2 – soha: Laminar harakat rejimidan turbulent harakat rejimiga o`tish sohasi. Bu sohada Reynolds soni quyidagi oraliqlarda bo`ladi:
Re = 2300 : 4000
3 – soha: Turbulent harakat rejimi bo`lib, 3 qismga ajraladi, 1 – qism gidravlik silliq qarshilik sohasi, 2 – qism kvadrat qarshilik sohasigacha bo`lgan coha, 3 – qism kvadrat qarshilik sohasi deyiladi.
Turbulent harakat rejimida gidravlik ishqalanish koeffitsiyenti qiymatini aniqlash, gidravlik fanining murakkab masalasi hisoblanadi.
1 – 2 qismlarda ning qiymati asosan tajriba natijalarida olingan formulalar yordamida hisoblanadi:
Blazius formulasi
A.Altshul formulasi.
Kvadrat qarshilik sohasi uchun quyidagicha aniqlanadi: = f ( ).
Shifrinson formulasi
Shuni alohida qayd etish iozimki, oxirgi yillarda turbulent harakat rejimini o`rganishda olib borilgan nazariy va tajribaviy izlanishlar ancha muvaffaqiyatlarga olib keldi.
k.Sh.Latipovning nazariy izlanishlari ni aniqlash uchun yangi formula yaratishga sabab bo`ldi.
Bu formulaning mohiyati shundan iboratki, formula harakat rejimining hamma sohalarini qamrab oladi va qiymati yagona formula yordamida aniqlanadi:
bu yerda: J - mavhum argumentli Bessel funksiyalari;
x – oqim holatini ifoda etuvchi koeffitsiyent.
Ochiq uzanlar uchun ning qiymati A.Zegida tajribalarida, sanoat quvurlari uchun G. Murin, K.Kolbruk, A.Shevelev grafikalarida keltirilgan.
Mahalliy qarshiliklarda damning yo`qolishi
Mahalliy qarshiliklardan (napor) damning yo`qolishi oqim tqzlik vektorining o`zgarishi, oqimlarning qo`shilishi, ajralishi va boshqa sabablar tufayli sodir bo`ladi.
Bunday to`siqlar quvur yoki kanalning kalta qismlarida mavjud bo`lib, konstruktiv elementlar bilan bog`liqdir. To`siqlardan o`tish jarayonida oqim shakli o`zgaradi va notekis harakat vujudga keladi. Oqimning to`siqdan o`tish joylarida uyurmalar paydo bo`ladi. Chunki uyurma bilan oqim chegarasidagi qarshilik devordagi qarshilikka nisbatan bir necha marotaba ko`p.
Mahalliy qarshiliklarda damning yo`qolishi quyidagi formula bo`yicha hisoblanadi.
bu yerda: - tezlik dami;
qarshilik koeffitsiyenti deyiladi, asosan tajriba yo`li bilan aniqlanadi.
Quvurlarning konstruktiv elementlari bilan bog`liq bo`lgan quyidagi mahalliy qarshiliklarni kuzatish mumkin:
a) keskin kengayish; b) keskin torayish; v) berkitgich; g) tekis kengayish; d) burilish; e) tekis torayish; j) tirsak va h.k.
Yuqorida aytganimizdek, mahalliy qarshiliklarda yo`qolgan dam asosan tajriba yo`li bilan aniqlanadi.
Umumiy ko`rinishda qarshilik koeffitsiyentini quyidagicha ifodalash mumkin:
bu yerda: kvadrat qarshilik sohasidagi qarshilik koeffitsiyenti;
A – koeffitsiyent, tajribada aniqlanadi.
Yagona holat – keskin kengayishda yo`qolgan dam miqdorini nazariy aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |