Ikkinchi jahon urushidan so'ng birinchi hukumat tarkibida besh vazirlik portfellari kommunistlarga tegishli edi.
Ushbu vazirliklar aynan iqtisodiyotga tegishli vazirliklar edi. Shu sababdan mulkni davlat tasarrufiga o'tkazish
ham kommunistlar dasturi asosida amalga oshirilgan edi. Davlat tasarrufiga 5 ta yirik banklar (mamlakat bank
kapitalining 60%), ko'mir
va gaz sanoati, elektrostan- siyalar, harbiy sanoat, transport, aviatsiya, avtomobil
sanoatining bir qismi o'tdi. Ishlab chiqarish quvvatlarining 20% davlat qo'liga o'tdi.
Fransiyada mulkni davlat tasarrufiga o'tkazilish angliyaniki- dan farqlanardi. Bunda "qadimgi" tarmoqlar
korxonalari bilan bir qatorda "yangi" tarmoqlar korxonalari ham davlat tasarrufiga o'tkazildi. Kompensatsiyani
hamma olmadi: kollaborratsionist- lar6 korxonalari davlatga kompensatsiyasiz olib qo'yilardi. "Reno"
kompaniyasining avtomobil zavodlari kompensatsiyasiz davlat tasarrufiga o'tkazildi. Eng muhimi - birinchi 10
eng yirik banklar tarkibiga kiruvchi fransuz banklarini davlat tasarrufiga o'tkazilishi jahon
moliya bozorida
fransuz pozitsiyalarini pasaytirib yubordi.
1982 yilda mulkni davlat tasarrufiga o'tkazilishning ikkinchi bosqichi amalga oshirildi. Endi davlat tasarrufiga
yana, davlat sek- toridan tashqarida qolgan eng yirik banklardan 36 tasi o'tdi. Kredit tizimi deyarli to'liqligicha
davlat qo'liga o'tdi. "Pariba" va "Syuez" yirik moliya guruhlari, 5 ta yirik sanoat korporatsiyalari davlat
tasarrufiga o'tkazildi. Endi davlat sektori sanoat mahsulotining 23%ni ishlab chiqarardi, mamlakatdagi kapital
qo'yilmalarning yarmi ushbu sektorga to'g'ri kelardi. Sanoat mahsulotlarining bor yo'g'i 23%
davlat sektoriga
to'g'ri kelishining asosiy sababi mah- sulotlarning asosiy qismi mayda firmalar va korxonalarda ishlab chiqilar
edi. Davlat korxonalari endi aviatsiya mahsulotlarining 85%, qora metallning 80%, rangli metallning 62%,
kimyo sanoati mahsulotining 48%, elektronika va elektrotexnikaning 44%ni ishlab chiqarardi. Davlat sektori
korxonalarining deyarli yarmi - davlat va xususiy kapital ishtirokidagi aralash kompaniyalar edi. Bunday
kompaniyalarda davlat bor yo'g'i eng
yirik aksioner edi, xolos. Fransiyada davlat budjeti orqali milliy
daromadning 40% o'tardi.
Tabiiyki, bunday holatda davlat rejalashtirishi alohida rivojla- nishga ega bo'ldi. Fransiyada rejalashtirish
bo'yicha bosh organ "Rejalashtirish bo'yicha bosh komissariat" kommunistlar tashab- busi bilan 1946 yilda
tashkil etildi. O'sha davrdan beri rejalashtirish boshlangan edi, 1980 yilda 8-iqtisodiy
rivojlanish rejasi qabul
qilindi.
Aynan Fransiyani indikativ rejalashtirish namunasi sifatida e'tirof etishadi. Davlat organlari faqatgina davlat
sektoridagi korx- onalarni bevosita boshqarib, ular bilan "uzoq muddatli shartnoma- lar" imzolardilar. Bunda
aniq rejali vazifalar bo'yicha shartnomalar faqatgina aksioner bo'lmagan kompaniyalar bilan tuzilardi. Davlat
sektorida katta ulushga ega bo'lgan aksioner kompaniyalar bilan esa rivojlanishning
faqatgina strategik
yo'nalishlari qayd etilgan shartnomalar imzolanadi. Rejali tavsiyalarni xususiy firmalar ham olishardi. Ular
uchun ushbu tavsiyalarmajburiy bo'lmasdan, lekin ularni bajarilishi iqtisodiy jihatdan soliq imtiyozlari, kreditlar
va subsidiyalar bilan rag'batlantirilardi.
Fransiyada davlat sektori va davlat budjeti kapital qo'yilmalarni ko'paytirish va sanoat o'sishining jadallashuvi
uchun foydalanilar edi. Fransiyadagi sanoat korxonalari kichik bo'lganligi sababli o'z- o'zini moliyalashtirish,
foyda hisobiga ishlab chiqarishni kengay- tirish masalalari murakkabroq edi. Davlat kapital qo'yilmalarning
asosiy qismini o'z zimmasiga olgan edi.
80-yy. boshlarida Fransiya iqtisodiyotida ikki tendensiya mavjud edi. So'llar, kommunistlar
va sotsialistlar
sotsializm qurilish dasturini amalga oshirishga intildilar, o'nglar esa iqtisodiyotni liberallashuviga intilardilar.
Davlat mulkiga o'tkazishning ikkinchi bosqichidan so'ng so'llar ularning dasturi real iqtisodiy voqe- likka mos
kelmayotganligiga ishonch hosil qilishdi. Agar avval- lari sanoat ishlab chiqarishi yiliga hech bo'lmaganda 4-
4,5%ga o'sgan bo'lsa, 1980-1985 yy.da yiliga o'rtacha 0,1%ga qisqarish yuz berdi.
Kommunistlar hukumatdan ketishdi. Ularning obro'si tushib ketdi. Avvalgi saylovda 20% ovoz to'plangan bo'lsa
endi 8%gina to'plandi. Sotsialistlar bir muncha tanaffusdan so'ng hukumatga qaytdi. Lekin endi bu o'rtacha
partiya bo'lib, uning iqtisodiy siyosati M.Tetcher siyosatidan farq qilmasdi.
1986 yilda o'nglar hukumati 1991 yilgacha mulkni davlat tasar- rufidan chiqarish to'g'risida qonun qabul
qilishdi. 1987 yilda hukumat tepasiga sotsialistlar kelishi munosabati bilan xususiylasht- irish
jarayoni
to'xtatildi. Lekin bu davrgacha 12 ta kompaniya xususiylashtirilib bo'lingan edi. Ular jumlasiga - "Sosete
jeneral" banki, "Pariba" va "Syuez" guruhlari kirardi. Bir vaqtning o'zida "dirijizm"ni7 pasaytirish bo'yicha
choralar qo'llanila boshlandi.