Arab davlatlari, shuningdek ularga do‘stona munosabatda
bo‘lgan, arab tili rasmiy ahamiyatga ega bo‘lgan arab bo‘lmagan davlatlar o‘rtasida tashkil etilgan xalqaro tashkilot. Tashkilot 1945 yil 22 martda tashkil etilgan. Tashkilotning oliy organi Liga kengashi bo‘lib, shtab-kvartirasi Qohirada joylashgan. A’zo1ar soni 22 ta. Liganing maqsadi a’zo davlatlar o‘rtasida aloqalarni chuqurlashtirish, arab davlatlari manfaatlarini, mustaqilligini himoya qilishga qaratilgan siyosatni amalga oshirish hisoblanadi. Shuningdek a’zo davlatlar iqtisodiy, moliyaviy, madaniy, ilmiy, jinoyatchilikka qarshi kurash borasida ham hamkorlikni yo‘lga qoyishgan.
|