Gidroekologiya


Oqava  suvlarni tozalash  uchun ishlatiladigan tindirgichlar



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/124
Sana31.07.2021
Hajmi0,73 Mb.
#133775
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   124
Bog'liq
gidroekologiya

 
Oqava  suvlarni tozalash  uchun ishlatiladigan tindirgichlar 
 
  Oqava  suvlarni tindirishdan asosiy maqsad undagi osilma moddalarni ushlab qolish va 
cho’kma hosil qilishdir. 
Cho’kma xo’jalik chiqindi suvlarini tindirish yo’li bilan ajratib olinadi.Cho’kmalar nordon 
reaksiya beruvchi, tez chiriydigan,  noxush hid tarqatadigan moddadir. U o’z tarkibida ko’p 
miqdorda patogen kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar va gelmint tuxumlarini ushlaydi. 
O’simlik va hayvonlarning organik moddalari yangi cho’kmalarda o’zining hujayra 
tuzilishini saqlaydi va namlikni ushlaydi, shuning uchun ham cho’kmaning qurishiga halal beradi. 
Sanitariya xodimlarining vazifasi chiqindi suv tarkibidagi cho’kmani zararsiz holatga 
keltirish bo’lib qoldi. Cho’kmada achish jarayonining bo’lishi uning salbiy xususiyatlari 
yo’qolishiga sabab bo’ladi. Bunda uning colloid tuzilishi parchalanadi, namligi yo’qolib, hajmi 
ancha kamayadi, noxush hidlar ham kamayadi. Nordon reaksiya ishqorli reaksiyaga o’tadi, patogen 
mikroorganizmlar va gelmint tuxumlari o’ladi.  
Sanitariya xodimlarining vazifasi cho’kmaning achishi uchun sharoit yaratishdir. 
Chiqindi suvlarni tindirishga mo’ljallangan hovuzlar ikki guruhga bo’linadi: 
•  faqat osilma moddalarni tindirishga mo’ljallangan tindirgichlar; 
•  osilma moddalarni ushlashga va cho’kmani qayta ishlashga mo’ljallangan tindirgichlar. 
Birinchi guruhga gorizontal, tik, radial tindirgichlarni kiritish mumkin. Bularning hammasi 
ish jarayonini pasaytirib, undagi osilma moddalarni cho’ktiradi. 
Gorizontal tindirgichlarning tagi qiya bo’lib, bir tomoni chuqurroq qilib quriladi, chunki 
suvdagi cho’kmalar qiya tomonga qarab harakatlanadi. Cho’kma bo’shliqda yig’ilganda suv 
harakati natijasida loyqalanib ketmaydi. Tindirgichning chuqurligi 1,5-2 metr, unda suv harakati 
sekundiga 7 mm.ga pasayadi. 
Tik tindirgichlar. Bu tindirgichlar konus shaklida tuzilgan bo’lib, chiqindi suvlar unga 
markaziy qaytargichli trubalardan kirib, tindirgichni to’ldiradi. Qaytargichlarning asosiy vazifasi 
suv harakati tezligini pasaytirish, suv harakatini hamma tomonga tindirgich kengligi bo’ylab 
tarqatishdir. Suv harakati tezligi sekundiga 0,7 mm.ga teng. Tindirgichning chuqurligi 7-9 metr 
bo’lib, eni 10 metr. Ikkala tindirgichda ham suvning tindirilish vaqti 1,5 soatga teng. 
Cho’kmalar trubalar orqali chiqariladi. Trubalar tindirgichning tag tomoniga  o’rnatilgan 
bo’lib, nasos bilan yoki suyuqlik ostidagi bosim ta’sirida tortib olinadi, cho’kma esa trubalar 
yordamida metantenk inshootiga yuboriladi. 
Radial tindirgichlar chiqindi suvlar hajmi sutkasiga 20000 m
3
.ga yetganda tavsiya qilinadi. 
Bunday tindirgichlar suv tarkibida osilma moddalar ko’payganda uni cho’ktirishga mo’ljallangan. 
Radial tindirgichlar doira shaklida bo’lib, tag tomoni markazga qiya qilib qurilgan. U diametri 16-
40 metr, chuqurligi o’rtacha 2-2,5 metr bo’lgan hovuz. Cho’kmalar markazga qarab kuraklar bilan 
quriladi va moslamalar yordamida nasos bilan tortib olinadi. Suvning harakat tezligi sekundiga 7 
mm.ga teng, suvning tindirgichda bo’lish vaqti 1,5 soat. 
Ikkinchi guruhdagi tindirgichlarga septik va ikki yarusli tindirgichlar kiradi.  Bunday 
tindirgichlarda cho’kmalarning achish jarayoni oxiriga yetadi, chunki u katta hajmli bo’ladi. Ikkala 
tindirgichda osilma moddalarning cho’kishi gorizontal tindirgichlarnikiga o’xshash bo’ladi, lekin 
tindirgichlarning tuzilishi, qurilishi unda achish jarayonining borishi turlicha. 

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish