Gidromeliorativ


Bir cho‘michli ekskavatorlarning ish unumdorligi



Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/76
Sana13.01.2022
Hajmi3,86 Mb.
#356430
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   76
Bog'liq
gidromeliorativ ishlarni tashkil etish

Bir cho‘michli ekskavatorlarning ish unumdorligi
Bir cho‘michli ekskavatorlar nazariy, texnik, ishlab chiqarish 
va me’yoriy ish unumdorliklar; bilan baholanadi. Ekskavatorning 
bir soat davomidagi to‘xtovsiz bajargan ish hajmi, uning nazariy 
unumdorligi deyiladi. Nazariy ish unumdorlik miqdori quyidagi ifoda 
yordamida hisoblanadi: 
P
en
 = 60·q·n; m
3
/soat.
Bu yerda: q - cho‘michning geometrik sig‘imi, m
3
;
n - birlik vaqtdagi sikllar soni, daqiqa.
Ekskavatorning aniq shart-sharoitda bajargan ishi uning texnik 
unumdorligi deyiladi. Bir cho‘michli ekskavatorning texnik ish 
unumdorligi quyidagicha hisoblanadi:
P
e.tex
 = 60·q·n·K
t
 · K′
yu
, kub m/soat.
Bu yerda: K
t
 - cho‘michning to‘lishini hisobga oluvchi koef-
fi tsiyenti; K′
yu
 - gruntning boshlang‘ich zichligini hisobga oluv-
chi koeffitsiyent. Uning son miqdori quyidagi ifoda yordamida 
hisoblanadi:
K′
yu
 = 1/ K
yu
.
Bu yerda: K
yu
 - gruntning yumshalish koeffi tsiyenti.
Ekskavatorlarning  texnik  unumdorligini  aniqlovchi  ifodaga 
kiruvchi K
t
, K′
yu
 va n kabi parametrlarning son qiymati cho‘mich 
hajmiga, grunt xususiyatiga, qazilma shakli va o‘lchamiga, mashina 
haydovchisi  tajribasiga  qarab  o‘zgaradi.  Ekskavatorning  texnik 
ish unumdorligiga qarab transport vositasi soni va turi tanlanadi. 
Ekskavatorlarning ishlash jarayonida yuz beradigan bekor turishlarni 
hisobga olib, aniqlangan o‘rtacha unumdorlik, ekskavatorning ishlab 
chiqarish unumdorligi deyiladi. Uning son miqdori quyidagicha 
hisoblanadi:
P
e.i.ch
 = P
t
 · K
v
 = 60·q·n · K
t
 · K′
yu
 · Kv, kub m / soat.
Bu yerda: K
v
 - mashina vaqtdan foydalanish koeffitsiyenti.
Me’yoriy ish unumdorligi deb, birlik vaqt ichida ekskavator 
tomonidan bajariladigan ish hajmiga aytiladi. Me’yoriy unumdorlik 


27
ishlab chiqarish unumdorligiga mos keladi. Amaldagi ekskavator ish 
unumdorligi, ishni tashkil qilishni mukammallashtirish va texnikaning 
bo‘sh  turishini  kamaytirish  hisobiga,  me’yori  unumdorlikdan 
katta, texnik ish unumdorlikka yaqin bo‘lishi mumkin. Ekskavator 
cho‘michining to‘lish koeffitsiyenti son qiymati ishlov berilayotgan 
grunt  turiga,  uning  namligiga,  qazilma  chuqurligiga,  cho‘mich 
sig‘imiga,  ishchi  asbob-uskuna  turiga  va  mashina  haydovchisi 
malakasiga bog‘liq. Malakasi yuqori bo‘lgan mexanizator tomonidan 
yengil gruntga ishlov berilganda K
t
 = 0,95-1,20 ga teng bo‘ladi. 
Qurilish sharoitida bir cho‘michli ekskavatorlarni bir soatlik ish 
vaqtidan foydalanish koeffitsiyenti 0,92-0,96; smenalik ish vaqtidan 
foydalanish koeffitsiyenti esa 0,75-0,85 ga; gruntni tashish vositasiga 
ortgan taqdirda esa K
v
 = 0,65-0,75 ga teng bo‘ladi. Bir cho‘michli 
ekskavatorlarni  bir  daqiqada  bajaradigan  davralar  soni  ekska-
vatorning konstruktiv xususiyatiga, grunt sharoitiga, qazilma shakli 
va o‘lchamlariga bog‘liq holda quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi:
n = 60 / t
ts
, dona.
Bu yerda: t
ts
 – bir davraning davomiyligi, soniya.
Ekskavator bir davrasining davomiyligi quyidagicha aniqlanadi:
t
ts
 = t
k
 + t
b
 + t
t
 + t′
b
, soniya.
Bu yerda: t
k
 – cho‘michni to‘ldirish uchun ketadigan vaqt, soniya;
t
b
 – to‘kish uchun burilishga ketadigan vaqt, soniya;
t
t
 – to‘kish uchun ketadigan vaqt, soniya;
t

b
 – qazish uchun qayta burilishga ketadigan vaqt, soniya.
Ekskavatorning ishlab chiqarish unumdorligini, bajarilish kerak 
bo‘lgan ish hajmi va bajarilish vaqtini bilgan holda qurilishga kerak 
bo‘ladigan ekskavatorlar soni quyidagicha aniqlanadi:
N
e
 

V

P
e
 
· 

· 8,2 n, dona.
Bu yerda: 

– belgilangan ishni bajarish uchun ajratilgan vaqt, 
kun;
n – ishni bajarishdagi smenalar soni, (1–2-smena).


28

Download 3,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish