Opok, trepel va diotomitlar suv hayvonlari diotom, radiolar va
boshqalarning skeletlarini, ammorf kremnezem mahsulot massalarining
cho‘kishi va ularning turli biokimyoviy yo‘llar bilan o‘zgarishi jarayonida
hosil bo‘ladi. Diotom va trepellar opokka qaraganda g‘ovak hamda
yengilligi bilan ajraladi. Shuni aytish kerakki, kimyoviy va biokimyoviy
yo‘llar bilan hosil bo‘lgan cho‘kindi tog‘ jinslari boshqa cho‘kindi tog‘
jinslariga nisbatan kam tarqalganliklari bilan xarakterlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |