O’quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanning maqsadi - Talabalarga Geosiyosat asoslariga oid tushuncha va tamoyillar haqida muayyan bilim va tushunchalar berish, bu boradagi ilmiy qarashlarning shakllanishi, rivojlanishini zamonaviy o’zgarishlar, interfaol texnologiyalar bilan bog’lab o’rgatishdan iborat.
Fanning vazifasi: “Geosiyosat asoslari” moduli orqali davlatning strategik qudratiga ta’sir etuvchi, uning ichki va tashqi siyosatdagi ustuvor manfaatlarini
ta’min etadigan geografik, tarixiy, siyosiy, iqtisodiy, diniy va boshqa
o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ichki va tashqi omillarni tahlil qilish, geosiyosat asoslarining mazmun-mohiyati, uslublari, vazifalarini o‘rganish va bu orqali jahonning bugungi geosiyosiy manzarasini qarab chiqishda turli
mintaqa mamlakatlarining geosiyosiy xususiyatlarini taxlil qilish, mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi jarayonida O‘zbekistonning geosiyosiy manfaatlarini belgilab olish kabilar masalalarning mohiyatini tushuntirib berishdan iborat.
“Geosiyosat asoslari” modulini o’rganish orqali egallangan bilimlar yoshlarning mafkuraviy immunitetini, siyosiy madaniyati, ogohligini oshirishga, ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilishga o’rgatadi.
Modulni yakunlagandan so’ng talabalar quyidagilarda namoyon bo’ladigan bilimlarga ega bo’ladilar:
- dunyoning siyosiy-mafkuraviy manzarasini, unda kechayotgan g‘oyaviy kurashlardan ko‘zlangan tub maqsad-manfaatlarning asl qiyofasi, “Geosiyosat asoslari” fanining predmeti, ob’ekti, maqsad va vazifalari, hozirgi zamon geosiyosatining asosiy xususiyatlari to‘gg‘risida tasavvur va bilimga;
- geosiyosatning metodlari, geosiyosatning asosiy g‘oyalari, geosiyosiy oqimlar va maktablari faoliyati, yangi ming yillikda xalqaro geosiyosiy munosabatlar rivoji, Markaziy Osiyo regionidagi geosiyosiy jarayonlar, O‘zbekistan va SHXT geosiyosiy istiqbollari, yangi ming yillikda Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash vazifalarini tushuntirib bera olish ko’nikmalariga;
- geosiyosiy harakatlardan ko‘zlangan maqsadlarni anglab etish, dunyoning mafkuraviy manzarasi yoritib berish, yoshlarda turli tahdidlarga nisbatan ogohlik va daxldorlik tuyg‘ularini tarbiyalab borish, yoshlarga vatanimiz geosiyosiy manfaatlarini tushuntirib bera olish malakasiga ega bo’lishi kerak.
“Geosiyosat asoslari” fanidan mashg’ulotlarning mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi
3-bosqich V semestrda jami 15 0 soat; bundan 30 soat ma’ruza, 44 soat seminar mashg’uloti va 76 soat mustaqil ta’limga ajratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |