iqlim sharoitlarini inobatga 
olgan holda beton markalari belgilanadi.
Texnologiya  nuqtayi  nazardan  qaraganda  betonning  e’tibor 
li  xususiyatlaridan  biri  uning  qo‘zgaluvchanligi  hisoblanadi  va 
qorishmaning  qulay  yotqizilishini  belgilaydi.  Betonning  ushbu 
xossasi, asosan, uning tarkibidagi suv-sement nisbatiga, qorishma 
tarkibiga  aralashtiriladigan  yumshatuvchi  qo‘shimchalarga  va 
qo‘llaniladigan sement faolligi bo‘yicha ajralib chiqadigan issiqlik 
energiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Ayniqsa, yuqori markali sementlardan 
qorishmalar tayyorlanganda, suv-sement reaksiyasi - gidrotatsiya 
jarayoni faol kechadi va tashqi muhit harorati +15 °C dan yuqori 
bo‘lganda, beton tanasidagi ekzotermik issiqlik chiqishi me’yoridan 
ortiq termik zo‘riqishlarni yuzaga keltiradi va natijada beton konstruk-
siyalarida yoriqlar hosil bo‘lishi mumkin.
Beton qorishmasi tarkibidagi suv miqdoriga bog‘liq ravish-
da, uning qovushqoqlik (qo‘zg‘aluvchanligi) xossasi aniqlanadi va 
bu ko‘rsatkich standart konus cho‘kishi (sm) yoki qattiqligi (sek) 
bo‘yicha belgilanadi.
Agar  konus  cho‘kishi  (KCH)  0-3  sm  oralig‘ida  bo‘lsa, 
gidromeliorativ beton quyuq (qattiq) hisoblanadi. KCH = 3 - 6 
sm  bo‘lsa,  beton  yumshoq  va  KCH>6  sm  bo‘lsa  oquvchan  hi-
soblanadi. Quyuq betonlarning qoliplarda yotqizilishi va zichlanishi 
ancha qiyinchiliklar tug‘diradi, ammo ularni imkoni boricha yaxshi 
zichlansa, qorishma tarkibida sement miqdori kam bo‘lganda ham 
yuqori  mustahkamlikka  erishiladi. Aksariyat  hollarda,  qurilish 
jarayonida yumshoq betonlar qo‘llaniladi, chunki ular hatto zich 
armaturalangan sharoitlarda ham yaxshi joylashadi va titratkichlar 
yordamida zichlanadi. Oquvchan betonlar nisbatan kam qo‘llaniladi, 
chunki bunday hollarda kerakli mustahkamlikka erishish uchun 
qorishma tarkibiga katta miqdorda sement qo‘shilishi talab qilinadi.
Umuman  olganda,  betonning  qovushqoqligi  (qo‘zg‘aluv-
chanligi)  betonlashtiriladigan  konstruksiyalarning  o‘ziga  xos 


64
xususiyatlariga qarab belgilanadi. Agar beton qorishmasi dala 
sharoitlarida tayyorlanib, undan inshootlar qismlari yoki kons- 
truksiyalari  tiklanadigan  bo‘lsa,  betonning  har  tomonlama 
qoniqarli  ko‘rsatkichlarga  erishguncha,  bir  qator  texnologik 
omillar ta’sirida bo‘ladi.

Download 3,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish