4.4. METAMORFIK TOG‘ JINSLARI
4.4.1. METAMORFIK TOG‘ JINSLARI TO‘G‘RISIDA
UMUMIY TUSHUNCHA
Metamorfik tog‘ jinslari magmatik (intuziv, vulkonogen) va cho‘kindi
tog‘ jinslarini yuqori bosim, yuqori harorat ostida siqilishi, harakatga
kelishi, o‘zgarishi, kimyoviy suyuq eritma va gazlarning ana shu jinslar
7 0
g‘ovaklari, qatlamlari, yoriqlari bo‘ylab sizib o‘tishi jarayonida paydo
bo‘ladi. Bu jarayonlar kompleksi geologiya fanida metorfizm
1
jarayoni
deb yuritiladi.
Metamorfizm jarayoni natijasida magmatik cho‘kindi tog‘ jinslari
o‘zlarining avvalgi struktura va teksturalarini, ba’zan mineralogik, kim-
yoviy tarkibini, fizik-mexanik xossa va xususiyatlarini o‘zgartirishi,
butunlay yangi struktura, teksturaga, yangi mineralogik, kimyoviy tarkib-
ga, fizik-mexanik xossa va xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bu jarayon natija-
sida avvalgi tog‘ jinslarini tashkil qilib turgan minerallardan tashqari
butunlay yangi minerallar ham (disten, stravrolit, sillimonit, grantlar,
epidot guruhiga kiruvchi minerallar, termolit, aktinolit, talk, grafit va
b.) paydo bo‘lishi mumkin.
Metamorfik tog‘ jinslarini, ularning o‘ziga xos mineralogik tarkibini,
fizik-mexanik xossa va xususiyatlarining paydo bo‘lishida metamorfizm
jarayoni turlicha ko‘rinishda yuz berishi mumkin. Shuning uchun ham
bu jarayon ta’sir doirasiga qarab kataklastik, termal hamda dinamotermal
metamorfizm jarayonlariga ajratiladi (Sergeev va boshqalar, 1973).
Kataklastik
2
(dinamometamorfizm) yoki mexanik metamorfizm
jarayonida yer qobig‘i qatlamlarining yuqorigi qismida magmatik, cho‘-
kindi tog‘ jinslarining tektonik yoriqlar bo‘ylab harakatga kelish hodisasi
yuz beradi. Metamorfizm bu turi sodir bo‘lganda, harorat deyarli yuqori
bo‘lmay, bosim asosan, bir tomonlama ta’sir qiladi. Tog‘ jinslarini tashkil
qilib turuvchi mineral zarralar bo‘ylab qo‘shimcha ikkinchi darajali
yoriqlar vujudga keladi. Natijada ana shu mineral zarralar bir-birlariga
nisbatan harakatga kelib, surilib yanchilib, maydalanib chaqiq toshlarga
ajraladi. Shuning uchun ham bu metamorfizm magmatik tog‘ jinslari,
ularni tashkil qilib turuvchi mineral zarralar maydalansa, o‘zgarsa ham
qayta kristallanish jarayoni yuz bermasligi yoki juda kam miqdorda yuz
berishi mumkin. Ammo cho‘kindi tog‘ jinslarida qayta kristallanish,
yangi minerallar hosil bo‘lish hodisasi yuz beradi. Bunga asosiy sabab,
cho‘kindi tog‘ jinslarida kolloid massasining ko‘pligidadir.
Masalan, kaolinli gil jinslarining shu metamorfizm jarayoni natijasida
ajralgan issiqlik harorati natijasida yangi minerallar kvars va andaluzit-
larni hosil qilishi mumkin:
4
8
11
Al (OH) [SiO ]
issiqlik
kaolinit
energiya
2Al
2
SiO
5
+ SiO
2
+ 4H
2
O.
Andaluzit
kvars
suv
1
Metamorfizm so‘zi grekcha «metomorpho» so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zgaraman
ma’nosini anglatadi.
2
Kataklas so‘zi grekcha «katoklaso» so‘zidan olingan bo‘lib, maydalayman ma’nosini
anglatadi.
7 1
Do'stlaringiz bilan baham: |