Geosiyosat asoslari


«Geosiyosat» ning asosiy aktorlari



Download 310,59 Kb.
bet9/97
Sana30.12.2021
Hajmi310,59 Kb.
#90397
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   97
Bog'liq
geosiyosat asoslari uslubiy qollanma toshkent - (2)

«Geosiyosat» ning asosiy aktorlari. Geosiyosatning asosiy aktorlari haqida gap ketar ekan avvalombor aktor so‗zining etimologik ma‘nosiga e‘tibor qaratish lozim bo‗ladi. Negaki tahlilar, o‗rganish jarayonlarida anglashmovchilik bo‗lmasligi uchun. Mazkur so‗z yunon, lotin, ingliz tillarida uchraydi. Rus, o‗zbek tillarida uchramaydi. Aktor so‗zi qadimgi yunon mifologiyalarida, EHM dasturlarida, siyosiy sotsiologiyada, shuningdek politoligya fanlarida uchraydi. Qadimgi yunon afsonalarida mashhur qahramonlarning ismlari sifatida keladi. Mazkur mavzuga aloqasi uzoqligi bois ortiqcha to‗xtalishning hojati yo‗q. EHM dasturlarida asoslab berilishi zarur bo‗lgan maqsad, bir necha funksiyalarni, rollarni bajarishga moslashgan komponent nazarda tutiladi. Sotsiologik tahlillarda aktor atamasi ijtimoiy voqelikka qaratilgan muayyan faoliyatni amalga oshiruvchi jamoaviy yoki individual faoliyat ko‗rsatuvchi sub‘yekt, individ, shaxs, kishilar jaomasi, uyushma, tashkilotlarni anglatadi. Politologiyada esa xalqaro siyosiy jarayonlarning ishtirokchisi, unda yuz berayotgan turli voqealarning, hatti - harakatlarning vujudga kelishiga muhim ta‘sir etuvchi siyosiy, iqtisodiy, madaniy, diniy va shu kabi ko‗rinishlardagi muhim omillar nazarda tutiladi. Masalan davlat ichki va tashqi maydonda faoliyat yurituvchi, ma‘lum bir manfaatlarni himoya qiluvchi, xalqaro jarayonlarning rivojiga yuksak darajada ta‘sir etuvchi siyosiy aktor hisoblanadi. Shunday ekan bugungi ingliz tilida keng qo‗llaniladigan aktor atamasini o‗zbek tiliga tarjima qilib bo‗lmaydi. Yaqinroq ravishda san‘at sohasida aktyor atamasi ishlatiladi. Lekin falsafiy, ijtimoiy - siyosiy fanlarda bunday atama uchramaydi. Shunday ekan atamani o‗z holida ishlatish maqsadga mufoviq.

Jamiyat hayotining turli sohalarida, turli mintaqalarida bir qator turli ko‗rinishlardagi geosiyosiy aktorlar muhim faoliyat yuritadi va ayni damda ular o‗zaro hamkorlikda faoliyatda bo‗ladi. Aktorlarning o‗zaro faoliyati ba‘zan ijtimoiy hamkorlikka asoslangan bo‗lsa, ba‘zan konfrontatsiyada ruhida ham kechishi mumkin. Jamiyat hayoti vaqt o‗tishi bilan rivojlanib, yuksalib borishi natijasida uning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ilmiy, texnik - texnologik, diniy va shu kabi turli sohalaridagi tub o‗zgarishlar bois geosiyosiy aktorlar ham son jihatidan, ham sifat jihatidan o‗zgarib, takomillashib boradi.

Geosiyosatning asosiy aktorlari ularning mazmun - mohiyatidan, namoyon bo‗lish shakllariga qarab quyidagicha klassfikatsiyalash mumkin:



  1. Hududiy aktorlar. Har qanday siyosiy faoliyatning harakatga kelishida muayyan hudud muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda hududning quyidagi bir qator imkoniyatlariga, xususiyatlariga keng e‘tibor beriladi: joylashgan o‗rni, iqlimi, tabiiy boyliklari, o‗simlik va hayvonot dunyosi, transport - kommunikativ imkoniyatlari va boshqalar. Jahon savdosi vujudga kelib yuksalib borishi bilan unda asosiy o‗rinni dengiz transporti egallay boshladi. Buyuk Britaniya dengizda o‗z hukmronligini o‗rnatadi. Kuchli zamonaviy armiya va flotga ega bo‗lgach Gibraltar, Adan,

Keyptaun, Singapur singari muhim bo‗g‗ozlar ustidan o‗z nazoratini joriy qiladi. Albatta ushbu muhim yo‗llar Buyuk Britaniyaga jahon savdosini o‗z nazoratida ushlashga, boshqa yirik davlatlarning tashqi siyosiy faoliyatiga ta‘sir etish, ularni nazoratda ushlashga imkon berdi. Yoki e‘tiborni Yaqin Sharqqa qarataylik. Quddusda joylashgan Iso Masih qabrini musulmonlardan ozod qilish bahonasi ostida deyarlik uch asr davom etgan salib yurishlari bo‗lib o‗tdi. 1930- chi yillarda Boliviya va Paragvay o‗rtasida yangi neft konlari topilgan Chakao - Boreal viloyati ustida urush kelib chiqadi. Ko‗rinib turibdiki hududning turli mazmundagi geosiyosiy hatti - harakatlarga undovchi imkoniyatlari beqiyos.

  1. Klassik siyosiy aktorlar - davlat, armiya, diniy tashkilotlar. O‗rta asrlarda xalqaro siyosiy munosabatlarning eng faol ishtirokchilari sifatida aynan shularga e‘tibor ko‗p qaratiladi. Qayd etib o‗tilganidek geosiyosatning eng muhim markaziy kategoriyasi davlat hisoblanadi. Markaziy kategoriya sifatida davlat muayyan himoyalangan hududga egalik qiladi. Bu hudud ustidan o‗z boshqaruvi o‗rnatadi. Qator siyosiy institutlar orqali o‗z hokimiyatini amalga oshiradi. Siyosiy jarayonlarda davlat faoliyatining faolligini ta‘minlashda uning mustaqilligi, ya‘ni suvereniteti beqiyos ahamiyat kasb etadi. Bugungi siyosiy, iqtisodiy jarayonlarning globallashuvi davlatning tom ma‘nodagi suverenitetiga ta‘sir etmasdan qolmadi. Davlatdan yuqori turuvchi xalqaro tashkilotlarning vujudga kelishi, BMT, Xalqaro savdo tashkiloti, transmilliy korporatsiyalar va shu kabilar. Albatta bunday tashkilotlar ma‘lum bir imtiyozlar evaziga davlatning ichki va tashqi faoliyatiga o‗z ta‘sirini o‗tkazmasdan qolmaydi. Armiya geosiyosatning mustaqil geosiyosiy aktori hisoblanmaydi. Ma‘lumki mavjud tartib - qoidalarga asosan armiya amaldagi siyosiy hokimiyatga, hukumatga bo‗ysunadi. Aholining tafakkuriga, kayfiyatiga albatta diniy tashkilotlarning ta‘siri har doim katta bo‗lib kelgan.

  2. Yangi geosiyosiy aktorlar - siyosiy partiyalar, elektoral geografiya, nodavlat tashkilotlar, iqtisodiy aktorlar, xalqaro moliyaviy institutlar, xalqaro mafiya, OAV, qurolli guruhlar. Davlat va jamiyat hayotini demokratlarshatirishda, erkinlashtirishda, aholining siyosiy tafakkurini yuksaltirishda, mamlakatning ichki va tashqi siyosatini belgilashda siyosiy partiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bir qator xususiyatlari bilan siyosiy hayotdagi turli tashkilotlardan farqlanib turadi. Ijtimoiy - siyosiy tahlillarda ular mazmun - mohiyatiga ko‗ra turlicha klassfikatsiyalanadi: inqilobiy, islohotchi, konservativ, reaksion, muxolifatchi, legal, etnik, milliy, separatist va shu kabilar. Siyosiy rejimlarning demokratlashuvi bois yangi fan sohasi elektoral geografiya vujudga keldi. Saylovlarda aholining ishtiroki, munosabati, qanday ishtiroki, ovoz berishi, aynan kimga ovoz berishi, sotsiologik taxminiy ko‗rsatkichlar bu fan oldidagi muhim vazifalar hisoblanadi. Va albatta davlat organlari, siyosiy partiyalar, tashkilotlar bu natijalar bilan hisoblashishlari talab etiladi.

  3. Inson. Har qanday geosiyosiy g‘oyalarni amalga oshuvi unda kishilarning ishtirokisiz kechishi, amalga oshuvi mumkin emas. Kishilik jamiyati, unda ishtirok etayotgan kishilik birlashmalari, uyushmalari rang - barang, murakkab bo‘lib, ularning ichida geosiyosiy ahamiyatliligi bilan etnos, irq, millat muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning o‘ziga manfaatlari, intilishlari turli mazmundagi geosiyosiy harakatlarga sabab b o‘ladi.

Shunday ekan ushbu ko‘rib chiqilgan geosiyosiy aktorlari xalqaro maydonda turli manfaatlarni amalga oshuviga olib keladigan faoliyatni yuzaga keltiradi. Geosiyosiy jarayonlarni tahlil etishda geosiyosat fanining asosiy kategoriyalari, funksiyalari, metodlari, qonuniyatlari bilan bir qatorda ushbu aktorlar ham o‘ziga xos e’tibor, ahamiyat kasb etadi.


Download 310,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish