Molekulada ichki aylanish va burilish izomeriyalari. Konformatsion о‘zgarishlar.
Ichki aylanish molekulalar ichida ro`y beradigan hodisalardan bittasidir. Ichki aylanish deb molekulaning ayrim bo`laklarini ya’ni atomlar guruhlarini ichki kinetic energiya hisobiga guruhlarni o`zaro bog`lab turuvchi kimyoviy bog`lar (bular albatta b bog`lar bo`lishi kerak) atrofida bir –biriga nisbatan aylanishiga aytiladi. Aylanish davomida bu guruhlar ma’lum qiymatga ega bo`lgan potinsial to`sqinni yengib o`tish kerak. Agar potinsial to`sqining energiyasi 3kk yaqin bo`lsa, aylanish ozod kechadi. Bunga etan molekulasidagi metal guruhlarining bir –biriga nisbatan aylanishi misol bo`ladi. Agar potinsial to`siqning qiymati uchtadan katta bo`lsa, aylanish tormozlangan bo`ladi. Buni 1,2 – dixloretan molekulasi misolida ko`rish mumkin.
Agar potinsial bar’or 5 dan katta bo`lsa, aylanayotgan guruhlarda fazoviy to`siqlar mavjud bo`lsa, hatto birlamchi bog` atrofida ham aylanish ta’qiqlangan bo`ladi. Bunday hollarda guruhlar bog`lar atrofida 5 – 200 buriladilar xolos. Molekulaning bunday konformatsiyasi barqaror bo`lib, molekula “qattiq” sistema deb qaralishi mumkin.
Ichki aylanish ayniqsa polimerlar uchun katta ahamiyatga ega bo`lgan hodisadir. Poliakrilonitril, polikarbonatlar, polivinilxlorid kabi polimerlar qattiq zanjirli polimerlar bo`lib, ular ekspluatatsiya vaqtida plastifikatsiya qilishni talab qiladi.
Molekulaning elektr dipol momenti. Qutubli va qutubsiz molekulalar
Moddalarning sindirish kо‘rsatkichini refraktometr yordamida aniqlash
Kerakli asbob va reaktivlar: IRF-22 refraktometri, shishi tayoqcha, filtr qog‘ozi, distillangan suv, glitserin.
Sindirish kо‘rsatkichni aniqlash refraktometr yordamida quyidagicha bajariladi: О‘lchash о‘tkazilayotgan vaqtda refraktometrning yoritish prizmasi derezaga qaratib qо‘yiladi. Refraktometr chap tomonidagi kо‘zgu ochib, uning yordamida shkalaning tasviri kо‘rish maydoniga tushiriladi, okulyarni aylantirib tasvir tiniqlashtiriladi. Agar yorug‘lik manbasiga nisbatan refraktometr tо‘g‘ri о‘rnatilgan bо‘lsa, shkalaning hamma tomoni bir tekis yoritiladi. Refraktometrning yoritish prizmasi dasta yordamida kо‘tariladi. Uni о‘nga aylantirib, shisha tayoqcha yordamida о‘lchov prizmasi ustiga tekshiriladigan suyuqlikdan 2-3 tomchi tomiziladi. Shisha tayoqcha bilan modda tomizilganda, uning uchi prizmaga tegmasligi kerak, aks holda prizmaning silliqlangan tomoni ishdan chiqib, asbob yaroqsiz holga keladi. Shisha tayoqcha о‘rniga plastmassadan tayyorlangan shpritsni ham ishlatsa bо‘ladi. Sо‘ngra yoritish prizmasi о‘z joyiga qо‘yib, sindirish kо‘rsatkich о‘lchanadi. Bunda tekshirilayotgan suyuqlik yoritish va о‘lchash prizmalarining oralig‘ida tor bо‘shliqni tо‘ldirishi shart. Buni tekshirish uchun yoritish prizmasini qopqog‘i kо‘tarilib, uning suyuqlikka tekkan xira tomoniga yorug‘lik tushadigan tomondan qaraladi. Agar bir xil kul rang bо‘lib kо‘rinsa, oraliq suyuqlikka tо‘lgan bо‘ladi.
Refraktometrning о‘ng tomonida joylashgan dastani burab kо‘rish maydonida ravshan va xira maydonlar chegarasi paydo bо‘lishiga erishiladi. Ajralish chegarasidagi ranglik kompensator dastani burash orqali bartaraf etiladi. Yana buragichni burab ajralish chegarasi bilan okulyardagi kesishgan chiziqlarning kesishish nuqtasi rasmda kо‘rsatilgandek, ustma-ust tushishiga erishiladi va sindirish kо‘rsatkichining shkalasidan bu holatga mos keladigan qiymat tо‘rtinchi raqamgacha aniqlikda yozib olinadi.
Har safar sindirish kо‘rsatkichni aniqlagandan sо‘ng yoritish prizmasi chetga suriladi va о‘lchash prizmasining shaffof tomoniga bir necha tomchi suv tomizib, prizma mayin filtr qog‘ozi bilan ehtiyot qilib artiladi. Sindirish kо‘rsatkichni aniq о‘lchashda haroratni bir xil saqlash uchun prizmaning gardishida maxsus kamera bо‘lib, bu kamera orqali termostatdan keladigan suv о‘tkazib turiladi. Suv berish va uni chiqarib yuborish kameraning tо‘rtta jо‘mragiga kiydirilgan rezina naylar yordamida amalga oshiriladi. Suvning haroratini о‘lchashda jо‘mraklardan biriga maxsus termometr о‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |