Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Takrorlash  va  tekshirish  uchun  savollar



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Takrorlash  va  tekshirish  uchun  savollar
1. Eroziya jarayoni nima  va qanday vujudga keladi?  Uning zararli oqibatlari.
2. Eroziya  jarayoni  qanday  ko‘rinishlarda  sodir  bo‘ladi?
3. Eroziya  jarayonini  vujudga  keltiruvchi  sabalarni  sanab  bering.
4. Eroziya  jarayoniga  qarshi  ko‘riladigan qurish choralari  nimalardan  iborat?
7.7. SEL HODISASI
7.7.1.  SEL  HODISASI  TO‘G‘RISIDA  UMUMIY  TUSHUNCHA
Tog‘lik  hududlarda  yomg‘ir  yog‘ishi,  mavjud  qor  yotqiziqlarining
erishi natijasida hosil bo‘lgan suv oqimi tog‘ jinslari bo‘laklarini harakatga
keltiradi va pastga tomon oqizib tusha boshlaydi. Bunday suv oqimlari
jilg‘alardan, soychalardan chiqib, bir-birlari bilan qo‘shilishi natijasida
katta kuchga ega bo‘lgan yagona oqimni vujudga keltiradiki, bu oqim
adabiyotlarda sel nomi bilan mashhurdir. Sel massasining taxminan 50—
60  protsenti  har  xil  tosh  parchalaridan,  mineral  zarrachalardan,  tuz
eritmalaridan,  har  xil  o‘simlik  tanalaridan  tashkil  topgan  bo‘ladi  va
tog‘dan shiddat bilan tog‘ oldi rayoniga qarab harakat qiladi. Demak,
sel oqimi vujudga kelishi, shu rayonga tushadigan yog‘inning miqdoriga,
uning yog‘ish tezligiga, tog‘ yonbag‘irlarida yig‘ilgan nurash jinslarining
ko‘p-ozligiga bog‘liq. Shu bilan birga sel hodisasini vujudga kelishida
va rivojlanishida tog‘ yonbag‘irlarining daryo vodiysiga nisbatan haddan
tashqari  tik,  nishabligi  (tikligi  0,1°  dan  kam  bo‘lmasligi)  hamda  tog‘
yonbag‘irlarining o‘simlik dunyosiga kambag‘al bo‘lishi asosiy sababdir.
Chunki tog‘ yonbag‘irlari qanchalik tik, o‘simlik dunyosiga kambag‘al
bo‘lsa, tushgan yog‘in shuncha kam ushlanib qoladi, paydo bo‘lgan suv


1 3 3
oqimining tezligi va yemirish kuchi shuncha katta bo‘ladi (Mavlonov,
Islomov, Shermatov, 1970).
Sel asosan bahor faslida, yozning dastlabki kunlarida sodir bo‘ladi.
Buning sababi, birinchidan, bahor faslida yog‘inning asosiy qismi issiq
yomg‘ir holatida tushishi, ikkinchidan, qishi bilan yig‘ilgan qor massa-
sining  tezlik  bilan  erishi,  uchinchidan,  tog‘  yonbag‘irlaridagi,  turli
qalinlikdagi (0,25 dan 60—70  m) deluvial, eluvial-deluvial lyossimon
tog‘ jinslarining ivishi, cho‘kishi natijasida daryo vodiysi tomon surilib
tushishidir.
Sel  hodisasi  Yer  sharining  hamma  tog‘liq  rayonlariga  xos  hodisa
bo‘lib, ayniqsa, Amerika qit’asida, Italiya, Avstriya, Shveysariyada, Qrim,
Karpat,  Baykal,  Ural  tog‘i  hududida,  Kavkazda  ko‘p  bo‘lib  turadi.
Markaziy Osiyoda, jumladan, Qirg‘izistonning Issiqko‘l rayonida, O‘zbe-
kistonning Farg‘ona vodiysida, Chirchiq daryosining irmoqlari hisoblan-
gan Parkentsoy, Oqsoqotasoy vodiysida, Ohangaron daryosi vodiysida
tez-tez yuz berib turadi.
F. K. Kocherganing ma’lumotiga ko‘ra, faqat Fag‘ona vodiysining
o‘zida 270 ta sel hodisasi vujudga keladigan daryo havzalari mavjud.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish