Nonormal rejimlar
Nonormal rejimlar deb tok kuchi, kuchlanish va chastota qiymatlarini
chegaradan chiqib ketishi yoki qurilma va elektr tizimining turg’un ishlashiga xavf
tug’ilishiga aytiladi.
Harakterli nonormal rejimlar:
a) Qurilmaning oʻta yuklanishi, ya’ni tokning normadan juda oshib ketishi;
b) Chastotaning pasayishi, ya’ni generator quvvatini yetishmasligi, bu hol
odatda bir qism generatorlarning birdaniga oʻchishi bilan bog’liq.
Chastotaning chuqur pasayishi (45-47 Gs.gacha) og’ir avariya holati
hisoblanib, energetik tizim ishlashining toʻliq toʻxtashiga olib keladi.
v) Kuchlanish oshishi, ya’ni generatorning yuklarini birdaniga oʻchirilishi
natijasi. Yuki yengillashgan generator tezroq aylanadi va bunda statorning
E.Yu.K.si izolyatsiyani teshish darajasidagi qiymatiga etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |