Natijada xashaki o‘gay ona qoramoldan qimmatbaho zotli avlod olinadi. Bu biotexnologiya bizning mamlakatimizda ham qo‘llaniladi. AQSHning dunyoga mashhur Monsanto kompaniyasi gen muhandisligi usuli bilan o‘sish gormonini (growth hormone) ishlab chiqarib, sigirlarga inyeksiya qildi va shu yo‘l bilan sigirlardan sog‘iladigan sut miqdorini oshirishga erishdi.

Zigota (urug‘langan tuxum hujayra)ga har xil genlarni mikr o inyeksiya qilib, transgen sichqon yoki kalamush olish ko‘plab laboratoriyalarda bajarildi. Mamlakatimizda akademik J. H. Hamidov rah bar ligida shu usulni qo‘llab, quyon zigotasiga o‘sish gormoni geni kiritildi va odatdagiga nisbatan yirik va tez o‘suvchi transgen quyon olindi.
Hayvonlarni klonlash. Bir bakteriya hujayrasi bo‘linishi natijasida hosil bo‘lgan bakteriya koloniyasiga klon deb aytiladi. O‘simliklarning kloni bir hujayradan sun’iy sharoitda ko‘paytirilib yoki vegetativ ko‘paytirish usuli bilan olinadi. Yuksak hayvonlar vegetativ yo‘l bilan ko‘paymasligi sababli ularning klonini olish yaqin kunlargacha muammo bo‘lib kelar edi.
1997-yil shotlandiyaning Roslin instituti olimlari qo‘yning klonini yaratdilar. Bu tajribaga qadar yadrosi olib tashlangan zigotaga boshqa embrional hujayradan olingan yadro ko‘chirib o‘tkazilar va hosil bo‘lgan transplant tuxum hujayra o‘gay ona bachadoniga kiritilar (implantatsiya qilinar) edi.
Gibridomalar. Hujayra muhandisligi rivojlanishi gibridomalar olish biotexnologiyasini vujudga keltirdi va monoklonal antitanalar sintez qilish imkonini yaratdi.
Ma’lumki, normal hujayralar judasekin bo‘linib ko‘payadi va ularning bo‘linishi cheklangan. Rak hujayralar esa tez va cheksiz bo‘linadi. Biror foydali oqsil sintezlovchi normal hujayra biomassasini sun’iy sharoitda ko‘paytirib, shu oqsil moddani ko‘plab ishlab chiqarsa bo‘ladi. Lekin normal hujayralardan yetarli biomassa olish cheklangan bo‘lganligi uchun bunday muammolar o‘z yechimini topmagan edi.