Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Takrorlash  va  tekshirish  uchun  savollar



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Takrorlash  va  tekshirish  uchun  savollar
1. Qor  ko‘chkisi  qanday,  qayerlarda  vujudga  keladi?
2. Qor  ko‘chkisi  o‘zining  vujudga  kelish  sharoitiga  qarab  qaysi  xillarga
bo‘linadi?
3. Qor ko‘chkisi hodisasining oqibatlari va undan saqlanish chora va tadbirlari
to‘g‘risida  gapirib  bering.
7.4. CHO‘KISH HODISASI
7.4.1.  CHO‘KISH  HODISASI  TO‘G‘RISIDA
UMUMIY  TUSHUNCHA
Cho‘kish hodisasi asosan lyoss va lyossimon (sog‘ tuproq) tog‘ jins-
lari ko‘p tarqalgan hududlarda ma’lum qalinlikdagi lyoss va lyossimon
jinslarning  tabiiy  va  sun’iy  namlanishi  jarayonida  o‘z  og‘irligi  ostida
g‘ovaklarining kamaytirishi hisobiga siqilishi va cho‘kishi natijasida sodir
bo‘ladi.
Cho‘kish  hodisasi  tabiiy  va  texnogen  (odamlarning  xo‘jalik  va
injenerlik faoliyatlari) omillar ta’siri natijasida vujudga keladi, rivojlanadi
va sodir bo‘ladi. Tabiiy omillar asosan quyidagilardan iborat:
1. Aynan lyoss jinslariga xos bo‘lgan tarkib va xususiyatlar — qaysi
genetik guruhga mansubligi, yoshi, qalinligi, yotish va tarqalish holati,
namligi, zichligi, g‘ovakligi, tarkibidagi kolloid dispers mineral zarracha-
larning (0,001 mm dan kichik) miqdori va turi, suvda eruvchan tuzlar-
ning mavjudligi va h.k.
2. Lyoss jinslari  tarqalgan hududning yer osti  tuzilishi — qiyaligi,
baland-pastligi, ekspozitsiyasi va h.k.
3. Yer usti va osti suvlari, ularning ko‘p yillik, fasllar mobaynidagi
rejimi, tarkibi va h.k.


1 1 9
4.Ob-havo sharoiti — yog‘in, uning turlari, harorat.
5. Lyoss jinslari tarqalgan hududning tektonik, seysmotektonik holati
va  h.k.
6. Lyoss qatlamlari ostki qismida va oralig‘ida suv o‘tkazadigan va
suv o‘tkazmaydigan jinslarning mavjudligi.
Cho‘kish jarayonini vujudga keltiruvchi va tezlashtiruvchi texnogen
omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
1.  Lyossli  hududlarda  bunyod  etilgan  suv  omborlari,  kanallar  va
sug‘orish shoxobchalaridan lyoss jinslari qatlamlariga suvning sizib o‘tishi
jarayonida namlanishi.
2.  Suv  quvurlari,  kanalizatsiya  shoxobchalarining  ishdan  chiqishi
oqibatida lyoss jinslari qatlamlarining tabiiy namligining oshishi.
3. Tabiiy suv shoxobchalari (daryolar, buloqlar va h.k.) yo‘llarining
to‘silishi natijasida, ekin maydonlarining sug‘orilishi jarayonida yer osti
suvlari sathining ko‘tarilishi.
4. Imorat, inshoot atroflari, yo‘l trassalari suv bilan qoplanishi natija-
sida lyoss jinslari qatlamlaridagi tabiiy namlikning o‘zgarishi.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish