Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar
Geometriya o’quv fanining o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
-geometriya dunyoni bilishning o’ziga xos usuli, uning tushunchalari va tasavvurlarining umumiyligi; matematik modellash; axborot, uni saqlash, ularga ishlov berish va ularni uzatish usullarini bilishi kerak;
-analitik geometriya, konstruktiv geometriya, proektiv geometriya, geometriya asoslari, ko’p o’lchamli geometriyaning, topologiya, differentsial geometriya asosiy tushunchalari va metodlarini bilishi va ularni masalalarni yechishga tatbiv etish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
-ob'ektlarning miqdoriy va sifat nisbatlarini ifodalash uchun matematik simvolardan foydalanish; geometrik masalalarni yechishda analitik geometriya elementlaridan foydalanaish; konstruktiv geometriya, proektiv geometriya, ko’p o’lchamli geometriya, geometriya asoslari elementlaridan foydalanish, topologiya va differentsial geometriya tushunchalrini tadbiq eta olish malakalariga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |