Vaziyatli masala 6
63 yoshli bemor gastroenterologiya bo’limiga “Surunkali gastrit sekretsiyaning keskin pasayishi bilan qo’zish stadiyasida” diagnozi bilan gospitalitsiya qilindi.
Hamshiraning bemor haqidagi ma’lumotlari quyidagilar:epigastral sohada kuchsiz og’riqlar va og’irlik xissiga, ko’ngil aynishiga, ishtahaning pasayishi, tana vaznining kamayishi, tez charchash kabilarga shikoyat qiladi. Oxirgi yilda 5 kg ga ozgan. O’zini 5-6 yildan beri kasal deb hisoblaydi, o’shandan beri yuqoridagi shikoyatlar periodik bezovta qilib turgan. 40 yil davomida chekadi. Ahvolining og’irlashishini ovqatlanish noto’g’riligi, hayotida yaqinda bo’lgan stress holatlar (onkologik kasallikdan xotinining o’limi) bilan bog’laydi. U o’zini kasal deb hisoblaydi, davoning ijobiy ta’siriga ishonmaydi, statsionar tekshiruvga va davolanishga qizining qistovi bilan rozi bo’lgan. Bemor yolg’iz o’zi yashayedi, qizi va nevaralari boshqa shaxarda yashayedi.
Ob’ektiv: hushi qoniqarli, bemor soqolini olmagan, pala-partish kiyeingan. Bemorda protez tishlari bor, biroq ularni bemor muntazam tutmayedi, chunki ularni doimiy ishlatganda og’iz bo’shlig’ida yoqimsiz sezgilar paydo bo’ladi. Bo’yi 180 sm, tana vazni 69 kg, tana harorati 36,8’S, teri qoplamlari oqimtir, quruq, qorin yumshoq, epigastral sohada biroz og’riqli, puls 76 ta 1 minda o’zgarishsiz, AQB 130/80 mm. s. u., nafas soni 16 ta 1 minda, jigar qovurg’a ravog’i bo’ylab joylashgan, ich kelishi diareyaga moyil, siyishi erkin, og’riqsiz.
Tavsiyalar:
Umumiy rejim.
Dieta 2.
Qon va siydik umumiy analizi.
FGDS
Oshqozon va ichak rentgenogrammasi.
Psixolog konsultatsiyasi.
No-shpa 2% 2ml m/o ga yuborish.
Plantaglyutsid 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichishga.
Mezim-forte 1 tab. kuniga 3 mahal .
Topshiriq
1.Qaysi ehtiyojlar qoniqishi buzilgan, bemorning xozirgi va potentsial muammolarini aniqlang, dolzarb muammoni toping.
2.Bu bemorda ahvolining og’irlashishiga qaysi omillar ta’sir qilgan?
3 Maqsad qo’ying va motivatsiyali hamshira aralashuvininig rejasini tuzing.
4. Ovqat hazm qilish sistemasining yoshga bog’liq qanday hususiyatlari qari yoshda gastroenterologik kasalliklar rivojlanishiga olib keladi?
5. Bemorga FGDS, oshqozon va ichak rentgenologik tekshiruvlariga tayyorlanishni o’rgatish.
6. 2-parhez bo’yicha ovqatlanish qonun-qoidalarini tushuntiring.
7. Qanday sog’lomlashtiruvchi parhezlarni bemorga remissiya bosqichida tavsiya qilsa bo’ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |