Geoxronologiya



Download 111,26 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.09.2021
Hajmi111,26 Kb.
#161804
Bog'liq
Geoxronologiya - Vikipediya



Geoxronologiya

Geoxronologiya (geo... va xronologiya)

(geologik yilnoma) — Yer poʻstidagi togʻ

jinslarining hosil boʻlish ketma-ketligi va

yoshi haqidagi taʼlimot. Nisbiy va mutlaq

G.ga boʻlinadi. Nisbiy G. togʻ jinslarining

Stensen qonuni deb atalmish ketma-ket

qatlamlanish prinsipiga asoslangan. Bu

prinsipga koʻra ustida yotgan qatlam

(choʻkindi jinslar qatlamlarining dastlabki

holati buzilmaganda) pastidagidan yosh

boʻladi. Intruziv togʻ jinslarining nisbiy

yoshi qatlamli togʻ jinslari bilan oʻzaro




munosabatiga qarab aniqlanadi.

Geologik kesimdagi qatlamlarning

ketma-ketligini aniqlash mazkur r-nning

stratigrafiyasini tashkil etadi. Bir-biridan

uzokda joylashadi hududlarning

stratigrafiyasini solishtirishda

paleontologik metod ishlatiladi. Bu

metod halok boʻlgan hayvon va

oʻsimliklarning jinslardagi toshqotgan

qoldiqlarini oʻrganishga asoslangan.

Har qaysi davr uchun oʻziga xos hayvon

va oʻsimliklarning toshqotgan qoldiqlari

mavjud. 19-asr boshlarida togʻ

jinslarining nisbiy yoshini aniqlashda

paleontologik metodni birinchi marta U.

Smit (Angliya), J. Kyuvye (Fransiya) tatbiq




etgan. Ch. Layel, Ch. Darvin va V. O.

Kovalevskiylarning paleontologiya sohasi

boʻyicha i. t.lari paleontologik metodning

asosini yaratdi. Geologlar koʻp yillar

davomida qilgai mexnati evaziga Yer

poʻstida qatlamlar yoʻnalishining umumiy

ketma-ketligini aniqlashdi. Keyinchalik bu

stratigrafiya shkalasi nomini oldi.

Shkalaning yuqori qismi (fanerozoy)

paleontologik metod asosida puxta qilib

tuzilgan, pastki qismi uchun (tokembriy)

toshqotgan qoldiqlarning yaxshi

saklanmaganligi sababli paleontologik

metod cheklangan boʻlib, natijada

unchalik mukammal boʻlimlarga

ajratilmagan. Togʻ jinslarining

metamorfizmi (oʻzgaruvchanlik) darajasi



va b. belgilari boʻyicha tokembriy arxey

(yoki arxeozoy) va proterozoyga

boʻlingan. Shkalaning fanerozoy qismi 3

guruhga (yoki eratemalarga): paleozoy,

mezozoy va kaynozoyga ajratilgan.

Guruhlar oʻz navbatida sistemalarga,

sistemalar boʻlimlarga, boʻlimlar esa

yaruslarga boʻlingan. Shkalaning bir

necha guruhlarni birlashtirgan qismi

eonotema deb yuritiladi (mas, fanerozoy

eonotemasi). Tokembriy uchun shkalada

eonotemalarni birlashtirgan akrotema

berilgan. Stratigrafik shkala G. shkalasini

tuzish uchun asos hisoblanadi. Stratifafik

shkalaning har qaysi boʻlimiga G.

shkalasining maʼlum boʻlimi mos keladi.

Boʻlim (epoxa) yarus (asr)larga boʻlingan.



Guruh (eratema) eraga toʻgʻri keladi.

Stratigrafik va unga moslashgan G.

shkalasi 1881 y.da Italiyaning Bolonya

sh.da ikkinchi xalqaro geologlar

kongressida tasdiqlangan va oʻsha

vaqtdan butun jahonda umumiy

hisoblanadi. Keyinchalik paleontologik

metodning takomillashishi natijasida

olingan yangi maʼlumotlar asosida G.

shkalasiga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Mutlaq G.da togʻ jinslari va minerallarning

radiometrik yoshi aniqlanadi. Ming va

mln. yillar bilan oʻlchanadi. Kimyoviy

elementlarning radioaktiv parchalanishi

tezligi doimiy boʻlib, tashqi muhit

taʼsiridan oʻzgarmaydi. Mutlaq G.ni 20-asr




boshlarida fransiyalik P. Kyuri va

angliyalik E. Rezerford taklif qilishgan.

Ular tomonidan mutlaq G.ga qoʻllanilgan

prinsip ayni paytgacha ishlatilmoqda.

Mutlaq G.da radioaktiv parchalanishi

uzok, yillar davom etadigan (mlrd. yil)

uran va toriy elementlari ishlatiladi.

Tokembriyning G. shkalasi togʻ

jinslarining mutlaq yoshini koʻp marta

aniqlab tuzilgan. Parchalanishning oxirgi

mahsulotiga qarab mutlaq G.ning

qoʻrgʻoshin, geliy, argon, kalsiy, stronsiy

va b., shuningdek radiouglerod metodlari

mavjud. Bulardan qoʻrgʻoshin (uran-

toriyqoʻrgʻoshinli), argon (argon-kaliyli) va

stronsiy (rubidiy-stronsiy) metodi koʻp

ishlatiladi. Qoʻrgʻoshin metodi



minerallardagi (uraninit, monatsit, sirkon,

ortit) radiogen qoʻrgʻoshinni tadqiq

qilishga asoslangan. Bu metod eng

ishonarli hisoblanadi. Uning ijobiy tomoni

shundaki, mineralning yoshi bir-biriga

bogʻliq boʻlmagan uchta tenglama

yordamida aniqlanadi.

Bu tenglama haqiqatga eng yaqin yoshni

faqat bir marta oʻlchangan tenglama

koniyat beradi. Ayni paytda tenglamaning

qiymati 137,7 ga teng va barcha mineral,

togʻ jinslarida bir xil. Radioaktiv

minerallarda radiogen qoʻrgʻoshin bilan

birgalikda oddiy qoʻrgʻoshin

qoʻshimchalari borligi sababli yoshni

aniqlashda tuzatishlar kiritiladi.




Qoʻrgʻoshin rudasishshg izotop tarkibi

boʻyicha aniqlangan yosh model yosh

deb yuritiladi. Amalda model yoshning

haqiqiy yoshga mos kelishi yoki

kelmasligi koʻpchilik konlarda kuzatilgan.

Argon metodi kaliyli minerallarda

argonning radiogen toʻplanishiga

asoslangan. Zarur materiallarni osongina

olish mumkin boʻlganligi sababli argon

metodi koʻp ishlatiladi. Metodning

kamchiligi faqat ichki nazorat qilish

imkonining yoʻqligidadir. Chunki argon

metodida togʻ jinslari va minerallarning

yoshi fakat bitta tenglama orqali

aniqpanadi.



Stronsiy metodi , 87Rb ni radioaktiv

parchalanib 87Sr ga aylanishiga

asoslangan. Bu metod kam ishlatiladi.

Radiouglerod metodi 60000 yoshgacha

boʻlgan turli geologik obʼyektlarning

yoshini aniqlashda muhim.

Absolyut G.ga oid tadqiqotlar katta

nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Tadqiqot natijalari ilmiy adabiyotlarda

keng yoritiladi. Oʻzbekistonda G.

sohasidagi ishlar H. M. Abdullayev

nomidagi Geologiya va geofizika instituti

hamda Mineral resurslar institutida

bajariladi. Oʻzbekistonning gʻarbi va

jan.dagi magmatik togʻ jinslarining

mutlaq yoshi aniqlangan.




Sultonboy Husanov.

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin.

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/index



.php?

title=Geoxronologiya&oldid=205574

1

" dan olindi 



Adabiyotlar


  So‘nggi tahrir 7 oylar avval IluvatarBot tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha



foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).

Download 111,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish