Геометрия


Тa’rif.  ko‘rinishida yozish mumkin bo‘lgan har qanday son ratsional son



Download 4,5 Mb.
bet2/5
Sana28.01.2022
Hajmi4,5 Mb.
#414950
1   2   3   4   5
Bog'liq
Davriy o\'nli kasrlar

Тa’rif.  ko‘rinishida yozish mumkin bo‘lgan har qanday son ratsional son deb ataladi, bunda m ϵ Z va n ϵ Z. Ratsional sonlar to‘plamini Q bilan belgi laymiz: Q = { a | a= m ϵ Z, n ϵ N}. Ratsional sonlar to‘plami barcha butun va kasr sonlardan tashkil topgan bo‘lib, uni manfiy ratsional sonlarning Q_, faqat 0 dan iborat bir elementli {0} va musbat ratsional sonlarning Q+ to‘plamlari birlashmasi (yig‘indisi) ko‘rinishda tasvirlash mumkin:
Q=Q_~{0}~Q+
Har qanday ratsional sonni cheksiz o‘nli kasr ko‘rinishida yozish mumkin. sonini shunday yozish uchun m ni n ga «burchakli» bo‘lish kerak. Masalan, 1 ni 3 ga bo‘lib, 0,333 ... 3 ... cheksiz o‘nli kasrni hosil qilamiz. 
Demak, ⅓=0,333...3...bo‘lishiga ishonch hosil qilamiz.
Bu misolning, biror joydan boshlab, biror raqami yoki raqamlari ma’lum bir tartibda takrorlanadigan cheksiz o‘nli kasr hosil bo‘ldi.
Agar cheksiz o‘nli kasrning biror joyidan boshlab, biror raqam yoki raqamlar guruhi ma’lum bir tartibda cheksiz takrorlansa, bunday o‘nli kasr davriy o‘nli kasr deyiladi. Тakrorlanuvchi raqam yoki raqamlar guruhi shu kasrning davri deb ataladi.
Odatda, davriy o‘nli kasrning davri qavs ichiga olingan holda bir marta yoziladi: 0,666... = 0,(6); 0,131131131131... = 0,(131); 0,1777...7... = 0,1(7).
Shunday qilib, har qanday oddiy kasr va demak, har qanday ratsional son davriy o‘nli kasr bilan ifodalanadi.
Cheksiz o‘nli davriy kasrlarni 10, 100, 1000 va h.k. larga ko‘paytirish amalini chekli o‘nli kasrlardagi kabi vergulni ko‘chirish bilan bajarish mumkin. Bundan foydalanib, har qanday davriy kasrni oddiy kasrga aylantirish mumkin. Masalan, x = 0,(348) = 0,348348348... davriy kasrni oddiy kasrga aylantiraylik. Davr uch raqamli bo‘lganligi uchun kasrni 1000 ga ko‘paytiramiz:
1000x = 348,348348... = 348 + x. 
Bundan 999x = 348 yoki x=348/999=116/333
0,00(348) o‘nli kasr esa 0,(348) dan 100 marta kichik, shunga ko’ra 0,00(348)=348/99900 bo‘ladi.
0,96(348) kasrni esa 0,96 + 0,00(348) yig‘indi ko‘rinishida yozish mumkin.
Davriy o‘nli kasrlarni oddiy kasrlarga aylantirishning umumiy qoidasini ta’riflaymiz.
Sof davriy kasr shunday oddiy kasrga tengki, uning surati davrdan, maxraji esa davrda nechta raqam bo‘lsa, shuncha marta takrorlanadigan 9 raqami bilan ifodalanadigan sondan iborat.
Masalan,0.5=5/9; 0.45=45/99;
Aralash davriy kasr shunday oddiy kasrga tengki, uning surati ikkinchi davrgacha turgan son bilan birinchi davrgacha bo‘lgan son ayirmasidan, maxraji esa davrda nechta raqam bo‘lsa, shuncha marta takrorlangan 9 raqami va buning oxiriga vergul bilan birinchi davr orasida nechta raqam bo‘lsa, shuncha marta yozilgan nollar bilan ifodalanadigan sondan iborat.
Masalan, 0.3(45)=345-3/900 = 342/900 = 171/495;
Bir yoki bir necha raqami ma'lum bir tartibda takrorlanadigan cheksiz o'nli kasr davriy o'nli kasr deyiladi. Takrorlanadigan raqamlar guruhi kasrning davri deyiladi va u qavsga olib yoziladi. Masalan: 
Agar davriy kasrning davri verguldan keyin darhol boshlansa, u sof davriy kasr deyiladi.
Agar davriy kasrda verdul bilan davr orasida bitta yoki bir nechta raqam bo'lsa, bunday kasr aralash davriy kasr deyiladi. Qisqarmas oddiy kasrning maxrajini tub ko'paytuvchilarga ajratganda 2 va 5 tub sonlar ishtirok etmasa, u holda oddiy kasr sof davriy kasrga; maxraj yoyilmasida 2 va 5 sonlari (yoki ulardan biri) boshqa tub ko'paytuvchilar bilan birgalikda ishtirok etsa, u holda oddiy kasr aralash davriy kasrga aylanadi.

Download 4,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish