Mintaqaviy mojarolarning mohiyati va O’zbekistonning geosiyosiy manfaatlariga zidligi hamda ularning echimi bilan bog’liq taklif va xulosalar.
Sh.M.Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash masalalari.
O’zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik Konsepsiyasi. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan o’z taraqqiyot yo’li hamda yangilanish strategiyasi, mustahkam va barqaror rivojlanishni ta’minladi, bu yo’l jahon hamjamiyati tomonidan tan olindi.
O’zbekiston o’z mustaqilligini har tomonlama ta’minlay oladigan davlat hisoblanib, XXI asrda jahon hamjamiyatida siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda o’ziga xos o’rinni egallaydi. O’zbekiston Respublikasining taraqqiy etish yo’nalishlaridan biri bu huquqiy demokratik davlat va odil fuqorolik jamiyati hamda milliy xavfsizligini ta’minlash yo’nalishlari hisoblanadi. Quyidagi konsepsiya, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslangan, hamda umum tan olingan xalqaro huquq normalari va tamoyillari asosida tuzilgan bo’lib, davlatning milliy xavfsizlik sohasidagi davlat siyosatiga tayanadi.
Milliy Xavfsizlik sohasida davlatning yagona siyosati quyidagilarni maqsad qilib oladi:
- O’zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatidagi o’rni va rolini belgilash.
- O’zbekiston Respublikasining milliy manfaatlari va ustuvor yo’nalishlar tizimini aniqlash.
- milliy xavfsizlikka tahdid solayotgan ichki va tashqi tahdidlarni baholash va nomoyon qilish.
- milliy xavfsizlikka tahdidlarni bartaraf etishda, davlat va jamiyat resurslari va real imkoniyatlarni nomoyon etish va baholash.
- milliy xavfsizlikni ta’minlashdagi strategik vazifalarni aniqlash va ularni amlga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish.
- milliy xavfsizlikni ta’minlash tizimini mukammaltirish va unga taaluqli qonunlar majmuasini shakllantirish.