Geosiyosat asoslarining shakllanishidagi ilmiy yondashuvlarni ayting
«Geosiyosat asoslari» fan va siyosiy amaliyot sifatida. Geosiyosat fan sifatida XIX asr oxirlari - XX asr boshlarida vujudga keldi. Uning vujudga kelishi yirik mustamlakachi davlatlarning vujudga kelishi, dunyoni bolib olishga intilish, jahon savdosining yuksalishi, sanoat inqilobining tugallanishi, sanoat va moliya kapitalining rivojlanishi, jahon bozori uchun kurashning avjiga chiqishi, yangi bozorlarga, mustamlakalarga ega bolishga intilish va uning ustiga qurilgan siyosatning hosilasi sifatida kechdi. Shunday bolsada bugungacha uning shaklu shamoyiliga, tadqiqot doirasiga, ob‘yektiga aniq bir ta‘rif berilmadi. Bu bir tomondan yangidan shakllangan har bir fan uchun oziga xos xususiyat bolsa, ikkinchi tomondan geosiyosiy jarayonlarning naqadar murakkabligi bilan izohlanadi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda, ayniqsa - sovuq urush‖ tugashi arafasida «Geosiyosat» atamasi ommabop atamaga aylandi.
Fransuz olimi Iv Lakostning e‘tirof etishicha - geosiyosat‖ atamasi 1980 - yillardan boshlab, ayniqsa «sovuq urush» davri tugaganidan keyin nihoyatda keng qollanila boshlandi. Bugungi kunda bu atama barcha davlatlarning OAV larida jurnalistlar nafaqat Yevropa davlatlari ortasidagi hududiy raqobatchilikni, ayni damda unga qarshi jamoatchilik fikridagi e‘tirozlarni ham kotarib chiqishmoqda.
Ba‘zan esa geopolitika atamasi turli hodisalarga, jumladan hech qanday aloqasi yoq hodisalarga nisbatan ham ishlatilmoqda.
«The Economist» jurnalida e‘tirof etilishicha geopolitika tamasi fundamental hodisa hisoblansada, uni shunday bir yorliqqa qiyoslash mumkinki, bu yorliqni istalgan hodisaga ilib qoyish mumkin . 1945 yilda jahon urushi yakuniga yetgach u keltirgan barcha yo‗qotishlarga bir tomondan geosiyosat fani ham aybdordek hisoblandi. 2 - jahon urushi va uning asoratlarini tugatish davrida geosiyosat doirasidagi izlanishlar bir oz susaysada butunlay toxtab qolmadi va mumkin ham emas edi. Negaki davlatlar bor ekan, ular o‗rtasida munosabatlar bor ekan, ularning manfaatlari mavjud ekan geosiyosat ham mavjud boladi.
Mustamlakachilik tizimi, jahon urushlari va undan keyingi «sovuq urush»
davri salbiy jihatlariga ba‘zan geopolitik jarayonlar sabab qilib korsatildi. XX asr
oxiri – XXI asr boshlariga kelib geosiyosat otib ketgan «patologiya» dan xalos
boldi. Oz navbatida tabiiy savol tugiladi: tarix va geografiya ortasida siqilib qolgan
geosiyosat yashash huquqiga ega boladimi? Ozida iqtisodiy va siyosiy
geografiyani umumlashtirgan geosiyosat harbiy yoki diplomatik tarixga shunchaki
qoshilgan oddiy hodisa emas.
Geosiyosiy uslub ularni ozlashtirgan xolda namoyon boladi. Alohida tadqiqot, mashgulot sohasi sifatida, dunyoga nazar tashlash uslubi sifatida geosiyosatning prespektivlari quyidagi holatlar bilan oz dolzarbligini namoyon qiladi: Birinchidan, jamiyatning demokratik siyosiy madaniyatini shakllantirishda, aholii tafakkurini imperiyaga xos tafakkur tarzidan xalos bolishlarida, radikal geosiyosiy hatti harakatlar mohiyatini anglab yetishda geosiyosatning asoslarini organish muhim ahamiyat kasb etadi; Ikkinchidan, geosiyosiy paradigmalar, alohida faoliyat turi sifatidagi geosiyosat shakllanayotgan kop qutbli dunyoda, jahon hamjamiyatida munosb orin egallashida muhim ahamiyat kasb etadi; Uchinchidan, endigina shakllanayotgan geosiyosat fani oldida Garb geosiyosatsi erishgan yutuqlarni ozlashtirish, uning asosiy tendensiyalarini, hozirgi zamon geosiyosiy jarayonlarining rivojlanish xusiyatlarini organish kabi masalalar turibdiki ularning yechimi Ozbekistonning Markazty Osiyoda, jahon hamjamiyatida tutgan maqomini belgilab olishda oziga xos ahamiyat kasb etadi.
Geosiyosat fan sifatida XX asr boshlariga kelib paydo boldi. Uningshakllanish jarayoni jahondagi iqtisodiy, siyosiy jarayonlarning keskin rivojlanishi davriga togri keldi. Nafaqat ilmiy doirada, balki siyosatshunoslar ortasida ham «geosiyosat» tushunchasiga nisbatan yagona bir ta‘rif yoq. Mavjud ta‘riflar u yoki bu darajada bir - birini toldirsada, ma‘lum jihatdan bir - biriga qarama – qarshi hamdir. Oz navbatida geosiyosatning ob‘yekti va sub‘yekti haqida ham turlicha qarashlar bor. Albatta, bildirilgan fikrlarga salbiy munosabat bildirish kerak emas, balki ularga geosiyosat ob‘yektining murakkabligi bilan izohlanadi. Umuman olganda geosiyosat hukmronlik vositalari va u bilan bogliq bilimlar mohiyati togrisida fan sohasi sifatida izohlanadi.
Fransuz geosiyosatchisi Mishel Fushe ingliz va nemis geosiyosati xususida
fikr yuritib jahonda iqtisodiy va siyosiy hukmronlikni qolga kiritish ustida kurash
natijasidagi ehtiyoj natijasida yuzaga kelganligini ta‘kidlaydi. Uning fikricha
geosiyosat faqatgina uslub hisoblanmasdan, ayni damda tasavvur va amaliyot ham
hisoblanadi. Negaki dastlabki geosiyosatchilar sifatida turli davrlarda turli
hukmdorlar maydonga chiqishgan. Geosiyosatni tasavvur sifatida shu ma‘noda
e‘tirof etiladiki qator geosiyosiy maktablar ilgari surgan nazariy muhokamalar
dunyo haqidagi tasavvurlarni inikos ettirgan, u yoki bu davlatning olib borayotgan
siyosatini belgilab bergan.
Geosiyosat metod sifatida ilmiy, pedagogik ahamiyatga ega bolgan bilimlar
mohiyatini ifoda etgan. Togri, XX asrning 90 - yillarigacha kommunistik mafkura
geosiyosatni imperialistik ekspansiyani asoslash uchun geografik dalil va
omillardan (mamlakatning 10 hududi, joylashuvi va b.) foydalanuvchi siyosiy
konsepsiya deb, uning asosini irqchilik, maltuschilik, sotsial - darvinizm bilan
boglab ta‘riflash orqali salbiy baholab kelgan. Biroq, keyingi on yil ichidagi
ozgarishlar geosiyosatga nisbatan yangicha yondashuvlarni yuzaga chiqardi va
geosiyosat sobiq sovet fani uqtirib kelgan goyalarning batamom aksi ekanligini
korsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |