Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

8.3. NAMUNA VA MONOLITLARNI
KONSERVATSIYA QILISH VA LABORATORIYA
TADQIQTOLARI UCHUN UZATISH
Tog‘ qazilmalari qazish jarayonida tog‘ jinslari qatlamlaridan olingan
namuna va monolitlarni tabiiy strukturasini, namligini saqlagan holda
laboratoriya tadqiqotlari o‘tkazish uchun uzatish katta ahamiyatga ega.
Chunki ana shu qatlamlar ustiga quriladigan imorat va inshootlarning
mustahkamligi, ko‘riladigan chora va tadbirlar eng avvalo laboratoriya
tadqiqot natijalariga bog‘liq.
Tog‘ jinslari qatlamlaridan olingan monolitlarni laboratoriyaga tabiiy
holatini saqlagan holatda uzatishning eng asosiy va ishonchli yo‘li —
bu monolitlarni zudlik bilan konservatsiyalash, ya’ni parafinlash usuli
hisoblanadi.  Monolitlarni  parafinlash  quyidagicha  amalga  oshiriladi.


1 4 7
Qazilmalardan monolit olingunga qadar monolit sig‘adigan hajmdagi
maxsus  idishlarda  parafin  60—70°C  da  suyultirilib  turiladi.  So‘ngra
olingan  monolit  tomonlari  tozalanib,  20½20  yoki  25½25,  30½30  sm
kattalikka keltirilib, suyultirilgan parafin singdirilgan doka bilan mustah-
kam  o‘raladi  va  monolitni  hamma  tomoni  qalin  qilib  parafinlanadi.
Parafinlangan  yuza  yaxshilab  tekislanib,  monolit  olingan  qatlamning
tepa tomoni deb belgilangan qismiga (monolit olinganda uning tepa va
pastki  qismi  strelka  bilan  belgilanib  qo‘yiladi)  oldin  yozib  tayyorlab
qo‘yilgan birinchi yorliq (qazilma pasporti) yopishtiriladi. Keyin monolit
parafin singdirilgan ikkinchi doka qavati bilan o‘raladi va yana parafinlab
chiqiladi. Parafin qavati tekislanib chiqilgach, monolit tomonlarining
biriga ikkinchi yorliq yopishtirilib qo‘yiladi. Yorliqqa qalam bilan quyi-
dagilar  yoziladi:  1)  qidiruv  ishlarini  olib  borayotgan  tashkilot  nomi;
2) qazilma qazilgan obyektning nomi; 3) qazilmaning turi va tartib raqa-
mi;  4)  monolitning  tartib  raqami;  5)  monolit  olingan  chuqurlik,  m;
6) gruntning dala sharoitida aniqlangan nomi; 7) monolitni olgan mu-
taxassisning familiyasi, lavozimi; 8) monolit olingan vaqt (kun, yil).
Olingan  namunalar  maxsus  xaltachalarga  solinadi.  Xaltachalarni
ichiga  ham  yuqoridagi  tartibda  to‘latilgan  yorliqlar  yozib  solinadi  va
yaxshilab bog‘lanib qo‘yiladi. Xaltachani ustki qismiga esa qisqa qilib
qazilmaning nomi, tartib raqami, olingan chuqirligi va tadqiqotni qaysi
turiga olinganligi hamda olingan vaqti yozib qo‘yiladi.
Qazilmalar  qazilishi  jarayonida  ochilgan  har  bir  qatlam  va  qatlar
maxsus yozuv jurnaliga birin-ketin yozib boriladi. Unda gruntning nomi,
namligi, qattiq-yumshoqligi, o‘simlik ildizlari bilan kesilganlik darajasi,
g‘ovakligi, grunt qatlamida uchrovchi ikkinchi boshqa tog‘ jinslarining
bo‘laklari mavjudligi, qatlamning qalinligi, olingan monolit va namuna-
larning tartib raqamlari, qazilmani qazilish va tugatilish vaqti, qazilma
qazilishi uchun javoblar mutaxassis shaxsning familiyasi ismi, lavozimi
va b. Agar qazilmalar qoya va yarim qoya tog‘ jinslari qatlamlarida olib
borilgan bo‘lsa, ularning nurash jarayoniga qay darajada berilganligi,
yuqoridan pastga qarab o‘zgarib borish holatlari, darzlar, yoriqlar mav-
judligi, har bir m
2
 dagi ularning miqdori, yo‘nalishi ko‘rsatilib boriladi.
Kuzatilgan  o‘zgarishlar  chizmalar,  sxemalar  holatida  tasvirlanib  ham
boriladi.
Qazilmalardan olingan va konservatsiya qilingan monolit, kern va
namunalar maxsus yashiklarga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan joylanadi.
Yashiklarga  joylangan  monolitlarning  atrofi  qipiq,  somon  va  boshqa
yumshoq materiallar bilan zich o‘rab qo‘yiladi. Chunki monolitlar yashik
yon devorlariga tegmasligi, lat yemasligi, yorilmasligi kerak, aks holda
ular ezilishi, tabiiy strukturasini, namligini yo‘qotishi mumkin. Bunday
monolitlarni laboratoriya tadqiqot ishlarida ishlatish qatiyan man etiladi.
Monolit, kern va namunalar laboratoriyalarga maxsus mashinalarda
keltirilib, o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tadqiqotlar uchun tuzilgan ro‘yxatlar


1 4 8
bilan qo‘shib topshiriladi. Ro‘yxat ikki nusxada tuzilgan bo‘lib, birinchi
nusxasi  laboratoriyada,  ikkinchi  nusxasi  topshirilganlik  belgisi  bilan
ma’sul javobgar shaxs qo‘lida qoladi.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish