Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


  ZILZILANING  KUCHINI  YER  SATHIDA  NAMOYON



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

6.2.1.  ZILZILANING  KUCHINI  YER  SATHIDA  NAMOYON
BO‘LISHINI  BAHOLASH
Insoniyat  o‘zining  butun  tarixiy  taraqqiyoti  mobaynida  ko‘p  yer
qimirlashlarni boshidan kechirgan, uning oqibatlari guvohi bo‘lgan. Uzoq
tarixiy  saboq,  ya’ni  yer  silkinishi  kishilarning  ruhiy  holatiga  bo‘lgan
ta’siri, imorat va inshootlarning buzilishi, vayron qilinishi, yer yuzasida
vujudga kelgan o‘zgarishlar yuz bergan hodisaning kuchini baholashga
o‘rgatgan. Natijada nisbiy baholash shkalasi paydo bo‘lgan. Quyida 1964-
yili Parijda YUNESKO ning seysmologiya va seysmobardosh qurilish
bo‘yicha o‘tkazilgan davlatlararo yig‘ilishida tavsiya etilgan xalqaro shka-
lani ba’zi bir soddalashtirishlar bilan keltirildi:
1  ball — Sezilmaydigan.  Faqat  seysmik  asboblargina  qayd  qiladi.
Odamlar sezmaydi.
2 ball — Zo‘rg‘a seziladigan. Uy ichida o‘tirgan ba’zi odamlar se-
zishi mumkin (deraza oynalari titraydi).
3 ball — Kuchsiz. Ko‘pchilik odamlar sezmaydi, ochiq havoda tinch
turgan odam sezishi mumkin. Osilgan jismlar asta-sekin titraydi.
4 ball — Sezilarli. Ochiq havoda turgan odamlar va bino ichidagi
odamlar  sezadi.  Uy  devorlari  qirsillaydi.  Ro‘zg‘or  anjomlari  titraydi,
osilgan jismlar tebranadi.
5 ball — O‘rtacha kuchli. Hamma sezadi, uyqudagi odam uyg‘ona-
di.Ba’zi odamlar hovliga yugurib chiqadi. Idishdagi suyuqlik chayqalib
to‘kiladi, osilgan uy jihozlari qattiq tebranadi.
6 ball — Kuchli. Hamma sezadi, uyqudagi odam uyg‘onadi. Odam-
larni qo‘rquv bosadi. Ko‘pincha odamlar hovliga yugurib chiqadi. Uy
hayvonlari  betoqat  bo‘ladi.  Ba’zi  hollarda  kitob  javonidan  kitoblar,
javonlardagi idishlar ag‘darilib tushadi.
7 ball — Juda kuchli. Ko‘pchilik odamlarni qo‘rquv bosadi, ko‘cha-
ga yugurib chiqadi, avtomobil haydovchilari tomonidan harakat vaqti-
da ham seziladi, uy devorlarida katta-katta yoriqlar paydo bo‘ladi, hav-
zalardagi  suvlar  chayqaladi  va  loyqalanadi,  buloqlarning  suv  sarfi
o‘zgaradi.
8 ball — Vayron qiluvchi. Xom g‘ishtdan qurilgan imoratlar butun-
lay vayron bo‘ladi, ancha pishiq qilib qurilgan imoratlarda ham yoriqlar
paydo bo‘ladi, uy tepasidagi mo‘rilar yiqiladi, ba’zan daraxtlar butun
tanasi  bilan  yiqilib  tushadi,  sinadi,  tog‘lik  joylarda  qulash,  surilish
hodisalari yuz beradi, ba’zan buloqlar paydo bo‘ladi, quduqlardagi suv
sathlarida o‘zgarishlar bo‘ladi.
9  ball  —  O‘ta  vayron  qiluvchi.  Odamlar  sarosimaga  tushadi,  yer
qimirlashga bardosh beradigan qilib qurilgan imorat va inshootlar ham
qattiq shikastlanadi, poydevorlaridan siljib, qiyshayib qolishi, temir yo‘l
relslari bukilishi mumkin. Oddiy imoratlar butunlay vayron bo‘ladi, yer


9 3
yuzasida yoriqlar paydo bo‘ladi, yer osti suvlari sizib chiqishi mumkin,
qulash, surilish hodisalari yuz beradi, sun’iy suv havzalari shikastlanadi.
10 ball — Yakson qiluvchi. Hamma imoratlar yakson bo‘ladi. Temir
yo‘l relslari to‘lqinsimon shaklga kirib, bir tomonga qarab egilib qoladi,
yer osti kommunal quvurlari uzilib ketadi, cho‘kish hodisalari yuz beradi,
suv havzalari to‘lqinlanib qirg‘oqqa uriladi, qoyali yon bag‘irlarda katta-
katta surilish hodisalari sodir bo‘ladi.
11 ball — Halokatli. Hamma imoratlar deyarli vayron bo‘ladi, to‘g‘on
va dambalar yorilib ketadi, temir yo‘llar butunlay ishdan chiqadi, yerning
ustki  qismida  katta-katta  yoriqlar  paydo  bo‘ladi,  yer  ostidan  loyqa
balchiqlar ko‘tarilib chiqadi, surilish, qulash hodisalari nihoyasiga yetadi.
12 ball — O‘ta halokatli. Kuchli fojiali, yerning ustki qismida katta
o‘zgarishlar yuz beradi. Inson barpo etgan hamma imoratlar butunlay
vayron bo‘ladi, daryolarning o‘zani o‘zgarib, sharsharalar paydo bo‘ladi,
tabiiy to‘g‘onlar vujudga keladi.
Yuqorida keltirilgan shkaladan injenerlik amaliyotida, hisoblash ish-
larida foydalanish mumkin emas, u faqat yer qimirlash kuchi to‘g‘risida
mulohaza yuritishimizda foydasi tegadi, xolos. Zilzila kuchini, tog‘ jinsi
zarrachalarining tebranish tezligini aniqlashda seysmograflardan foydala-
niladi.  Seysmograf  orqali  yozib  olingan  seysmogrammalar  yordamida
zarrachalarning tebranish amplitudasini aniqlab, seysmik to‘lqin tezla-
nishini hisoblash mumkin:
2
2
4

T
a
A
.
Bunda:
a — seysmik to‘lqin tezlanishi, m/s
2
;
A — tog‘ jinsi zarrachasi tezlanish amplitudasi, mm;
T  —  seysmik tebranish  davri  s; 
p = 3,14.
Seysmik to‘lqin tezlanishi aniq bo‘lgan holda seysmiklik koeffitsiyenti
K ni aniqlash mumkin:
a
g

,
bunda: g — erkin tushish tezlanishi.
Bu ko‘rsatkich barcha injener-geologik hisoblashlarda ishlatiladi.
Epitsentrda  tog‘  jinsi  zarrachalarining  seysmik  tezlanishini  (a),  u
yerda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarga (buzilish, yorilish, vayron bo‘lish va
h.k.)  taqqoslagan  holda  Rossiya  FA  «Yer  fizikasi  instituti»  olimlari
tomonidan yer qimirlashining kuchini ballarda baholash shkalasi ishlab
chiqilganki,  bu  shkala  (6.3-jadval)  hozir  hamma  MDH  ga  kiruvchi
davlatlarda qo‘llanilib kelinmoqda.
Tuproqning (yoki yer ustki qobig‘i qatlamining) tebranish tezlanishi
esa o‘z navbatida epitsentrdan hamda gipotsentrdan tarqaladigan seysmik
to‘lqinlarning amplitudasiga hamda davriga bog‘liq bo‘lib, bu qiymatlar


9 4
o‘sha  rayonga  o‘rnatilgan  seys-
mometrlar,  seysmograflar  yozib
olgan  seysmogrammalar  (6.6-
rasm) yordamida aniqlanadi.
Seysmik to‘lqinlarning ampli-
tudasi  va  davri  seysmogramma-
lar yordamida aniqlab olingach,
quyidagi formula yordamida tup-
roqning  tebranish  tezlanishini
o‘ng‘aygina  aniqlashimiz  mum-
kin:
2
2
4

T
a
A
,
bu yerda: A — amplitudasi;
T — tebranish davri.
Misol  uchun  yerning  biron
qismida bo‘lib o‘tgan yer qimir-
lashda T  ning qiymati  1  sekund
va A ning qiymati 900 mm bo‘l-
sin, bu holda keltirilgan formula
yordamida tuproqning tebranish
tezlanishini aniqlay olamiz:
2
2
2
4 3,14
39,23
1
9
9
355,3
T
a






  mm/s
2
.
Demak,  o‘sha  yerda  zilzila  sodir  bo‘lganda  tuproqning  tebranish
tezlanishi  355,3  mm/s
2
  ni  tashkil  qilgan.  Bu  qiymatni  o‘z  navbatida
shkalaga  (6.3-jadval)  solishtirib  ko‘rsak,  yer  qimirlash  kuchi  8  ball
atrofida bo‘lganligi ma’lum bo‘ladi. Bu misolni biz ma’lumot uchun-
gina keltirdik, aslida yuqorida olingan qiymatlar juda katta aniqliklarda
hisoblanadi.
6.3-jadval

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish