Germaniya ikki marta jahon urushlarida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa-da, 80 yil ichida jahonning eng iqtisodiyoti rivojlangan davlatlaridan biriga aylana oldi


Germaniya – iqtisodiyoti qudratli davlat



Download 1,18 Mb.
bet2/4
Sana18.02.2022
Hajmi1,18 Mb.
#451162
1   2   3   4
Bog'liq
Germaniya iqtisodiyoti

Germaniya – iqtisodiyoti qudratli davlat


I jtimoiy bozor iqtisodiyotida aholi farovonligi uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratilgan. Germaniya urbanizatsiya darajasinihoyatda yuqori bo‘lgan mamlakat bo‘lib, zamonaviy ilmiy-texnologik asosida industriallashgan davlatdir.

GFR dunyo mamlakatlari ichida mahsulotlarni ishlab chiqarish va iqtisodiy rivojlanish darajasi bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarda turuvchi davlatlardan biri. Jahon mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan yalpi milliy mahsulotning (YAMM) 7-8 foizi, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan yalpi milliy mahsulotning 27-28 foizi GFRga to‘g‘ri kelmoqda. Germaniya aholisining 27-28 foizi asosan mamlakatning sanoati rivojlangan iqtisodiy rayonlarida yashashib, mamlakat YAMMning 23-24 foizini ishlab chiqarmoqda.

Germaniya jahonning yirik va iqtisodiyoti taraqqiy etgan mamlakatlaridan biri. Mineral xom ashyo resurslariga boy. Masalan, ularga toshko‘mir, temir va marganes rudasi, nikel, kobalt, volfram, molibden, mis, xrom, qo‘rg‘oshin, qalayi, uran, kaliy tuzi, gilmoya va h.k. kiradi.

GFR iqtisodiyotida mashinasozlik sanoati yuqori darajada rivojlangan sohadir. Mashinasozlik sanoatida, ayniqsa, metalni qayta ishlash sohasida, metallurgiya, elktrotexnika, konchilik, to‘qimachilik sanoati, shuningdek, qishloq xo‘jalik, mashinasozlik tarmoqlari keng rivojlangan.

Telekommunikatsiya asbob-uskunalarni ishlab chiqarish, mexanika va optik apparatlarni ishlab chiqarish sohalari ham mamlakat iqtisodiyotida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi.





Mamlakat iqtisodiyotida konsernlar shaklida bo‘lgan yirk monopolistik birlashmalar – og‘ir sanoatda – “Tissen”, “Krupp”, “Manneyeman”; elektrotexnika va elektron ishlab chiqarish sanoatida – “Bosh”, “Simens”; kimyo sanoatida – “Xyoxst”, “Basf”, “Bayer”; avtomobil sanoatida – “Mersedes-Bens”, “Folksvagen”, “Deymler-Beni”, “Opel” va “BMW” konsernlari hal qiluvchi rol o‘ynaydi.





GFR qishloq xo‘jaligida aholining atigi 4-5 foizi band bo‘lib, mamlakatning oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojining 90 foizdan ortiqrog‘ini qondiradi. Bu holat mamlakat qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishda mehnat samaradorligi naqadar yuqori ekanligidan dalolat beradi.





Ushbu mamlakatning asosiy eksport mahsulotlari – mashinasozlik va transport vositalari, kimyo, metallurgiya va sanoat mahsulotlari, oziq-ovqat, tekstil mahsulotlari. Germaniyaning asosiy eksport hamkorlari Fransiya AKSH, Buyuk Britaniya, Italiya, Rossiya, Gollandiya, Belgiya, Avstriya, Ispaniya sanaladi.

Germaniya Federal statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilda Germaniyadan birgina Rossiyaga eksport qilinadigan mahsulotlar taxminan 25,9 milliard yevroga teng bo‘ldi. Rossiya mahsulotlarini Germaniya hududiga olib kirish 31,4 milliard yevroni tashkil qiladi. Besh yil ichida birinchi marta mamlakatlar o‘rtasidagi tovarlar importi va eksporti hajmi oshib bordi.




2 017-yilda 2016-yilga nisbatan tovarlar eksporti 20,2 foizga, import esa 18,7 foizga o‘sdi. Bundan oldin Germaniyadan eksport qilinadigan tovarlar miqdori to‘rt yilga qisqardi. 2012-yilda Germaniya va Rossiya o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasining eng yuqori ko‘rsatkichlari (eksport 38,1 milliard yevro, import esa 42,8 milliard yevroni tashkil qildi) kuzatilgandi.

Germaniya eksporti va tovar importi 2017-yilda rekord o‘rnatdi. Germaniyaning Federal statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, xorijga yetkazib berish hajmi 6,3 foizga oshib, 1,279 trillion yevroni tashkil qildi. Evropa Ittifoqi davlatlari ulushi umumiy eksport hajmidan 750 milliard yevroga teng bo‘ldi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,3 foizga ko‘tarilib, 1,035 trillion yevroni tashkil qildi. Natijada 2017-yilda mamlakat tashqi savdo balansining profitsiti sakkiz yil ichida birinchi marta kamayib, 244,9 milliard yevroni tashkil qildi.

Professional xizmat ko‘rsatuvchi PwC gigantining hisobotida 33 yil ichida iqtisodiyoti eng qudratli maqomiga ega bo‘lishi kutilayotgan mamlakatlar qatorida Germaniya kuchli o‘ntalikda alohida e’tirof etilgan.





Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish