1-rasm Porshenli nasos
Surish balandligi chegaraviy surish balandligi Ηс ≤ Нчс dan katta bulmasligi kerak.
Porshen (plunjer) ilgarilanma (oldinga) xarakat qilganda esa ish bushlig’idagi bosim ortib surish klapani yopiladi. Bushlikdagi bosim ortishda davom etib uning miqdori suyuklikni haydash bosimi Рх ga yotganda haydash klapani ochilib suyuqlik xaydash trubasi 9 ga uta boshlaydi.
Suyuqlikning haydash porshenning eng chekka haydash chegarasiga yotguncha davom etadi. Nasosni ishga tushurganimizda u avval suri trubasidagi havoni tortadi va suyuqlik hosil bulgan bosimda farqi ta‘sirida surish trubasiga kutariladi. Nasos bir oz vaqt ishlagandan sung surish trubasi va tsilindrdagi havo haydab chiqarilib, suyuqlik tsilindrni tuldiradi. Shundan keyin nasos moslangan tartibda ishlay boshlaydi. Natijada ta‘minlovchi idishdagi suyuqlik qabul qiluvchi idish ga utadi. Tsilindrdagi yukori sath bilan suyuqlik kutarilgan eng yuqori sathning farkiga xaydash balandligi Нх deyiladi. Surish balandligi bilan haydash balandligining yigindisi Нс +НХ nasosining tortish balandligi yoki tuliq statik bosimni beradi. Porshenli nasoslarning turli loyixalari bilan kurilgan turlari ishlab chiqarishning kup sohalarida qullaniladi.
2.-rasm. Bir tomonlama ishlaydigan krivoship-shatunli nasos:
1-krivoship shatunli mexanizm, 2-shtok, 3-porshen (plunjer), 4-surish klapani, 5-haydash klapani, 6-surish trubasi, 7-tirgak (tovon) klapan, 8-filtr, 9-xaydash trubasi.
Yuqorida aytganimizdik, porshenli nasoslar yuqori bosim kerak bulgandagina ishlatiladi. Amalda kup xollarda porshenli nasoslardan markazdan qochma nasoslar urnida foydalaniladi. Xajmiy gidrouzatmalar sostavida ishlayotgan nasoslar asosan porshenli nasoslar turiga kiradi. Bu aitilganlardan tashqari, porshenli nasoslarning yana bir ustunligi ularning foydali ish koeffitsientining yukoriligidir. Porshenli nasoslarning markazdan qochma nasoslardan yana bir farki shundaki, uning surish ni xaydash trubasiga urnatilgan zadvijka oldida bosim orta boradi. Agar zadvijka butunlay berkitib kuyilsa, bosim juda kattalashib ketishi natijasida yo nasos buziladi, yoki truba yoriladi, yoxud zurikishning ortib ketishi natijasida dvegatil tuxtab koladi. Shuning uchun porshenli nasoslardan yukori bosymda uzgarmas surish mikdori zarur buligan hollarda foydalaniladi.
Porshenli nasoslarning markazdan qochma nasoslarga taqqoslangandagi asosiy kamchiligi ularning qupolligi, qimmat turishi, ishlatish murakkabligidir. Bu nasoslarni markazdan qochma nasoslarga nisbatan kuproq kuzatib turish talab qilinadi, chunki porshenli nasoslarning klapanlari tez-tez ifloslanib turadi. Ifloslanish nasosning boshqa qismlarida ham buladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |