Geosiyosat asoslari


Yevropani birlashtirish g„oyasining ob’yektiv zaruriyatga aylanishi



Download 1,96 Mb.
bet22/163
Sana24.03.2023
Hajmi1,96 Mb.
#921227
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   163
Bog'liq
Geosiyosat asoslari. Majmua 2022

2. Yevropani birlashtirish g„oyasining ob’yektiv zaruriyatga aylanishi. Ikkinchi jahon urushi tufayli Yevropada yuzaga kelgan iqtisodiy va siyosiy inqiroz jahon siyosatida Yevropa davlatlari rolining pasayishiga olib keldi. Bir paytlar jahon miqyosida yuqori mavqeli bo’lgan Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Italiya ikki buyuk davlat oralig’ida qolib, l950-yillar oxirlarida oddiy Yevropa davlatlariga aylandi. «Marshall rejasi», NATO, amerika yadro quroli Yevropa siyosati va iqtisodiyoti rivojlanishida uzoq vaqt ustuvor rol o’ynashini anglatardi. Yevropa, xususan, Germaniya Sovet Ittifoqi va AQSH o’rtasidagi davomiy qarama -qarshiliklar maydoniga aylandi va ular taqdiri bu ikki buyuk davlat munosabatlaridagi keskinlik darajasiga bog’liq bo’lib qoldi.
Xalqaro munosabatlardagi bipolyar tizim-ikki buyuk davlat qarama- qarshiligiga asoslangan va ular tomonidan yaratilgan harbiy-siyosiy bloklar tizimidir.
Yevropa qit’asining asosiy muammosi Germaniya edi. Koreya urushi boshlanishi bilan AQSH nemis qurolli kuchlarini yaratish uchun faol harakatlar qildi. Amerikalik strateglarning fikricha, bu qurolli kuchlar amerikaliklar Uzoq Sharqda urush olib borayotgan paytda Yevropani muhofaza qilishlari lozim edi. Buyuk Britaniya Germaniyani qayta qurollantirish bo’yicha amerikaliklar loyihasini to’liq ma’qulladi. Biroq yangi variantning paydo bo’lishi istiqboli Fransiyani mutlaqo qoniqtirmasdi.
Yevropa hamkorligi asosan iqtisodiy sohada mavjud bo’ldi. Bunday hamkorlik suverenitetni yo’qotishni ko’zda tutmasdi. Aksincha, undan olingan foyda hukumat tomonidan xalq ehtiyojini qo’llab - quvvatlashi mumkin edi. Yevropa mamlakatlari rahbarlari o’rtasida iqtisodiy cheklanishlardan voz kechibgina mamlakatdagi iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish mumkin, degan fikr ustuvor turdi. Fransiya tashqi ishlar vaziri Robert Shuman, GFR kansleri Konrad Adenauer, Italiya bosh vaziri Algido de Gasped va Belgiya bosh vaziri Pol Anri Spaak kabilar Yevropadagi bu yangi harakatda yetakchi siymolar bo’lishdi.
l950-yili R.Shuman G’arbiy Yevropada ko’mir va po’latni birlashgan holda ishlab chiqarishni yaratish taklifi bilan chiqdi. Fransiya, Italiya, G’arbiy Germaniya va Benilyuks (Belgiya, Gollandiya va Lyuksemburg) mamlakatlari Yevropa ko’mir va po’lat birlashmasi (YEKPB) ni tashkil qildi. Uning faoliyati faqat bir soha bilangina bog’liq bo’lsada, biroq butun sanoat ishlab chiqarishi uchun muhim ahamiyatga ega edi. Yevropa ishlab chiqarishi yuksala boshladi.
l956 - yil Yevropa mamlakatlari uchun urushdan keyingi voqelikni qayta baholash yili bo’ldi. Mamlakatlar yo’lboshchilari integratsiya jarayonini tezlashtirishga qaror qilishdi. l957 - yil YEKPB ga a’zo mamlakatlar Rim protokollari deb ataladigan hujjatlarni imzolashdiki, bu hol Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YEIH) yoki «Umumiy bozor»ga asos soldi. Bu hujjatlarga imzo chekkan mamlakatlar l2 yil mobaynida bojxona to’siqlarini tugatish, umumiy soliqlarni o’rnatish, keyinchalik esa umuman yo’q qilish, ishchi kuchi erkin harakat qilishini ta’minlash majburiyatini olishdi, shuningdek, bir xil ijtimoiy kafolatlar va yagona ish haqi to’g’risida kelishib olishdi.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish