Elektr energetik tizim
deb energetik tizimning elektr qismiga va undan
ta’minlanuvchi, elektroenergiyani ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol
qilish umumiy jarayonlari bilan bog’langan elektroenergiya qabul qiluvchilarga
aytiladi.
Elektr ta’minoti tizimi
deb iste’molchilarni elektr energiya bilan ta’minlab berish
uchun moʻljallangan elektr qurilmalar majmuiga aytiladi.
Elektr tarmog’i
deb ma’lum bir hududda ishlovchi podstansiyalar, taksimlovchi
qurilmalar, havo va kabel elektr uzatuv liniyalaridan tashkil topgan,
elektroenergiyani uzatish va taqsimlash uchun moʻljallangan elektr qurilmalar
majmuiga aytiladi.
Elektr energiya
qabul qiluvchisi deb elektr energiyasini boshqa turdagi energiyaga
aylantiruvchi apparat, agregat, mexanizmga aytiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |