Geosiyosat asoslari


geosiyosat= siyosat+tarix+geografiya2



Download 310,59 Kb.
bet5/97
Sana30.12.2021
Hajmi310,59 Kb.
#90397
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Bog'liq
geosiyosat asoslari uslubiy qollanma toshkent - (2)

geosiyosat= siyosat+tarix+geografiya2.




Yuqorida qayd etib o‘tilganidek SSSR da 1980 - yillarning oxirlarigacha geoyosatga reaksion, g‘ayriilmiy, imperalistik davlatlarning mustamlakchilik

1 Hapmoa H.A. FeononHTııxa (yue6HrlK). IOHHTH. M., c.9

2 TU HKOB H. Feonoorırrıxa: xax mo penaercs. CH6. 2014. c. 8

siyosatini oqlaydigan, ularning turli geografik makonlar ustidan hukmronligini ta‘min etishga xizmat qiladigan uslub va vositalarni tahlil qiladigan fan sifatida qaralgan. Sovet hukumatining ushbu fanga bunday munosabatda bo‗lish sabablari nimada: birinchidan, geoyosatning asosiy g‗oyalari, nazariyalari, qoidalari amaldagi hukmron marksizm - leninizm g‗oyalariga, jamiyat rivojiga sinfiylik nuqtai - nazaridan qarash kabi nazariyalarga mutlaqo zid edi; ikkinchidan, fashistlar agreyessiyasi natijasida jahonda million - million insonlar qirilib ketdi. «Buyuk Germaniya», ―oliy irq‖,

«fashistlar uchun hududiy kenglik» kabi g‗oyalarni da‘vo qilgan fashizm mafkurasini oqlagan nemis geosiyosati badnom etilgan edi; uchinchidan, Sovet davlatining ichki va tashqi zo‗ravonlik siyosati mohiyati fosh bo‗lib qolish ehtimolining yuqoriligi; to‗rtinchidan, Sovet davlati tashqi siyosat olib borishda har bir mintaqadagi tub iqtisodiy, geografik, demografik omillardan, manfaatlardan kelib chiqib emas, balki mafkuraviy omillardan kelib chiqib yondashgan edi. Ushbu xolatlar ayniqsa «sovuq urush» davrida geoyosatga, uning ob‘yektiga xolisona murojat etish imkonini bermadi. Lekin bu degani sobiq ittifoq mutaxassislari bu fanga, uning qator imkoniyatlariga, amaliy ahamiyatiga umuman e‘tibor berishmadi degani emas. Sovet davlatining amaliyotida, maxsus ilmiy tekshirish institutlarda geosiyosat bilan bog‗liq jarayonlar bilan bog‗liq keng ko‗lamli kuzatishlar, tadqiqotlar olib borildi. Sovet davlati hukm surgan butun davrda geoyosiy jarayonlar tahlili uning ajralmas atributi bo‗lib keldi. I.Stalin tarixga XX asrning eng yirik geosiyosatchilaridan biri bo‗lib kirdi. Sovet davlatining turli davrlardagi tashqi siyosatida quyidagi hatti - harakatlar geosiyosiy nuqtai nazardan turib amalga oshirilgan: Birinchidan, birinchi jahon urushidan bir qator sabablar bois sovet davlati tashqi iqtisodiy qamal holatiga tushgan edi. 1921- yilda sovet davlati o‗zining janubiy qo‗shnilari Afg‗oniston, Mongoliya, Eron va Turikya bilan munosabatlarni yo‗lga qo‗ydi. Buyuk Britaniyaning Bosforda mustahkamlanishiga imkon bermadi. Estoniya, Litva, Latviya, Finlyandiya bilan savdo bitimlari imzolandi. 1922 - yilda Germaniya bilan tuzilgan Rapallo bitimi deyarli iqtisodiy qamalni bekor qildi. Ikkinchidan, Komintern manfatlari yo‗lida Mongoliyaga, Xitoyga va respublikachilar Ispaniyasiga katta miqdorda iqtisodiy, harbiy - texnik yordam ko‗rsatildi. Uchinchidan, 2 - jahon urushidan keyin SSSR chegaralarida qizil armiya tomondian ozod etilgan hududlarda ittifoqdosh, mute davlatlar vujudga keltirildi. Ular xalqaro maydonda sovet manfaatlarini himoya etishga mahkum etilgan. To‗rtinchidan, tashqi siyosatda sovet siyosatini kuch ishlatish yo‗li orqali amalga oshrishni tamin etuvchi doktrina vujudga keltirildi. 1956

- yilda Budapesht voqealari, 1961- yilda Karib inqirozi, ―Berlin devori‖ vujudga keltirilishi, 1968 - yilgi ―Praga bahori‖ voqealari buning isboti bo‗la oladi. Albatta sobiq ittifoqning bunday xatti - harakatlari xalqaro hamjamiyat tomonidan javobsiz, jazosiz qoldirilmadi. Sovet davlati kuchli mafkuraviy tashqi bosim ostiga olindi. Iqtisod, fan, ilmiy - texnologik sohalarda hamkorlik to‗xtatib qo‗yildi. Tabiiy xom -

ashyoning narxlari keskin tushib ketdi. Milliy va diniy sohada olib borilgan siyosatning noinsoniyligi ichki va tashqi norozilikning kuchayib borishiga sabab bo‗ldi. Sovet qo‗shinlarining qo‗shni afg‗on hududiga kiritilishi katta miqdorda sarf - harajatlarni talab etardi. Bu holatlar sobiq tizimning inqirozini yanada tezlashtirdi.

Umuman olganda geosiyosat bilan bog‗liq tadqiqotlarni, unga nisbatan



berilgan ta‘riflarni shartli ravishda quyidagicha tahlil etish mumkin. Bular:

    1. - yo‗nalish: siyosiy geografiya va siyosat o‗rtasidagi munosabatlarga katta e‘tibor beriladi. Bu yo‗nalishdagilar geografiyaga birlamchi omil sifatida qarab, uning siyosatga ko‗proq ta‘sir etishini uqtirishadi;

    2. - yo‗nalish: muayyan mintaqa yoki jahonda hokimiyat uchun siyosiy kuch markazlarining o‗zaro kurashlariga kengroq e‘tibor beriladi. Bu yo‗nalishdagilar asosan davlatlararo raqobatga urg‗u berib, fanning umumbashariy xususiyatlaridan bahs etadi;

    3. - yo‗nalish: geosiyosatga kompleks yondashuv, ya‘ni geografik omillardan tashqari iqtisodiy, demografik, diniy va boshqa shu kabi omillarga ham keng asosda yondashgan, tadqiq qilgan va qilayotgan geosiyosatshunos tadqiqotchilar fikrlari.

Qayd qilingan umumiy qarashlardan ko‗rinib turibdiki, geosiyosat uslubi va o‗z ob‘yekti jihatidan siyosiy geografiyadan keskin farq qiladi. Uning amaliyoti jamiyatdagi geografik omillar bilangina chegaralanmaydi. Shuningdek geosiyosat o‗z amaliyotida turli ko‗rinishdagi siyosiy, iqtisodiy, diniy, harbiy, geografik omillarni doimiy va o‗zgaruvchan jarayon sifatida olib qaraydi.

Geosiyosiy omillarni mazmun - mohiyatiga ko‗ra doimiy va o‗zgaruvchan omillarga bo‗linadi. Doimiy geografik omillarga davlat yoki mintaqaning hududiy joylashuvi, chegarasining shakli va ko‗lami (nisbatan), iqlimi, relefi, flora va faunasi va shu kabilar kiradi. O‗zgaruvchan geografik omillar esa mintaqa yoki davlatning aholisi, foydali qazilmalari, siyosiy madaniyati va ijtimoiy tuzilishlarini nazarda tutadi. Umuman borliqdagi asosiy geosiyosiy omillar quyidagi ko‗rinishlarda namoyon bo‗ladi:

hududiy omil;



siyosiy omil - davlatning siyosiy tuzilishi, uning o‗ziga xos xususiyatlari, davlatdagi ijtimoiy qatlamlar, davlatning chegaralari va shu kabilar; geografik omil - borliqda joylashuv holati, tabiiy resurslari, fauna, flora

dunyosi va shu kabilar;



iqtisodiy omil - aholining turmush darajasi, ishlab chiqaruvchi kuchlar qudrati, mavdo-sotiq, bozorning rivojlanganlik darajasi, va shu kabilar;

transport - kommunikativ imkoniyat - strategik o‗rni, temir yo‗l, avtomobil yo‗llari, daryo - suv transporti va shu kabilar;

tabiiy iqlim sharoiti;

madaniy omil - milliy an‘analar, madaniy qadriyatlar, fan va ta‘lim

taraqqiyoti darajasi va shu kabilar;



  • demografik omil - aholi tarkibi, joylashuvi, aholi o‘sish darajasi va shu kabilar;

  • harbiy omil - qurolli kuchlarining qudrati va harbiy tayyorgarligi, harbiy mutaxassislarni tayyorlash darajasi va shu kabilar;

  • ekologik omil aholining davlatlar va mintaqalar tabiiy resurslarining chegaralanganligiga munosabati, xom - ashyo zahiralarining kamayishi va shu kabilar;

Ko‘rinib turibdiki geosiyosat o‘rganish mavzusiga ko‘ra, o‘z qamrovi jihatidan ko‘p qirrali va juda kengdir. Zamonaviy geosiyosat mundarijasi jahon siyosati, hokimiyat muammosi va jamiyatdagi ustuvor mafkuralar omillari bilan bilvosita va bevosita bog‘liq. Bu jihatdan geosiyosatga - geosiyosat jamiyatdagi boshqaruv muammolarini tadqiq etadigan fan deb ta’rif berish mumkin. Bundan tashqari, geosiyosat fan sifatida yuqorida qayd etib o‘tilgan omillarni tadqiq etuvchi bir qator mustaqil fan va fan sohalarining xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Bular — geografiya, siyosatshunoslik, tarix, etnografıya, dinshunoslik, ekologiya, mafkuralar tarixi, sotsiologiya, harbiy bilimlar nazariyasi va amaliyoti, demografiya va h. Ko‘rinib turibdiki, geosiyosat shunchaki bir fan emas, balki ko‘p1ab fanlarga xos xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan, o‘z maqsad - vazifalarini amalga oshuvini ta’min etuvchi uslub - vositalarni tahlil etadigan tarmoqlararo fan tizimidir. Qayd qilingan mulohazalar asosida geosiyosatga quyidagi ta’rifni berish mumkin: geosiyosat - davlatning strategik qudratiga ta’sir etuvchi, uning ichki va tashqi siyosatdagi ustuvor manfaatlarini ta’min etadigan geografik, tarixiy, siyosiy va boshqa o‘zaro bog‘1iq bo‘lgan omillarni birgalikda ko‘ruvchi va tadqiq etuvchi fandir.



  1. Download 310,59 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish