3. To‘g‘ri chiziq va tekislikning perpendikulyarligi
Agar tekislikni kesib o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq tekislikdagi shu kesishish nuqtasidan o‘tuvchi istalgan to‘g‘ri chiziqka perpendikulyar bo‘lsa, to‘g‘ri chiziq shu tekislikka perpendikulyar deyiladi.
To‘g‘ri chiziq va tekislikning perpendikulyarlik alomati.
Agar tekislikni kesib o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq, tekislikning shu kesishish
nuqtasidan o‘tuvchi ikki to‘g‘ri chizig‘iga perpendikulyar bo‘lsa, u holda tekislikning o‘ziga ham perpendikulyar bo‘ladi.
To‘g‘ri chiziq va tekislikning perpendikulyarligi haqidagi teoremalar:
a) Bitta tekislikka perpendikulyar ikki to‘g‘ri chiziq o‘zaro paralleldir.
b) Agar tekislik ikkita parallel to‘g‘ri chiziqdan biriga perpendikulyar bo‘lsa, u holda ikkinchisiga ham perpendikulyardir.
c) Berilgan to‘g‘ri chiziqka perpendikulyar ikki tekislik o‘zaro paralleldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |