65
muallaq holda bo’lishiga imkon bermaydi. Ikkinchi tomondan bu holatga suvning yuqori
darajada sho’rligi ham sababdir.
• Zovur va kollektorda keng tarqalgan qamish, ko’lqamish, yakan kabilar bilan suvga botib
o’suvchi nayada g’ichchak turlari shohbarg m iriofillum suv yaproq kabi turlar qatroida
suvotlardan kladoflora enteromorfa, vosheriya, spirogyra xara turkumlarining vakillari
ko’plab o’sadi.
• O’rganilgan zovur va kollektorlarda gulli o’simliklar va suvo’tlarning tubandagi ekologik
guruhlari gidrosenozlarini ajratish mumkin, ya’ni a) suv qatlamida erkin rivojlanuvchi
plankton organizmlar; b) gulli o’simliklar poyasi va ipsimon suvo’tlar toshlari ustida
o’suvchi epifit organizmlar; v) turli narsalar (beton, truba, tosh) ustida o’suvchi epifit
organizmlar; d) suvga botgan va suv tubiga birikkan turlar; e) suv yuzasida qalqib suzish va
o’sishga moslashgan osimliklar (ryaska, salviniya, volfiya) j) barglari suv yuzasida tanalari
suv ichida va tubga birikkan o’simliklar (g’ichchaklar, nayada); z) suvga yarim botib
o’suvchi suv chetlarining o’simliklari (qamish, qo’g’a, ko’lqamish) i) suv havzalari
atrofdagi o’simliklar.
Ushbu ekologik gidrosenozlarni ko’pchilik sun’iy suv havzalar va tekislik mintaqasida
uchraydigan ko’llarda kuzatish mumkin.
• Ayrim suv havzalarida kladofora g’ichchaklar, kladofora spirogyra g’ichchaklar,
entermorfa g’ichchaklar, suvo’tlar g’ichchaklar-suv yaprog’i, suvo’tlar-miriofillium-
shohbarg, suvo’tlar-miriofillum-nayada-xara, qamish-qo’g’a-yakan-ko’l-qamish kabi
o’simliklarni ekologik gidrosenozlarini ham ajratish mumkin.
• Zovur va kollektorlarni o’t bosishida yuqorida nomlari qayd qilingan gulli o’simliklar va
suvo’tlarining vakillari aktiv ishtrok etadilar. Zovurlarni o’t bosganida ularda suv oqishi
sekinlashadi suvning sathi ko’tariladi. Atrofdagi yerlarda yer osti sizot suvlarining sathi
ko’tariladi. Tuproqning sho’rlanishi yuzaga keladi, bu holat o’z novbatida qishloq xo’jalik
ekinlarining hosilini pasayishiga olib keladi.
• Zovur va kollektorning o’t bosishidan qutulishning birdan- bir to’g’ri yo’li bu zovurlarning
mexanik yo’l bilan o’simliklar ularning qoldiqlari va loyqadan tozalashdir. Zovurlardan
ekskavatorlar yordamida chiqarilgan organik birikmalarga (o’simlik va hayvonlar qoldiqlari)
chirindilarga boy qoldiqni ekin maydonlarida o’g’it sifatida ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Zovurlarni o’t bosishiga ayniqsa suvo’tlar va suvga botib o’suvchi gulli o’simliklarni
o’sishiga qarshi bahor va yozni boshlanishida loyqa suv yuborib turish ularni o’sishini va o’t
bosishini pasaytiradi.
Suv havzalarini o’t bosishiga qarshi kimyoviy uslubni qo’llash keraksiz, moliyaviy
qimmatga tushsa ikkinchi tomondan atrof- muhitni zaharlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: