1.Tashqi ko`rinishni tartibga keltirib (tirnoq, soch), muolajani o`tkazish uchun qulay kiyimni kiyish
2.Zarur asbob- anjomlarni mavjudligini tekshirib ularni to`g`ri joylashtirish
3.Muolajaning maqsadi va o`tkazish usullari to`grisida bemorga ma`lumot berib uning roziligini olish
4.Karavot atrofini tartibga keltirib,ishlash uchun qulay sharoit yaratish
5.Bemorni yopinchiq bilan yopintirib sababsiz echintirmasdan , bemor ko`rpasini uning oyoq tagiga yig`ib , bemor sog`lom (chap) qo`li bilan yopinchiq chertini so`rash
6.Tungi kiyimdagi tugmalarni yechib, sog`lom (chap)qo`lini yalang`ochlab , bemorni o`ng yonboshiga yotqizib uning ostiga kiyimini yig`ib qo`yish
7.Og`rigan ( o`ng)qo`lini echintirib tungi kiyimlarni butunlay yechib tashlash
8.Sog`lom (chap) qo`l bilan og`rigan o`ng qo`lni ushlab turib, ularni ko`krak qismida ixchamgina yig`ib og`rigan (o`ng) oyoqni sog`lom (chap) oyoq ustiga qo`yib elka bo`g`ini va yonbosh suyagi qismidan ushlab bemorni chap yonboshga yotqizish
9. 9.Sochiq chetini bemor chetiga qistirib qo`yib bemor orqasini sochiq bilan yopish
10.Issiq suvni (55-60 С) tayyorlab, unda sochiqni (yupqa bo`lsa 2 ta) ho`llab, siqib tananing orqa yuzasiga bosib qo`yib, ustidan katta sochiq bilan yopib yaxshilab orqasini isitish
11.Bulutcha (gubka) ga sovunni surtib ,ko`pik hosil bo`lgandan keyin badanni bir maromda katta chiziqlar shaklida arta boshlash
12.Badanni artish bilan bir paytda muskullar yo`nalishi bo`yicha bosim kuchini asta-sekin oshirab massaj qilish
13.Teridagi sovunni toza suvda siqilgan bulutcha bilan yaxshilab yuvib tashlash
14.Badanning issiqligini yo`qotmaslik uchun o`z vaqtida terini artib tashlash
15.Bemorni charchatib qo`ymaslik uchun muolajani tezda o`tkazib , tana haroratini saqlashga e`tiborini qaratish
16.Bemorni o`grigan (o`ng) qo`lini ushlab turib tungi kiyimini kiydirib, tungi kiyimining orqa chizig`ini umurtqa pag`onasiga to`g`irlab bemor ostiga yig`ib qo`yish
17.Bemorni chalqancha yotqizib sog`lom (chap) qo`liga tungi kiyimini kiydirib tugmalarini qadash
18.Yostiqchadan foydalanib bemorga qulay holatni yaratib berish, tana og`irligini bir sohaga tushishini oldini olish
19.Muolaja tugashi haqida bemorga aytish uning ahvoli yomonlashivi yoki muoilajadan so`ng og`riq paydo bo`lganligi haqida so`rash va kuzatish
20.Muolaja o`tkazish vaqti va mazmuni, bemorning javob reaksiyasi, teridagi reaksiyalar va boshqa kuzatuv natijalarini yozib qo`yish
|