Гидромелиорация ишларини ташкил этиш ва технологиясининг умумий масалалари. Фан ривожининг тарихий тараққиёти


-bob. Manzilli dasturni shaklantirish tartibi



Download 3,12 Mb.
bet12/16
Sana25.02.2022
Hajmi3,12 Mb.
#271068
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
tomchilab sugorish

2-bob. Manzilli dasturni shaklantirish tartibi

  • 8. Har bir tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga ko‘maklashish bo‘yicha tuman ishchi komissiyasi (keyingi o‘rinlarda tuman ishchi komissiyasi deb ataladi) Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan namunaviy tarkibda tuziladi.

  • Tuman irrigatsiya bo‘limi tuman ishchi komissiyasining ishchi organi hisoblanadi.

  • 9. Talabgorlar kelgusi yilda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha har kalendar yilining 1-fevraliga qadar tuman ishchi komissiyasiga ushbu Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq ariza bilan yozma yoki belgilangan tartibda elektron shaklda murojaat qiladi.

  • Arizadagi ma’lumotlar va taqdim qilingan hujjatlarning to‘g‘riligiga talabgorlar javobgar hisoblanadi.

  • 10. Tuman ishchi komissiyasi:

  • talabgorlarning arizalarini qabul qiladi hamda uch ish kunida joyiga chiqib o‘rganadi, suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari joriy etiladigan yer uchastkalarining maydonlari, shart-sharoitlari, yer bonitet balli va sho‘rlanish darajasi, uning yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlariga mosligi, suv va elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik darajasi va boshqa tomonlarini ko‘rib chiqadi, shuningdek, talabgorlarning moliyaviy holatini o‘rganadi;

  • o‘rganish natijasi bo‘yicha kelgusi yilda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tuman manzilli ro‘yxatlarini (keyingi o‘rinlarda tuman manzilli ro‘yxatlari deb ataladi) qishloq xo‘jaligi ekinlari va sug‘orish texnologiyalari turlari, hududlar hamda talabgorlar kesimida yer uchastkalarining maydonlari, yer bonitet balli, suv manbai, xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari nomi ko‘rsatilgan holda shakllantiradi.

  • Tuman manzilli ro‘yxatlari tuman ishchi komissiyasining barcha a’zolari tomonidan imzolanadi va tuman ishchi komissiyasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

  • Tasdiqlangan tuman manzilli ro‘yxatlari har kalendar yilning 15-fevraliga qadar ko‘rib chiqish va umumlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xomashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 27-dekabrdagi PQ-4087-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga ko‘maklashuvchi ishchi guruhiga (keyingi o‘rinlarda hududiy ishchi guruhi deb ataladi) belgilangan tartibda taqdim qilinadi.

  • Tuman manzilli ro‘yxatlarining to‘g‘riligiga tuman ishchi komissiyasi rahbari va a’zolari mas’ul hisoblanadi.

  • 11. Hududiy ishchi guruh:

  • tumanlarning manzilli ro‘yxatlarini tahlil qiladi va qishloq xo‘jaligi ekinlari va sug‘orish texnologiyalari turlari, tumanlar, hududlar hamda talabgorlar kesimida yer uchastkalarining maydonlari, yer bonitet balli, suv manbai, xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari nomi ko‘rsatilgan holda hududiy manzilli ro‘yxatlarni (keyingi o‘rinlarda hududiy manzilli ro‘yxatlar deb ataladi) shakllantiradi;

  • zaruratga ko‘ra, talabgorlarning takliflarini joyiga chiqib qo‘shimcha ravishda o‘rganadi.

  • Hududiy manzilli ro‘yxatlar hududiy ishchi guruhining barcha a’zolari tomonidan imzolanadi va hududiy ishchi guruhi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

  • Tasdiqlangan hududiy manzilli ro‘yxatlar har kalendar yilning 1-martiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga belgilangan tartibda taqdim qilinadi.

  • Hududiy manzilli ro‘yxatlarining to‘g‘riligiga hududiy ishchi guruh rahbari va a’zolari mas’ul hisoblanadi.

  • 12. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi:

  • hududiy manzilli ro‘yxatlarni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda tahlil qiladi;

  • manzilli dastur loyihasini Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar kesimida qishloq xo‘jaligi ekinlari va sug‘orish texnologiyalari turlari, yer maydonlarining prognoz parametrlari ko‘rsatilgan holda shakllantiradi hamda ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan tashkilotlar bilan kelishilgan holda har kalendar yilning 1-apreliga qadar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga tasdiqlash uchun taqdim etadi.

  • (12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)

  • 13. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari har kalendar yilning 15-apreliga qadar manzilli dasturni tasdiqlaydi.

  • (13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)

  • Tasdiqlangan manzilli dastur O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga ijro uchun yuboriladi.

  • O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etishning amaldagi holatidan kelib chiqib hamda talabgorlar roziligi asosida tasdiqlangan hududiy manzilli ro‘yxatlardagi asosiy parametrlar doirasida o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.

  • 14. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismi ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qoplanadi.


  • Download 3,12 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish