Gidravlika. Issiqlik texnikasi fanidan qarshiyeva norxolning 10-variant 2-oraliq nazorat ishi



Download 405,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana29.12.2021
Hajmi405,42 Kb.
#84904
  1   2   3   4   5
Bog'liq
GIDRAVLIKA 2-ORALIQ NORXOL



O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY 

VA O'RTA MAXSUS 

TA'LIM VAZIRLIGI 

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI 

320- GURUH MEHNAT TA’LIM 

YO'NALISHI 

3-KURS TALABASI 

Gidravlika.Issiqlik texnikasi fanidan 

   

QARSHIYEVA NORXOLNING 

10-VARIANT 

 

2-ORALIQ NAZORAT       



ISHI 

 

 



                                                                                         

Topshirdi : N.Qarshiyeva 

                                                                                                                 Qabul qildi: Sh.Tursunov 

 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

 

 



 

 

Reja: 



 

1. Issiqlik kuch qurilmalari. 

 2.Issiqlik kuch qurilmalariga tariff bering.  

3.Qozon qurilmalari tuzilishi va ishlash tartibini o’rganish 

 

4.Foydalanilgan adabiyotlar 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

 

Issiqlik  kuch qurilmalari

  -  issiq  lik  olish, taqsimlash, tashish, undan xoʻjalik va 

roʻzgʻorning turli tarmoqlarida foydalanish bilan shugʻullanadigan texnika tarmogʻi; 

yoqilgʻining  kimyoviy  energiyasini  issiklik,  mexanik,  elektr  energiyasiga 

aylantirishning  asosiy  qonuniyatlarini,  shuningdek,  energetika  qurilmalarida 

ishlatiladigan  ish  jismlarining  xossalarini,  I.  t.  qurilmalarining  ishlash  tarzini  va 

ularni  qurishni  oʻrganish  bilan  shugʻullanadigan  fan.  Termodinamika,  issiklik 

uzatish,  yonish  nazariyalari  I.  t.  ning  nazariy  asoslari  hisoblanadi.  I.  t.  da  tabiiy 

organik  yoqilgʻi  asosiy  issiklik  manbai  boʻlib  xizmat  qiladi.  Bulardan  tashqari, 

yadro  yoqilgʻisi,  quyosh  energiyasidan  (qarang 

Geliotexnika

Geliokurilma  ham 



foydalaniladi

.  Shuningdek,  ikkilamchi  issiklik  resurslaridan  (mas,  metallurgiya 

pechlarining gazlaridan), elektr energiyasini boshqa turdagi energiyaga aylantirish 

natijasida  hosil  boʻladigan  issiqlikdan  (qarang 

Joul-Lens  qonuni

)  foydalaniladi. 

Issiklikdan foydalanish usuli boʻyicha I. t. ning asosiy yoʻnalishlari — issiklikdan 

foydalanish va issiklik energetikasiga boʻlinadi. Issiqlikdan foydalanish da issiqlik 

boshqa  turdagi  energiyaga  aylantirilmay  isteʼmol  qilinadi;  metallurgiya,  kimyo, 

oziq-ovqat sanoatlarida, neftni qayta ishlashda va ishi issiklikni keltirish hamda olib 

ketishga, jismlar orasida issiklik almashinishiga asoslangan apparatlar, mashinalar 

va  qurilmalar  qoʻllaniladigan  xoʻjalikning  boshqa  tarmoklarda  katta  ahami-yatga 

ega. Issiqlik energetikasi issiqlikni mexanik energiyaga (issiqlik dvigatelya apuna), 

elektr energiyasiga (magnitogidrodinamik generatorlar, termoelektr generatorlarda) 

aylantirish  b-n,  shuningdek,  hosil  qilingan  mexanik  energiyani  boshka  turdagi 

energiyaga  aylantirish  bilan  bogʻliq.  Issiqlik  energiyasini  mexanik  energiyaga 

aylantiradigan  qurilmalar  bilan  birga  ishlatiladigan  issikdik-kuch  kurilmalari 

stansiyalar deb ataladi (mas, kompressor stansiyasi, nasos stansiyasi, elektr stansiya 

va  b.).  Issiklikdan  texnologik  va  maishiy  maq-sadlarda  foydalanish  turli  isitish, 

issiklik bilan taʼminlash tizimlari yordamida amalga oshiriladi. I. t. da sunʼiy sovuq 

hosil qilish texnikasi ham muhim oʻrin tutadi (qarang 

Sovitish texnikasi

). 

issiklik  texnikasi  tarmogʻi;  issiklikni,  asosan,  mexanik  va  elektr  energiyasiga 



aylantirishga  asoslangan  energetika.  Issiqlikni  mexanik  energiyaga  aylantirishda 

asosiy qismi issiklik dvigatelitsan iborat boʻlgan issiklik qurilmalari qoʻllaniladi. Bu 

qurilmalarda hosil qilingan mexanik energiya turli xil ish mashinalari (metall kesish 

stanoklari,  konveyerlar  va  b.)  ni  yoki  elektr  energiyasi  ishlab  chiqaruvchi  elektr 

mexanik  ge-neratorlarni  ishga  tushiradi.  Issiqlikni  elektr-mexanik  generatorlarsiz 

ham,  yaʼni  energiyani  toʻgʻridantoʻgʻri  aylantirish  kurilmalarida,  mas,  mag-

nitoelektrodinamik  generatorlar,  ter-moelektr  generatorlar  va  b.  da  ham  elektr 

energiyasiga  aylantirish  mumkin.  Zamonaviy  I.  e.  ning  asosi  umumiy  elektr 

energiyasi  miqdorining  koʻp  qismini  ishlab  chiqaruvchi  muqim  (statsionar)  bugʻ 

turbinali issiklik elektr stansiyasi hisoblanadi. Magis-tral gaz kuvurlarini energiya 

bilan taʼminlash va tigʻiz payt (pik) nagruzkalarni qoplash uchun gaz turbinali elektr 

stansiyalari  ishlatiladi.  Asosiy  elektr  bilan  taʼminlanish  manbalari,  yaʼni 

kondensatsion  elektr  stansiyalarilan  tashkari  issiklik  elektr  markazi,  atom  elektr 

stansiyasi  ham  bor. Elektr  energiyasini  ishlab  chiqarishda  issiklikning  solishtirma 

sarfini  taxminan  5%  ga  kamaytirishga  imkon  beradigan  bugʻ-gaz  turbinali 

kurilmalar  keng  ishlatilmoqda.  Quvvatli  elektr  stansiyalar  uchun  tarkibida 




magnitogidrodinamik  generatorlar  boʻlgan  va  odatdagi  bugʻ-gaz  turbinali 

stansiyalar  bilan  birgalikda  ishlatiladigan  kuril-malar  ishlab  chiqilmoqda.  Elektr 

uzatish  liniyasidan  uzoqda  joylashgan  xududlarda  dizel  elektr  stansiyalaridan 

foydalaniladi.  Muqim  qurilmalardan  tashqari  transport  mashinalari  (teplovoz, 

avtomobil va b.) ga oʻrnatiladigan issiklik kurilmalari — mas, porshenli ichki yonuv 

dvigateli  bor.  Uchish  apparatlariga  porshenli  aviatsiya  dvigatellari,  reaktiv  dviga-

tellar va b. oʻrnatiladi. 

I. e., asosan, 17-asr boshlarida paydo boʻlgan. Bugʻ dvigatellari, issiqlik dvigatellari 

va  dizellarning  paydo  boʻlishi  I.  e.  ning  jadal  rivojlanishiga  asos  boʻldi.  Hozirgi 

vaqtda dunyo energetikasida issiqlik elektr stansiyalari ulushiga barcha elektr ishlab 

chiqaruvchi quvvatlarning 62 foizi toʻgʻri keladi. 

Oʻzbekistonda 20-asr boshlarida Toshkentda ikkita elektr stansiya kurildi: biri (besh 

dizelli,  kuvvati  1450  kVt)  tramvayni  elektr  energiya  bilan  taʼminlash  uchun, 

ikkinchisi  oʻzgarmas  tokli  Pavlov  elektr  stansiyasi  (quvvati  125  kVt),  shaharni 

yoritish  uchun  ishlatilgan. 1913  y. Oʻzbekiston xududida umumiy  kuvvati 3  MVt 

chamasida boʻlgan 6 ta kichik elektr stansiya boʻlgan, yillik elektr energiya ishlab 

chiqarish  3,3  mln.  kVt/soatni  tashkil  qilgan.  1923  y.  Toshkent  sh.  yaqinidagi 

Boʻzsuv  kanalida  GES  qurilishi  boshlandi,  uning  birinchi  navbati  (har  birining 

kuvvati 1 MVt dan boʻlgan 2 ta gidroagregat) 1926 y. may oyida ishga tushirildi. 

Ayni  paytda  bu  GES  Toshkent  shahridagi  tramvay  dizel  elektr  stansiyasi  bilan 

bogʻlangan, 30 transformator punktiga ega boʻlgan, 6 kV kuchlanishli, oʻzgaruvchan 

tokli  kabel  tarmogʻi  kurildi.  Mana  bu  birlashish  Oʻzbekiston  energetika  tizimi 

rivojlanishiga asos boʻldi. 

Oʻzbekistonda issiqlik energetikasi 20-asr 20-y. larida dizel va mayda bugʻ turbinali 

elektr stansiyalar  kurish  yoʻnalishida  rivojlandi.  Dizel  elektr stansiyalari umumiy 

maqsadlarda  ham,  paxta  zavodlari,  nasos  stansiyalari,  kanallar  va  issiqlik 

energiyasiga  ehtiyoji  boʻlgan  boshqa  korxonalar  qoshida  ham  qurildi.  Toshkent 

dizel  elektr  stansiyasi,  Samarkand,  Andijon,  Koʻqon  va  respublikaning  boshqa 

shaharlaridagi  dizel  elektr  stansiyalari kengaytirildi;  Buxoro, Samarkand  sh.larida 

5000 ot kuchi, Nukus, Urgench, Namanganda 1600 ot kuchi kuvvatiga ega boʻlgan 

yirik dizel elektr stansiyalari kurildi. Respublikadagi dastlabki bugʻ turbinali elektr 

stansiyalar  Fargʻona  va  Kattaqoʻrgʻondagi  yogʻ  zavodlarida  ishga  tushirildi. 

Fargʻona  yogʻ  zavodining  "Sharq  tongi"  issiqlik  elektr  markazi  (IEM)  umumiy 

maqsadlardagi elektr stansiyasi boʻlgan birinchi IEMdir. 

30-y.larda Toshkent toʻqimachilik kombinati qoshida quvvati 12 MVt boʻlgan IEM 

kurildi. 30-y. larning  ikkinchi  yarmida  Qizilqiya  koʻmir  koni negizida kuvvati 48 

MVt  boʻlgan  Kuvasoy  davlat  issiklik  elektr  stsiyasi  (DIES)  kurilishi  boshlandi, 

uning birinchi agregati 1939 y. oxirida ishga tushirildi. 1936 y. da Toshkent IEM 

kurilishi  boshlanib, birinchi bloki 1939  y.  da  ishga  tushirildi. 50-y. lar  boshlarida 

Angren koʻmir koni negizida Olmaliq sh.dagi Oltintopgan kombinatida quvvati 24 

MVt  boʻlgan  IEMni,  Angren  sh.da  quvvati  200  MVt  boʻlgan  DIES  ni 

loyihalashtirish va qurish boshlandi. 

Angren  DIES  katta  (50  MVt)  quvvatli turbinalar oʻrnatilgan  yuqori  bosimli  bugʻ 

koʻrsatkichlariga  moʻljallab  qurilgan  birinchi  elektr  stansiya  boʻldi.  Ayni  paytda 




koʻmirda ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalar ham (Qu-vasoy DIES, Toshkent va 

Fargʻona IEM) qurildi. 

Hozirgi  paytda  Oʻzbekiston  energetika  tizimi,  shu  jumladan,  issikdik  energiyasi 

respublikasining  sanoat,  qishloq  xoʻjaligi,  kommunal  xoʻjalik  korxonalarini  va 

aholisini energiya bilan taʼminlamoqda. Respublika hukumati tomonidan 1996 y. da 

Yevropa  energetika  hartiyasining  Shartnomasi  im-zolanib,  mamlakatimizning 

undagi ishtiroki tasdiqlangan, Oʻzbekiston energetikasi uchun jahon iqtisodiyo-tiga 

yoʻl ochildi. 

Oʻzbekiston  I.  e.ning  keskin  rivojlanishiga  Buxoro  va  Shoʻrton  tabiiy  gaz 

konlarining  topilishi  va  oʻzlashtirilishi  muhim  ahamiyatli  boʻldi.  Ular  Toshkent, 

Navoiy,  Taxiatosh  va  Sirdaryo  DIES  larining  ishga  kiritili-shiga  imkon  yaratib 

berdi. 


Oʻzbekistonning yirik issiqlik stansiyalari ulushi umumiy elektr energiyani ishlab 

chiqarishda 85 foizni tashkil qiladi. OʻzR Vazirlar maqkamasi 2000 yil 27 dek. da 

tasdiklagan "2001 -—2010 y.larda Oʻzbekiston Respublikasi energetikasida ishlab 

chiqaruvchi quvvatlarni rivojlantirish va rekonstruksiya qilish darsturi"ga muvofiq 

Oʻrta  Osiyodagi  eng  yirik  Talimarjon  DIES  ining  qurilishi  tugatilishi,  hamda 

respublikaning  boshqa  is-siqlik  elektr  stansiyalarida  qayta  texnik  tiklash  va 

qoʻshimcha quvvatlarni ishga kiritish koʻzda tutilgan. 

Oʻzbekiston  koʻp  organik  yoqilgʻi  zaxiralariga  ega.  Respublikaning  yoqilgʻi 

balansida  koʻp  issiklik  elektr  stansiyalari,  issiqlik  elektr  markazlari  va  tuman 

qozonxonalari  uchun  hozirgi  zamonda  yoqilgʻining  asosiy  turi  —  tabiiy  gazga 

alohida eʼtibor beriladi. Koʻmir sanoatini rivojlantirish — Angren konida qoʻngʻir 

koʻmirni koʻproq ishlab chiqarilishiga yoʻnaltirilgan. 

"Oʻzbekiston Respublikasi energetikasining ishlab chiqarish quvvatlarini 2001  — 

2010  y.  larda  rivojlantirish  va  rekonstruksiya  qilish  dastu-ri"  da  xorijiy 

investitsiyalarni  jalb qilish  va  chet  el firmalarining ishtiroki  koʻzda tutilgan. Hoz. 

paytda Germaniyaning "Simens" firmasi Yevropa tiklanish va rivojlanish bankining 

krediti  hisobiga  Sirdaryo  DIESning  ikkita  turbina  blokini  rekonstruksiya  qilish 

loyihasini amalga oshirishga kirishdi. Shuningdek, xorijiy investitsiyalar Toshkent 

DIES  va  Navoiy  DIES  ni  rekonstruksiya  qilish  loyihalarini  hamda  Toshkent 

shahrining elektr tarmoqlar xoʻjaligini rekonstruksiya qilish va kabel tar-moklarini 

zamonaviylashtirish loyihalarini amalga oshirish uchun ham jalb etiladi 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

 

 




Download 405,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish