Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Tog‘ jinslari yoshini radiologik usullar yordamida aniqlash



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Tog‘ jinslari yoshini radiologik usullar yordamida aniqlash. Hamma
tog‘ jinslari tarkibida u yoki bu darajada biron-bir radioaktiv element
uchrab turadi. Bular: Uran (U), Radiy (Ra), Toriy (Th) yoki ularning
izotoplaridir. Bu elementlarning shunday xususiyatlari borki, vaqt o‘tishi
bilan ular parchalanib ikkinchi yangi elementlarga: qo‘rg‘oshinga (Rb),
geliyga (He) aylana olishi mumkin.
Parchalanish davri odatda juda uzoq davom etadi. Masalan, Toriy
atomlarining parchalanishi uchun 1•4•10
7
 yil kerak bo‘lsa, Uran atom-
larining yarim parchalanish davri 7•10
8
 (700 million) yilni tashkil etadi.
Agar yoshini aniqlamoqchi bo‘lgan tog‘ jinsi radioaktiv tarkibi tahlil
qilinsa, uning tarkibidagi uran, toriyning parchalanmay qolgan atom-
larini, hamda qo‘rg‘oshin va geliyga oid yangi atomlarning parchalanish
natijasiga hosil bo‘lgan miqdorini bilib olamiz. Bu bilan tog‘ jinslarining
hozirgi davri va ularning paydo bo‘lgan davri oralig‘idagi vaqtni aniqlab
olishimiz mumkin.
Bu fikr birinchi marta 1903-yilda Per Kuri tomonidan aytilgan bo‘lib,
hozir fanda tog‘ jinslari yoshini aniqlashda yana bir qator: argon, rubidiy-
stronsiy, uglerod (karbon) usullari mavjud. To‘rtlamchi davr tog‘ jinslari
yoshini aniqlashda ayniqsa, uglerod (karbon) usuli katta ahamiyat kasb
etadi, nainki, atmosferada C
14
 ning radioaktiv izotoplari mavjud bo‘lib,
uning yarim parchalanish davri 5568 yilga barobar. Bu izotop kosmik
nurlarning ta’siri natijasida vujudga keladi. Xuddi shu vaqt C
14
 izotopi
bilan reaksiyaga kirishmaydigan neytronlar ham hosil bo‘ladi. O‘sim-
liklarning hayot kechirishi jarayonida ularning tanasida ham radioaktiv
va radioaktiv bo‘lmagan uglerod bo‘lib, ularning miqdori (nisbati) o‘sim-
liklarning o‘sishi vaqti uchun o‘zgarmasdir. O‘simliklar «o‘lgach» undagi
radioaktiv uglerod parchalanish natijasida kamaya boradi. Shuning uchun
tog‘  jins  qatlamlari  orasida  ko‘milib  qolgan  o‘simlik  qoldiqlaridagi
radioaktiv uglerodning o‘zgargan miqdori, o‘zida o‘simlik tanasini saqla-
gan mazkur tog‘ jinslari yoshi to‘g‘risida fikr yuritishda birdan-bir manba
bo‘lib hisoblanadi. Chunki radioaktiv uglerodning yarim parchalanish
davrini bilishimiz tufayli, o‘simlik tirik vaqtidagi radioaktiv uglerodning
miqdorini u «o‘lgandan» keyin kamaygan radioaktiv uglerod miqdori
bilan solishtirish natijasida o‘simlikni o‘z bag‘rida saqlagan tog‘ jinsi-
ning yoshi aniqlanadi. Bu usul to‘rtlamchi jins yoshini aniqlash bilan
bir vaqtda arxeologik topilmalar yoshini aniqlashda ham asqatmoqda.
Masalan, Sezotris-IIIning qabridagi yog‘ochning yoshi 3621 yil, Misr-
dagi Ptolemeylar devoridagi qabrlardan topilgan yog‘och buyumlarning
yoshi 2190 yilligi shu usulda aniqlangan.


7 8
Radioaktiv  parchalanish  usuli  bilan  eng  qadimiy  tog‘  jinslarining
yoshi  aniqlanmoqda.  Jumladan,  olimlar  bu  usul  yordamida  Kavkaz
otqindi tog‘ jinslarining yoshi bir necha million yil ekanini, Kursk magnit
anamaliasining yoshi 1 milliard 950 million yil, Boltiq kristallik qalqoni
yoshi 1 milliard 800 million yildan 3 milliard 100 million yilga borishi,
Chotqol-Qurama  tog‘laridagi  ba’zi bir  otqindi  tog‘  jinslarining  yoshi
305 million yildan 316 million yilga borishi, Janubiy Afrikaning ba’zi
bir minerallarining yoshi 2,7 milliarddan 3,2 milliard yilga yetishi, Gren-
landiyadagi granit jinslarining yoshi 3 milliard 960 million yilga borishini
aniqlashgan.
A. Xolmsning  bergan  ma’lumotlariga  qaraganda,  yer  qobig‘ining
qotishi  3,4  milliard  yil  avval  boshlangan.  Meteoritlarning  yoshi  4,5
milliard yilni tashkil etadi.
Bu  yerda  yana  shuni  aytib  o‘tish  kerakki,  radiologik  uslublarning
har bir usulining o‘z qo‘llanish chegarasi bor. Jumladan: Uglerod C
14
usuli bilan 2000 yildan 30 000 yillar orasida paydo bo‘lgan tog‘ jinslari
yoshlari aniqlanadi. Kaliy-argon usuli 100 000 va undan katta, rubidiy-
stronsiy usuli 5 million yildan katta, uran-qo‘rg‘oshin usuli 200 million
va undan  katta yoshdagi tog‘  jinslari uchun,  uran 235 usuli  esa 1—4
milliard yoshga taalluqli minerallar va tog‘ jinslari uchun qo‘llaniladi.
Biz yuqorida keltirib o‘tgan usullar, so‘zsiz vaqt o‘tishi bilan kishi-
larning  dunyoni  bilish  to‘g‘risidagi  bilimlarining  mukammallashishi
natijasida yanada takomillasha boradi, tabiatning yangi, hozir noma’lum
bo‘lgan qonuniyatlarining ochilishi, yangi-yangi qurilmalarning paydo
bo‘lishi, tog‘ jinslarining hozir aniqlangan yoshini yanada aniqlashtirdi,
o‘zgartirishlar kiritadi, yangi ma’lumotlar bilan boyitadi.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish