IV.3. KO’LLAR GIDROBIOSENOZLARINING TASNIFI
Ko’llarda suv har xil haroratga ega bo’ladi, ya’ni uncha chuqur bo’lmagan ko’llar suvini
qatlamlari yaxshi isiydi. Chuqur ko’llarning yuza qatlami iliq pastki qatlamlarda yaxshi isiydi.
Chuqur ko’llarning yuza qatlamlari yaxshi isiydi. Chuqur ko’llarning yuza qatlami iliq, pastki
qatlamlarda suv sovuq, past haroratli bo’ladi. Masalan, katta (230 m) chuqurlikdagi ladoga ko’lini
yuza qatlamida iyul oyida suvning harorati 18-20º ga ko’tarilsa 70-90 m chuqurlikda 4-5º ni tashkil
qiladi. Tyanshan yuqori tog’ mintaqalarida mayda ko’llarda suvning tungi harorati 1-3º ertalab
suvning yuza qatlami muzlaydi, kun o’rtalareida esa suv harorati 10º ga hattoki 15º gacha
ko’tariladi. Masalan, 1945-1980-yillar ichida yuqori tog’ mintaqasida joylashgan Yashilko’ol
suvining o’rtacha harorati 16,3º eng yuqori ko’rsatkichi 20º eng pastki ijobiy harorati 12,4º ga
Sarez ko’li suvining ko’p yillik o’rtacha harorati 17,3º, eng yuqori darajasi 13,6º, pastki
harorat 15,3º, Qorako’l suvining o’rtacha harorati 15,7º, eng yuqori darajasi (ko’l chetlarida) 20,7º,
Iskandarko’lda aprel oyida 2-5,6º, iyun-iyulda -9-13º (14,5º) ga yetadi.
Ko’llarning sayoz joylarida suv haroratini o’zgarishi 0,4-0,3º atrofida bo’lsa ko’l yoqasi
bilan ko’lning markaziy qismlaridagi suv haroratining farqi 5ºS ga yetadi. Undan tashqari suv
yuzasi bilan bir oz chuqurlikda (20-35 m) haroratni sezlarli farqi (10-15º) kuzatiladi.
Ma’lumki, ko’llar suvining harorati asta-sekin paayadi, 1 m chuqurlikda haroratning
o’zgarishi 0,5-1º atrofida bo’lsa, ayrim hollarda 3-5º gacha pasayishi mumkin. Suv haroratini keskin
o’zgarish zonasiga o’zagrish qatlami (termoklin) deyiladi. Undan yuqori (kunduzgi isish va tungi
sovish) qatlami epilimnion, haroratli kunlik o’zgaruvchi qatlami deb aytiladi. Pastki doimiy
haroratli qatlamga gipoliminion zona deyiladi.
Ko’llarda suv qatlamrlari bo’yicha aralashib gidrobiontlarning hayot jarayonlari uchun katta
ahamiyatga agadir. Shamol ta’sirida yuzagag kelgan suv to’lqinlari yordamida suvning yuza
qatlamining pastki qatlamlari bilan aralashib, suv haroratini tenglashishiga gomotermiya deb
ataladi.
Yozda suving yuza qatlami issiq bo’ladi, kuzning yaqinlashishi bilan esa suvning sovishi va
uning pastga tushishi kuzatiladi, natijada epiliminion va gipoliminion qatlamlarning harorati
tenglashadi. Bu kuzgi gomotermiya suv yuzasini muzlashigacha bo’lgan davrda kuzatiladi.
Qishni yaqinlashishi bilan suv yuzasining sovishi tezlashadi. Sovuq va zich suv qatlami
pastga tusha boshlaydi. Suv harorati “0” ga yetganda suv yuzasini muz qoplaydi. Suvning muzlashi
ko’l chetlaridan boshlanadi va ichkariga, ko’lni ochiq tomoniga qarab boradi va ko’lning markazi
muzlaydi.
Ko’l yuzasini muzdan ochilishi va suv haroratini 4ºS ga o’tish davri tog’ mintaqalaridagi
ko’llarda 20-10 kun davom etdi tekislik mintqalaridagi ko’llarda 20-10 kun ichida kuzatiladi.
38
Chuqur ko’llarda (70-80 m dan pastda) suv aralashadi, suvning tubida harorat 7-8º va doimiy
Do'stlaringiz bilan baham: |