30
IV. KO’LLARNING GIDROLOGIYASI VA GIDROKIMYOSI
Ko’l deganda, ko’z o’ngimizda suv bilan to’lgan tabiiy botiqlarni keltiramiz. Yer yuzasidagi
hamma ko’llarning umumiy maydoni 1,8%ni tashkil qiladi. Ko’llarga quyidagicha ta’rif berish
mumkin: ko’llar – bu ma’lum bir chuqurlikka joylashgan, suvi oqib chiqib ketmaydigan, chetlari
tutashgan, berk suv havzasidir. Lekin, ko’pchilik ko’llarning suvlari daryo orqali dengizga quyiladi.
Ular qurg’oqchil, tekislik mintaqalarida joylashgan ko’llar ham berk (masalan, Orol, Sariqamish,
Tuzkon, Aydar), suvi oqib chiqmaydi. Ko’llar dengizlardan olisda joylashgan Yer yuzaidagi
botiqliklarni to’ldirgan suv havzalaridir. Bu botiqlar basseynlar deb ataladi.
Ko’llar suvning past joylarida oqib to’planishi natijasida hosil bo’ladi. ko’llar suvining
asosiy qismini yomg’ir va erigan qor uvlari tashkil etadi. Suv basseynga jilg’alar katta-kichik
daryolarning quyilishi sizib chiqadigan buloqlar va yer osti suvlaridan hosil bo’ladi.
Ko’l basseynlari bir necha usul yordamida vujudga keladi. Ayrim ko’llar Yer po’stlog’ining
shikastlanishi va darz ketishi natijasidir. Shimoliy Amerikadagi Yuqori Ko’l shu tariqa paydo
bo’lgan.
Ba’zan ko’llar vulqonlar yordamida vujudga keladi. Lava oqimi suvning vodiyga yo’lini
to’sib qo’yishi va basseyn hosil qilishi mumkin. Ba’zida so’nib qolgan vulqon krateriga suv to’lib
qoladi. Oregon shatatining junabiy qismidgai krater ko’li shunday bunyodga kelgan. Ko’pgina
ko’llar muzliklar eroziyasi (erishi) tufayli hosil bo’lgan basseynlarni egallba yotibdi. Knadadadgi
Yuqori ko’l, va Vinnepeng ko’lidan tashqari barcha ko’llar muzliklardan hosil bo’lgan.
Sohil bo’ylarida to’lqinlar va qirg’oqbo’yi oqimlari ensiz dengiz ko’rfalarini dengizdan
to’sib qo’yadi hamda daryo etagi va ko’rfazlardan ko’l hosil qiladi. Ba’zan daryoning bosh oqimi
toshqin paytida tuproq va balchiqni yig’ib, o’ziga vodiy hosil qiladi. Natijada irmoqlar vodiysi
to’lishidan ko’llar paydo bo’ladi.
Tuproq ostidagi ohaktosh bo’lgan joylarni suv eritib yuvib ketadi. Oqibatda ko’llar basseyni
uchun katta joy ochiladi. Florida shtatida bunday ko’llar anchagina
Ko’llar sun’iy ravishda ham hosil bo’lishi mumkin. Agar daryoning yo’li damba bilan
to’silsa, u suv oqimini bo’gib qo’yadi va ko’l hosil bo’ladi. Bunday ko’llarga O’zbekistondagi
ko’plab suv omborlarini misol qilib keltirish mumkin. Mid ko’li Koloroda daryosiga Guver
dumbasi qurish natijasida vujudga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: