qurilmalaridan ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida foydalanish avj olib ketdi. Masalan, XVIII asrning oxirlarida Rossiyada gidrokuch qurilmalari bilanishlaydigan zavodlarning soni 3000 donadan oshib ketgan. Gidrokuch qurilmalari suv g‘ildiraklari shaklida bajarilib, undan hosil bo‘ladigan mexanik kuch harakatga keltiriladigan mashinalarga tasmalar, keyinchalik tishli uzatmalar orqali uzatilgan. Ularda kamchiliklar juda ko‘p bo‘lgan: quvvati kichik, konstruksiyasi juda katta, foydali ish koeffitsienti juda kichik bo‘lgan. Eng asosiysi, ulardan foydalanadigan korxonalar suv manbalari qirg‘oqlariga qurilgan va manbadagi suvning sathi hamda sarfiga bog‘liq bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |