Mavzuni mustahkamlash yuzasidan savollar:
Shayboniylar davlatining hududini aniqlang?
Shayboniylarning tariximizdagi katta xizmati?
Shayboniylarning Eron va Hind bilan munosabatlari?
Xalqaro munosabatlar tizimida Xuroson muammosi qaanday o’rin tutdi?
Shayboniylar - Safaviylar, Shayboniylar - Boburiylar munosabatlari?
Qo’qon - Xitoy munosabatlari keskinlashuvi sabablari?
Markaziy Osiyoning jahon bozoridan uzilib qolishi va uning oqibatlari nimada?
8-Mavzu: “Katta o’yin” kontseptsiyasi va uning geosiyosiy mohiyati
(l-bosqich)
Reja:
“Katta o’yin” tushunchasi va kelib chiqish tarixi.
O’zbek xonliklari va Rossiya imperiyasi munosabatlari
O’rta Osiyoda Buyuk Britaniya va Rossiya manfaatlari doirasining to’qnashuvi va uning asosiy sababalri.
l839 - yilgi Buyuk Britaniya - Afg’oniston urushi.
Tayanch tushunchalar: “Katta o’yin”, Xuroson, Xorazm, Hind, Buyuk ipak yo’li, Dovon, Turon, milliy biqiqlik, siyosiy tarqoqlik, tanho, iqto, parokandalik, mustamlakachilik, jahon savdosi, kapital, Uchlar itifoqi, Antanta.
l. “Katta o’yin” tushunchasi va kelib chiqish tarixi. «Katta o’yin» («Great game») konsepsiyasi xalqaro munosabatlar tarixida ikki bosqich yoki ikki to’lqindan iborat. Konsepsiya ob’yekti Markaziy Osiyo mintaqasi, predmeti esa mazkur mintaqadagi siyosiy jarayonlar. Konsepsiya sub’yektlari yetakchi xorijiy davlatlar hisoblanadi. Odatda “Katta o’yin” atamasi qayd etib o’tilganidek Markaziy va Janubiy Osiyoda o’z hukmronligini o’rnatish uchun Buyuk Britaniya va Rossiya o’rtasida olib borilgan qarama - qarshilikni tavsiflash uchun ishlatilgan.
«Buyuk o’yin» konsepsiyasi XIX asr II - yarmi va XX asr boshlarida Buyuk Britaniyaning Janubiy Osiyo orqali (janubdan shimol tomon) va Rossiyaning shimoldan Markaziy Osiyo mintaqasini bosib olish uchun intilishlari, olib borgan harbiy - diplomatik munosabatlari asnosida shakllangan. Xalqaro munosabatlar tarixida bu «Buyuk o’yin» konsepsiyasining birinchi to’lqini nomini olgan.
Konsepsiyaning ikkinchi to’lqini XX asr oxirida yangi mustaqil davlatlar - Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, O’zbekiston, Qirg’iziston va Qozog’istonni o’z nazoratiga olish istagi bilan Turkiya va Eron davlatlari tashabbuskorligida shakllandi. Keyinchalik bu ikki davlat qatoriga AQSH, Pokiston, Rossiya, Xitoy, Hindiston va boshqa yetakchi davlatlar ham qo’shildi. Shuningdek —Yangi katta o’yin” ob’yekti ham o’zgardi. Bu jarayon endi o’ziga Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Sharqiy Yevropa hududini ham ola boshladi. Mutaxassislar o’rtasida konsepsiya ikkinchi to’lqini «New Great game» - «Yangi buyuk o’yin» konsepsiyasi deb ham qo’llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |